Amaliy mashg’ulot xavflarning xususiyatlarini va guruhlanishini o’rganish



Download 226,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana01.02.2022
Hajmi226,07 Kb.
#423918
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-амалий маш (1)



1-
amaliy mashg’ulot 
 
XAVFLARNING XUSUSIYATLARINI VA GURUHLANISHINI 
O’RGANISH 
 
Ishning maqsadi:
Talabalarni xavflarning xususiyatlari, hamda ma’lum bir 
belgilariga ko’ra guruhlanishlari bilan tanishtirish. 
Umumiy ma’lumotlar 
 
Faylasuflarning fikricha, insonga berilishi kerak bo’lgan eng to’g’ri ta’rif bu 
“Nomo agens”dir, ya’ni harakat qiluvchi, yoki faoliyat ko’rsatuvchi odamdir. 
Ongli ravishda ma’lum bir maqsadga, natijaga erishish uchun qilingan har 
qanday hatti-harakatni faoliyat deb qarash mumkin. Bu tasdiqdan kelib chiqadiki, 
faoliyatni faqat insongina o’z ongi va tafakkuri mahsuli sifatida ko’rsatishi mumkin. 
Buning oqibati o’laroq faoliyat insonlar jamiyati mavjud bo’lishligining eng zarur 
shartlardan bittasi bo’lib yuzaga chiqadi.
Mehnat esa faoliyatning oliy shaklidir, chunki faqat mehnat tufayligina 
insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi.
Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, 
madaniyatda, ishlab chikarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan 
amaliy, aqliy va ma’naviy jarayonlarni o’z ichiga oladi. 
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil 
topgan deb qarash mumkin. Bular bir-biri bilan to’g’ri va qaytma (teskari) aloqada 
bo’ladigan inson va muxit elementlaridir (1-rasm). 
Inson
Muhit
1-rasm. Faoliyat jarayoni modeli (”inson – muhit” tizimi). 
Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya’ni tashqi 
ta’sirga nisbatan qarshi ta’sir ko’rsata olish umumiy qonuniyatlariga asoslangan. 
«Inson-muhit» tizimi ikki maqsadlidir. Birinchi maqsad ma’lum natijaga, 
samaradorlikga erishishdan iborat bo’lsa, ikkinchisi - yuzaga kelishi mumkin 
bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlarni (inson tomonidan muhitga nisbatan va muhit 
tomonidan insonga nisbatan) bartaraf qilishdan iboratdir. 


Insonning muhitga, muhitning esa insonga qarshi ta’sir ko’rsatishi oqibatida 
ko’ngilsiz oqibatlar yuzaga keladi. Ko’ngilsiz oqibatlarga quyidagilar kirishi 
mumkin: inson hayotiga xavf solish, sog’lig’iga jismoniy jihatdan zarar yetkazishlar 
(turli darajadagi jarohatlanishlar) sog’liqga psixofiziologik jihatdan zarar 
yetkazishlar, 
yong’inlar, portlashlar, buzilishlar (avariyalar), falokatlar 
(katastrofalar), muhitdagi ekologik buzilishlar va boshqalar. Bu ko’ngilsiz 
oqibatlarni keltirib chikaruvchi xodisa, ta’sir va boshqa jarayonlar - xavflar deb 
ataladi. 
Xavflar yashirin (potensial) va mavjud, yuzaga kelgan (real) turlarga 
ajratiladi. 
Xavflar uchun quyidagi belgilar harakterlidir: xayotga taxlika solish
sog’liqqa zarar, inson a’zolari ishlashining qiyinlashishi. 
Inson
Muhit
Xavflar
Xavfsizlik
2-rasm. Faoliyat jarayoni modelida “xavfsizlik”ni ta’minlash muammosining 
yuzaga kelish bosqichlari. 
Potensial xavf amalga oshishi, ya’ni real xavfga aylanishi uchun “sabablar” 
deb ataluvchi sharoitlar zarurdir. 
Quyida xavf va uning oqibatini harakterlovchi ayrim ma’lumotlar keltirilgan. 
Yer yuzida tabiiy ofatlar soni ko’payib bormoqda, u 1990 yilda 1960 yilga 
nisbatan ikki marta oshdi. Butun dunyo sog’liqni saqlash jamiyatining ma’lumotlari 
boyicha dunyoda 1909 yildan 1974 yilgacha asab kasalligi bilan kasallanish 24 
marta ko’paygan. 
Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogiron bo’lib, ularning har 1/5 baxtsiz xodisa 
natijasida sodir bo’lgan. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) davlatlarida har yili 
19 milliongacha kishi jarohatlanadi, o’rtacha 500 ming kishi halok bo’ladi, shundan 
50-60 minggi yo’l - transport hodisasiga, 10 minggi yong’inga va 14 minggi bevosita 
ishlab chiqarishga to’g’ri keladi. 
MDH davlatlarida har yili 30 mingga yaqin kishi mehnat nogironi bo’ladi. 
Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra 1989 yildan boshlab 
jarohatlanish darajasi mamlakatlar boyicha 4 foizga oshgan, ularning ayrimlarida 
esa bu ko’rsatgich 11-19% va undan ham yuqori bo’lmoqda. Bir yilda har 1000 ta 


kishiga to’g’ri kelgan o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar quyidagi 1-jadvalda 
keltirilgan. 
1-jadval 
Bir yilda har 1000 ta kishiga to’g’ri kelgan o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar 
sonining taqqoslangan ko’rsatgichlari 
Davlatlar 
MDH 
Garbiy 
Yevropa 
Sharkiy 
Yevropa 
Jami 
baxtsiz 
xodisadan 

11 
1,5 
13,6 

0,5 
6,25 
12 
0,8 
6,6 

Download 226,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish