Xavflar kvantifikatsiyasi
-
murakkab tushuncha bo’lgan xavflarni baholash,
sifat jihatdan aniqlash uchun sonli tavsiflarni joriy qilishdir.
Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi.
Xavflarni baxolashning eng keng tarqalgan usuli “tavakkal”dir.
Xavflarni identifikatsiyalash
–
xavflarni identifikatsiyalash deganda hayot
faoliyati xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni
amalga oshirish uchun xavflarning zarur va yetarli bo’lgan miqdoriy (sonli), vaqtiy,
fazoviy va boshqa tavsiflarni topish, aniqlash va belgilash jarayoni tushuniladi.
Identifikatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muxim bo’lgan
xavflar nomenklaturasi, xavflarning sodir bo’lish extimolligi, fazoviy
lokalizatsiyasi, ya’ni yuzaga kelish joyining koordinatalari, ko’riladigan taxminiy
zarar va shunga o’xshash ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Faoliyatning potensial xavfga ega ekanligi hakida aksioma –
Insoniyat
tajribasi shuni ko’rsatadiki faoliyatning har qanday turida potensial xavf mavjuddir.
Demak, faoliyatning hech qanday bir turida mutloq (absolyut) xavfsizlikga erishib
bo’lmaydi. Bu tasdiq aksioma harakteriga ega. Bu aksiomaning metodologik va
evristik ahamiyati kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |