Amaliy mashg`ulot№1. Mavzu: Ishlab chiqarishda ish kuni xronometraji,mehnatning og`irligi va keskinligi(zo`riqish) ni baholashni o`rganish



Download 3,3 Mb.
bet156/170
Sana10.07.2022
Hajmi3,3 Mb.
#771868
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   170
Bog'liq
AMALIY MASHG

O’rtacha geometrik chastota, Gs
12,5
16,0
20,0
25,0
31,5-100,0

Ovoz bosimining darajasi, dB
80
90
100
105
110

Agar, ul`tratovushlar tebranishlari qo’l orqali va tananing boshqa qismlari orqali tegish sohalari bo’ylab uzatilsa, u holatda ovoz bosimi darajasi ishlash joyida 110 dB dan oshmasligi talab qilinadi.
Odamning qulog’i eshitiladigan tebranishlar kabi 20 dan 20 000 Gs gacha bo’lgan oraliqdagi ovozlarni qabul qila oladi. Ovoz diapazoni quyi chastotali (20-400 Gs), o’rtacha chastotali (400-1000 Gs) va yuqori chastotali (1000 Gs dan yuqori qiymatga ega) guruhlarga ajratiladi. 20 Gs dan kam bo’lgan chastotali ovozlar infratovushlar deb ataladi, 20 000 Gs dan katta bo’lgan chastotaga ega ovozlar esa ul`tratovushlar deb ataladi.Infratovushlar va ul`tratovushlarni odam organizmi eshitish organlari qabul qila olmaydi va sezmaydi.
Ul`tratovush diapazon chastotalari ikkita kenja diapazon sohalariga ajratiladi – past chastotali(20-100 kGs) va yuqori chastotali(100kGs-1000 MGs)guruhlar. Ul`tratovushlar gazlarda kuchli yutiladi, suyuqliklarda esa nisbatan ko’p marotaba nisbatada kam yutiladi.Ushbu ko’rinishda, masalan ul`tratovushlarning havodagi yutilishi koeffisenti taxminan suvdagiga nisbatan 1000 marotaba katta xisoblanadi. Ul`tratovushlar ishlab chiqarish miqyosida nazorat-o’lchash maqsadlarida qo’llaniladi(defektlarni aniqlashda,quvurlarning devor qalinliklarini va boshqalarni aniqlashda ishlatiladi),shuningdek turli xil texnologik jarayonlarni intensfikasiyalashda qo’llaniladi(qismlarni tozalashda,payvandlashda,bog’lashda, maydalashda va boshqa jarayonlarda).Ul`tratovushlar diffuziya,erish va kimyoviy jarayonlar kabilarni tezlashtirish xususiyatiga egaligi bilan tavsiflanadi.
Infratovushlar–20 Gs chastotadan kam oraliqdagi akustik tebranishlardan tashkil topgan.Ishlab chiqarish sharoitlarida infratovushlar past chastotali shovqinlarni yuzaga keltiradi,ba`zi holatlarda past chastotali tebranishlarni yuzaga keltiradi.Ishlab chiqarish miqyosida infratovushlar manbalari kompressorlar,dizel` yoqilg’isi bilan ishlovchi dvigatellar,ventilyatorlar,reaktiv dvigatellar,transport vositalari va boshqalardan iborat.
Ul`tratovushlar va infratovushlarning tebranishlari tavsiflanishida jadallik darajasi Vt/m2), ovoz bosimi darajasi (Pa) va chastota (Gs) e`tiborga olinadi.
Inson sanoat korxonalarida ishlash jarayonida shovqin ta'sirida bo'lib qolmasdan, mashina-mexanizmla ajratadigan infra va ultra tovushlarning ham ta'sirida bo'ladi.Mashinasozlik sanoatida infra tovushlarning asosiy manbayi ichdan yonar dvigatellar, ventilatorlar, porshenli kompressorlar hisoblanadi.Infra tovushlar darajasi 100—120 dB dan oshib ketgan taqdirda ishchida bosh og'rishi, sezilarli darajada quloq pardasining harakati vujudga keladi. Infra tovush darajasi orta borgan sari ichki organlarda tebranish hissi vujudga keladi, ishlash qobiliyati keskin susayadi, qo'rquv paydo bo'ladi.QMQ 2. 01. 08. - 96 ga asosan 2, 4, 8 va 16 Gs o'rta geometrik oktava oraliqlarida infra tovush darajasi 105 dB dan oshmasligi kerak.Infra tovush bilan kurashishning asosiy usullari quyidagilardir:
1) mashinalarning tezligini oshirish; bunda tovush to'lqinlari eshitiladigan polosalarga o'tadi; 2) konstruksiyalar ustuvorligini oshirish;
3) past chastotadagi tebranishlarni yo'qotish; 4) reaktiv tovush so'ndirish vositalarini o'rnatish. Shuni aytib o'tish kerakki, umuman shovqinni to'sish vositalari va yutish vositalari infra tovush bilan kurashishda hech qanday natija bermaydi. Infra tovush bilan kurashishda tovush ajralib chiqayotgan manbayida kurashish yaxshi natija beradi. Hozirgi vaqtda ultra tovushdan mashinasozlik sanoatida keng foydalanilmoqda. Bunda foydalanadigan tovush chastotasi 20 kGs dan yuqori va quwati bir necha kilovatt miqdorni tashkil qiladi.Ultra tovush ham inson organizmiga katta zarar keltiradi. Bu asab sistemasi funksiyalarining buzilishi, bosim, qon tarkibi va xossasining o'zgarishi bilan ifodalanadi. Kasallarning boshi og'riydi, tez charchaydi,eshitish qobiliyati susayadi. Ultra tovush odamga faqatgina havo muhiti orqaligina emas, balki suyuqliklar va qattiq jismlar orqali ham ta'sir ko'rsatishi mumkin.GOST 12.1. 001-75 ga asosan ultra tovushlar uchun 20-100 kGs gacha oraliqda shovqin darajasi 110 dB dan oshmasligi kerak deb belgilangan.Ultra tovushning havo orqali ta'sir. darajasini kamaytirish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:1) Ruxsat etiladigan shovqin darajasi yuqori bo'lgan jihozlardan foydalanish.2) Ultra tovush tarqatuvchi jihozlarni qopqoqlar bilan ta'minlash.Bunday qopqoqlar po'lat tunukadan tayyorlanib ichki tomoniga 1 mm qalinlikda rezina yoki ruberoid yopishtiriladi yoki 5 mm qalinlikda getinaks qoplanadi. Elastik qopqoqlar 3—5 mm umumiy qalinlikdagi 3 qavat rezina bilan qoplanadi. Qopqoqlardan foydalanish eshitiladigan shovqinlarni 20—30 dB ga kamaytirsa, ultra tovushlarni 60—80 dB ga kamaytirishi mumkin.3) Ishchi bilan stanok o'rtasiga ekranlar o'rnatish; bundan ekranlar ko'rinadigan bo'lishi ham mumkin (masalan, oyna, pleksiglaz va h.k.).4) Agar yuqoridagi usullar bilan hech qanday natijaga erishilmasa,unda ultra tovush manbalarini ayrim xonalarga, kabinalarga joylashtirish mumkin.Suyuqliklardan va qattiq jismlardan ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ultra tovush nihoyatda xavfli hisoblanadi.Shuning uchun bunday asboblar bilan ishlaganda unga tegmaslik choralari ko'rilishi kerak. Ultra tovush vannalariga detallarni joylashtirganda ultra tovush to'xtatib qo'yilishi kerak. Tebranishni muhofazalovchi vositalar (g'ovak rezina, parolon va boshqalar) bilan jihozlangan asboblardan foydalanish tavsiya etiladi. Rezina qo'lqoplar ham saqlanishning yaxshi vositasi hisoblanadi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish