O'quvchilarni tez fikrlash, chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish va ularni g'oliblik ruhida tarbiyalab borishda basketbol sport turning ham ahamiyati juda kattadir. Quyidagi dars ishlanma aynan basketbol sport turiga bag'ishlanadi.
Basketbol. “Basketbolda “Hujum taktikasini o'rgatish” mavzusidagi dars ishlanmamizda o'quvchilardajamoa bo'lib harakatlanish, bir-birigayordam berish, tezkorlik, tezfikrlash, aniqlik va g'oliblik ruhlaridan tashqari, hidamkorlik, epchillik, tezkorlik kabi jismoniy sifatlar ham rivojlantirili, shakllantirib boriladi.
O'quvchilarga ezgu sifatlarni tarkib toptirishda, o'quvchilarda nazariy hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirib borishda, ta'lim tizimini ochib berishdayangi pedagogik texnologiyalarning “Aqliy hujum”, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish, jamoada ishlash kabi usullardan samarali foydalaniladi.
7. Asosiy va qo 'shimcha adabiyotlar
i j
— Dcvlct talim stcndcrti
*• ■* Jismoniy tarbiya o 'guv dasturidan ko 'chirma
Darsda qo'llaniladigan nazorat turi: Amaliy ko'nikmalarni bajarish bo'yicha harakatlarni namoyish etish.
DARSNING MAQSADI:
Ta'limiy maqsad: Amaliy ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash;
(('quvchilarga ilmiy dunyoqarashini shakllantirish;
O'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini fmfliy faoliyatda qo'llash; Tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarni Vatanga, milliy qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatxislarini tcrbiyclcsh;
O'quvchilar ongida muomula madaniyatini shakllantirish;
O'quvchilar o^rtasida o'zaro hamfikrlikni shakllantirish;
T.S.Usmonxo’jayev, M.Rahimov, A.N.Abdiyev O'zbekhalq harakati o'yinlari
QO'SHIMCHA ADABIYOTLAR:
M.Maxmudov B.Qodirov Jismoniy tarbiya nazariyasi va usullari. Toshkent "O'qituvchi"-2004
2 M.Maxmudov B.Qodirov "Jismoniy tarbiya nazariyasi va usullari" Toshkent. “O’qutuvchi”-2007 Ma’ruza matni
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI 40 DAQIQA
Tashkiliy qism 10 daqiqa
Dars yakuni 5 daqiqa
J
Yangi mavzu bayoni 5 daqiqa
Amaliy mashqlar orqali yangi mavzuni mustahkamlash 25 daqiqa )
Darsning borishi
7
Tashkiliy qism - (10 daqiqa)
O'qituvchi o'quvchilar bilan salomlashib, davomatni, o'quv xonasining tozaligini, sport zalining tozaligini, o'quvchilarning mashg'ulotlarga tayyorgarligini tekshiradi.
O'qituvchining kirish so'zi- O'qituvchi o'quvchilarga basketbol koptogini olibyurish va uzatish qoidalari mavzusini dolzarbligi haqida aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni savollar orqali tekshiradi.
O'quvchilarning bilimini tekshirish- Bu bosqichda o'qituvchi o'tilgan mavzuyangi pedagogik texnologiya usullari asosida o'quvchi bilimini aniqlaydi. Basketbol to'pini bosh bilan darvozagayo'llash mavzusiyuzasidan quyidagi noan'anaviy o'qitish usulidan foydalaniladi.
Bundan oldin o'quvchilaryurish, yugurish mashqlarini va umumrivojlantiruvchi mashqlari bajaradi, so'ng organizmni tiklash va dam oldirish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi.
guruh uchun tayyorlangan savollar. Basketbol so'zining ma'nosi?
Basketbol o'yini nechanchiyildapaydo bo'lgan?
Basketbol maydonining o'lchami qancha?
Basketbolda penalti necha metrdan darvozaga tepiladi?
Basketbol oyinini nechta hakam boshqarib boradi? guruh uchun tayyorlangan savollar. Basketbol o'yinida har bir jamoadan nechtadan basketbolchi ishtirok etadi?
Birinchi basketbol to'pini nechanchiyilda va kim tomonidan o'ylab topilgan?
Basketbol o'yinida standart holat deganda nimani tushunasiz?
Basketbol o'yinida qo'shimcha vaqt qachon belgilanadi?
Basketbol o 'yinida har bir jamoadan eng ko 'pi bilan nechta o 'yinchini almashtirish mumkin?
KROSSVORD SAVOLLARI
1-guruh uchun Basketbolda o'yinidan tashqari holat?
Birinchi jahon chempioni bo 'lgan mamalakat?
Basketboldagi holat, to 'p maydonning tashqarisida?
Respublikamizning grand jamoasi?
O'zbekistonda tashkil topgan basketboljamoasi?
Basketbolning vatani?
KROSSVORD JAVOBLARI (fsayd
Urugvay
Aut
Bunyodkor
Qo'qon 1912
Angliya
KROSSVORD SAVOLLARI
2-guruh uchun
KROSSVORD SAVOLLARI Basketbolda darvoza tomon 11 metrlik jarima top?
1998-yildajahon chempioni bo'lgan davlat?
Basketbol o'yinida harakat qiluvchi basketbolchilardan biri?
Tumanimiz basketbol komandasi?
Jarima kartochkalaridan biri?
Qo'shimcha taymda kiritilgan gol? (2004-yilgi Yevropa chempionatida qo'llanilgan)
Basketboldagi holat?
Basketboldagi standart holatlardan biri?
KROSSVORD JAVOBLARI Penalti
Fransiya
Xujumchi
Do'stlik2008
Sariq
Kumush gol
Gol
Burchak
Yangi mavzu bayoni (5 daqiqa)
O'qituvchiyangi mavzu bayoni bilan o'quvchilarni qisqacha tarzda tushuntirib o 'tadi. Ular tomonidan berilgan savollarga javob beradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash (25 daqiqa)
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi amaliy mashqlar bajariladi.
O’yin paytida nimalarni qilish mumkin-u nimalarni qilish mumkin emas. Xujum texnikasi.
Maydonda xarakat kilish texnikasi.
To'p bilan bajariladigan usullar texnikasi.
To pi uzatish texnikasi.
Savatga to 'p otish texnologiyasi.
To 'pin erga urib yurish texnikasi.
Chalg'itishlar.
Ximoya texnikasi.
Maydonda xarakat qilish texnikasi
Yuqoridagi harakatlar bilan yangi mavzu mustahkamlangach, o'quvchilarni organizmini tiklash uchun va ularni nazariy bilimlarini yanada rivojlantirish uchun ularga Basketbol o'yinining kelib chiqish tarixi, uning O'zbekistonda rivojlanish tarixi, texnikasi, taktikasi, o'yin qoidalari yozilgan tarqatma materiallarni beradi, ular uni uyda o'qib o'z bilimlarini yanada mustahkamlab boradi.
Basketbolning paydo bo'lishi va rivojlanishi
Basketbol 1891 yilda AQSHning Massachusets shtatidagi Springfild kollejining jismoniy tarbiya o'qituvchisi Jeyms Neysmit tomonidan «kashf» etilgan. Bu o'yinni yaratishda Neysmit uzoq, vaqtlardan beri keng tarqalgan to'p bilan o'tkaziladigan oddiy o'yinlar daqidagi tarixiy ma'lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin.
Kollejda o'tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan Jeyms Neysmit yopiq. xonalar uchun yangi o'yin o'ylab chiqadi. U balkon panjaralariga shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib suyadi. O'yinda qatnashuvchilar o'z raqiblarining savatlariga futbol to'pini tushirishlari lozim edi. O'yinga erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o'yin birinchi kundanoq. studentlar orasida katta qiziqish uyg'otdi.
Gimnastika gruppasida 18 kishi bo'lgani uchun, ular ikki komandaga bo'linib o'ynay boshladilar. Keyinchalik har bir komandadagi o'yinchilarning soni 7 va 5 tagacha kamaytirildi.
To'p savatga tashlanganligi uchun bu o'yin (basketbol» (basket — savat, bol — to'p) deb atala boshladi.
Keyingi yillarda basketbol o'yini asta-sekin o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan sport turiga aylandi.
1892 yilda Neysmit o'yin qoidalarining 13 moddasini to'zib chiq.di. 1892 yilda Jeyms Neysmit o'zining «Qoidalar kitobi»ni birinchi marta chop etdi. Bu kitobda to'pni yerga
urib yurish mumkinligi haqida birinchi marta yozilgan edi. Shundan sung maxsus musoboqa o’tkazish boshlandi va bu qoidalar yildan yilga mukammalasha bordi. Masalan, 1893 yilda biriichi marta temir halqali to’rli savatlar paydo bo’ldi. Yana bir yildan so’ng to’pning aylana uzunliI 30—32 dyuym (76,2—81,3 sm)gacha ko’paytiriladi. 1895 yilda 15 fut (5 m. 25 sm) masofadan bajariladigan jarima to’plari kiritildi.
Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894 yilda AQSh da e’lon qilingan edi. 1895 yildan boshlab AQSHda basketbol bo’yicha rasmiy musobaqalar o’tkazila boshlandi. O’yin yildan yilga rivojlana borib, uning texnikasi va taktikasi vujudga keldi. 1896 yildan boshlab to’pni yerga urib yurishga ruhsat berildi.
Basketbol avvaliga Amerikadan Sharg mamlakat lari — Yaponiya, Xitoy, Filippinga, undan Yevro pa mamlakatlari — Chexoslovakiya, Litva, Estoniya, Latviya, Italiya, Fransiyaga va nihoyat Janubiy Ame rikaning ayrim mamlakatglariga tarqaldi. Dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda basketbolning keng tarqalishi natijasida 1919—31 yillarga kelib milliy basketbol federatsiyalari tashkil qilina boshlandi. 1932 yilning 18 iyunida Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA ning tashkil qilinishi esa bu o’yinning yanada rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, Portuga liya, Ruminiya, Shveytsarvya va Chexoslovakiya mamlakatlari Xalqaro basketbol federatsiyasiga birinchilar qatorida a’zo bo’lib kirdilar. O’yin butun dunyoga tezlik bilan kent tarqala boshladi.
O'zbekistonda basketbolning rivojlanish tarixi
O'zbekiston territoriyasiga basketbol 1913-14yillarda tarqala boshlaganligi haqida a'lumotlar bor. Ammo, o'lkamizda basketbolfaqat ulug' oktyabr revolyutsiyasidan so'ng rivojlana boshladi. O'zbekfizko'lturachilarining basketbol bilan tanishishi seobus vakil L.Barxashning nomi bilan bogliq. 1920-yil u Farg'onada birinchi bor basketbolchilar komandasini tuzadi. Xar bir komandada 9 kishidan iborat o'yinchi bo'lib, ular 28x16 metrli maydonchada mashg'ulot o'tkazishlar edi. Maydonchada chiziqlar bilan uch qismga bo'linib,basketbolchilar uch ximoyachi, uchyarim ximoyachi va uch xujumchiga ajratilar edi. Ular to 'pni savatga ikki qo 'llab pastdan otar edilar.
Toshkentda basketbol komandasini birinchi bo'lib, Vseobus instruktori S.Starshiy tashkil qildi, komandaga a'zo bo'ldi. Basketbol sektsiyalari keyinchalikNamangan,
Samarqand va respo'blikamizning turli shaxarlaridagi fabrika, zavodhamda boshqa tashkilotlarda ham tashkil qilina boshladi. 1924-yilda Sirdaryo oblastda o'tkazilgan Olimpiada programmasiga basketbol birinchi marta kiritildi. Musobaqalar 1922-yildagi Moskva qoidalari asosida o'tkazildi. O'yin vaqti 40 minut bo'lib, xar bir komanda 5 kishidan iborat edi (2 ta himoyachi, markaziy o'yinchi va 2 ta xujumchi). Faqatgina markaziy xujumchi qaytib kelar va o 'yinda xech qanday kombinatsiya qo 'llanmasdi. Jarima to 'plarini otish esa komandaning 1 ta o 'yinchisi zimmasida bo'lardi. O'yin davomida basketbolchilarfaqatjaroxatlangandagina almashtirish mumkin edi. Dastlabki, to'p otishda markazdan boshlaydigan basketbolchilar bitta qo'llarini orqalariga qilib turishlari, komandalarningxujumchilari esa, oldi zonaga o 'tib tarishlari lozim edi.
Basketbolda bir joyda to 'pni 2 sekunddan ortiq tutib turish taqiqlanardi. To 'pni savatga ikki qo'l bilanpastdan va bir qo'l bilan chekadan otish keng qo'llaniladigan usulardan biri bo'lib hisoblanadi.Basketbolchilarning texnikasida to'pni xarakat vaqtida tezlik bilan uzatish va shit tagidagina bir qo 'llab savatga otish kabi usullar paydo bo 'ldi. Respo'blika bo'ylab tez tarqalayotgan basketbol uyini 1927yilda butun o'zbek spartakiadasi programmasiga kiritildi. Bu spartakiadani tayyorlash davrida ko 'pgina shaxarlarda basketbol musobaqalari bo'lib o'tdi.
Basketbol atamalari
Basketbol o'yini musobaqa qo'ldalarida turli atamalar uchraydi, shuningdek umumiy qabul qilingan qisqartirishlar ham mavjud bo'lib, ulardan o'yinchilar va hakamlarfoydalanib, o'yin vaziyatlariga doirfikr almashishda foydalanadilar. Maxsus atamalarni bilish, basketbol o'yini murabbiyi va o'qituvchining so'zini tushu-nishni, hakamning xatti-harakatlarini hamda jamoadagi sheriklari bilan muomalani yengillashtiradi, doimiy o'zgaruvchan o'yin holatida tez mo'ljal olish imkonini beradi. Basketbolning quyidagi asosiy atamalarini esda saqlashni tavsiya etamiz: Shiddatli hujum — hujumchining raqib shitiga harakat jihatdan ustunlikni yaratish va to'pni savatga tashlash maqsadida harakatlanishidir. Bu atama tezkor hujum, shuningdeq tezkor yorib o'tish deb ham ataladi.
To'sish — bu hujumga kirish uchun himoyachini to'sish, to'pi bo'lmagan raqibning harakatlanishiga yoi bermasliq
Savatga tashlash — raqib savatiga to'pni tushirishga yo'nal-tirilgan faoliyati (tashlash bilan uzatishni farqlang).
Bahs to'pi — maydondagi uchta doiradan birida jamoalaming ikki o'yinchisi o'rtasida to'pni tashlab, o'yinga kiritishga aytiladi.
Jarima to'pi tashlash — to'pni savatga tashlash paytida uni to'xtatib qo'lish maqsadida raqib tomonidan yo'l qo'yilgan xato uchun belgilanadi va u jarima tashlash chizig'idan bajariladi.
O'yinga kiritish — to'p maydon tashqarisiga chiqqanda uni yana o'yinga kiritish boiib, yon chiziqdan uzatish bilan yoki to'p savatga tushgandan so'ng, himoyachi tomonidan yuza chizig'idan bajariladi.
To'pni olib yurish — o'yinchining to'p bilan harakatlanishi, uni polga ikki qo'lda navbat bilan urib yurishi. Shuningdeq to'pni olib yuruvchi driblingchi o'yinchi deb ham ataladi. Basketbolda to'pni biryo'la ikki qo'llab olib yurish xato hisoblanadi. Taktik sxemada olib yurish to'lqinsimon chiziqcha bilan belgilanadi.
To'siq (zaslon) — raqibga, uning eng qulay pozitsiya yoki to'pni olish uchun chiqishigh imkoniyat yaratishga qarshi faoliyat. Qo'shaloq to'siq — bu o'z sherigi uchun ikki o'yinchi tomonidan qo'yilgan zaslondir.
Himoya — raqibning shiddatli hujumiga qarshi tashkil qilingan faoliyat, ya ni o'z savatiga to'p tashlashga yol qo'ymaslikka intilish. Himoyaning quyidagi variantlari mavjud: zonalar — mudofaadagi o'yinchilar, jarima tashlash doirasida belgilangan qismni qo'riqlaydilar, raqib o'yinchiga bu zonada to'pni qabul qilish yoki halqaga to'p tashlashni bajarishga yo'l qo'ymaydilar; shaxsiy mudofaadagi jamoa o'yinchisi raqibning belgilangan o'yinchisini qo'riqlashi; aralash — bu o'yinchilarning zona va shaxsiy qo'riqlash belgilarining kombinatsiyalashtirilishi.
Himoyachi — bu atama ikki ma'noga ega, ya'ni bu har qanday himoya qilayotgan jamoa o'yinchisiga ham, orqa chiziqda o'ynayotgan o'yinchiga ham tegishlidir.
Mintaqa (zona) — bu atama ham bir nechta ma'noga ega. Zona deb maydon qismiga aytiladi. Ichkari zona — maydonning yarmi bo'lib, unda jamoa o'z savatini himoya qilib
turadi; hujum qilish zonasi — raqib jamoasi himoya qiladigan maydonning yarmi. O'rta zona — o'rta chiziqdagi maydonning uchdan bir qismi. Zona himoya paytida o'z shiti ostida jarima tashlaydigan uncha katta bo'lmagan joyga aytiladi.
O'yinchi — har bir o'yin qatnashchisi yoki jamoa a'zosi (shuningdeq zaxiradagi o'yinchi) ham o'yinchi hisoblanadi. Markaziy o'yinchi — bu odatda, eng yuqori hujum markazida raqiblar savati yaqinida o'ynaydigan jamoa a'zolaridan biri.
O'yin kombinatsiyasi — bu o'yinchilarning hujum yoki himoyada o'zaro faoliyati bilan shartlangandir.
Chiziq — oq bo'yoq yuritilgan eni 5 sm li chiziq bo'lib, u bilan maydonning perimetri va uning alohida uchastkalari chiziladi. Har qanday chiziqning eni, o'yin maydonining o'ichamiga kiradi.
Asosiy chiziqlar, bular basketbol maydonidagi yuza, yon, jarima tashlash chizig'i, o'rtadagi markazning doira chiziqlaridir.
O'yin jarayonida ko'pincha maxsus atamalar qo'llaniladi. Masalan, to'p o'yinda hakam bahsli to'pni tashlab o'yinga kiritishga tayyor jarima tashlashni bajarish uchun o'yinchiga to'pni uzatishga tayyor, yoki to'p o'yinchi qo'lida turibdi, maydon tashqarisidan to'pni o'yinga kiritishga tayyor degan ifodalarshularjumlasidandir. Unga qarama-qarshi to'p tashqarida, ya'ni to'p o'yindan chiqqani (halqaga tashlangan to'pni raqiblar ham o'yinga kiritgani yo'q, hakamning qo'lida bahsli yoki jarima tashlashdan oldingi holat) deyilganidir. Shuningdeq erkin to'p, bunda to'p o'yinda bo'ladi, amino uni hech bir jamoa egallamaydi. Bahsli to'p so'zi shunday holatda aytiladiki, bunda qarama- qarshi jamoalarning ikki o'yinchisi to'pni bir vaqtda ushlashga harakat qiladilar yoki bir vaqtda tegib. uni maydon tashqarisiga chiqarib yuboradilar. Bunday hoiatda bahsli to'p, maydonning yaqin joyida o'yinga kiritiladi.
Hujumchi atamasi ikki ma'noga ega: Jamoa o'yinchisi, to'pni egallab turgan payt.
Hujumda o'ynaydigan baland bo'yli o'yinchi. O'yinning taktik chizig'ida hujumchi tegishli raqam bilan belgilanadi.
Hujum qilish — u tezkor yorib o'tishni va pozitsion hujumni o'z ichiga oladi. Tezkor yorib o'tishda belgilangan joylashuv va o'yinchilarning siljishi raqibning uyushtirilgan himoyasiga qarshiligi bilan belgilanadi.
('yinchining oyog'i, ayrim o'yin vaziyatlarida maxsus atama bilan belgilanadi, masalan o'ng oyoq, ya'ni o'yinchi shu oyog'ini qo'yib to'pni egallagan boiib, endi u poldan (maydondan) oyo- g'ini ko'tarishi mumkin emas va yugurib ham ketmaydi; o'ng oyoq atrofida o'yinchi qadamlash va burilishlarni bajarishi mumkin.
Jarima tashlash zonasi (maydoni) — maydonda yarimdoira bilan trapetsiya chizilgan. Savat tagidagi yuza chizig'ining olti metrli bo'lagi trapetsiyaning asosi boiib xizmat qiladi. Jarima tashlashning 3 m 60 sm uzunlikdagi chizig'i mavjud. Trapetsiyaning yuz chizig'igacha uzunligi 5 m 80 sm. Trapetsiyaning yuqori qismida doira chizilgan bo'lib, u jarima tashlash chizig'ining diametri hisoblanib uning aylanasi 1 m 80 sm.
Sherik — o'z jamoasi o'yinchisi.
To'pni uzatish — bu o'yinchining to'pning boshqa o'yinchiga tez siljishiga yo'naltirilgan faoliyati bo'lib, to'g'ri yuqoridan sakratib, ,.kryuk" bilan qo'liga uzatishlardan iborat. Birinchi uzatish — bu uzatish, himoyada to'pni egallagan yoki shitdan qaytgan paytdan so'ng bajariladi. Birinchi tez va aniq uzatish, tez yorib o'tib hujum qilishning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Yashirin uzatish — buni o'yinchi eng oxirgi lahzagacha bildirmaydi va to'pning uchish yo'nalishini niqoblaydi. ('yinning taktik chizig'ida to'pni uzatish ketma-ket chiziqlarda belgilanadi.
Himoya qilish — sherigi g'amxo'rlik qilib, kuzatib, qo'riqlab turganda himoyachini hujumchi o'tishi mumkin bo'lgan tomonga siljitishdir.
Pressing — inglizcha so'z bo'lib, hujumchilarni shoshilinch faoliyat vaxato qilishga majbur qiladigan tig'iz, faol himoyadir. ('yinning oxirgi daqiqalarida ko'pincha jamoa bilan qo'llanadi.
O'yin usullari (yoki o'yin texnikasi unsurlari) — basketbolchiga asosiy malakalar, o'yinda faol va samarali qatnashish imkonini beradi. Bunga uzatishlar, ushlash, olib yurish, tashlash, to'psiz va to'p bilan o'tishlar, sakrab qaytgan to'p uchun kurash, raqibni qo'riqlash va boshqalar kiradi.
Probejka yoki to'p bilan yugurish. ('yinchi to'pni olib yurishni boshlab, to'pni qo'lidan chiqarmaguncha u o'ng oyog'ini poldan (maydondan) ko'tarishga haqi yo'q. ('yinchi harakatda
to'pni olib qo'lida to'p bilan ikki qadamdan ortiq yurish qila olmaydi, bu yoki u vaziyatda qo'ldani bo'zish probejka sifatida qayd qilinadi va to'p boshqa jamoaga beriladi.
O'tish — o'yinchining to'psiz va to'p bilan harakatlanishi. Chalishtirma o'tish deb, hujumchilarning guruhli o'zaro faoliyatiga aytiladi, bunda ikki o'yinchi har tomondan sherigi yonidan to'p bilan o'tadi. O'yinning taktik chizmasida o'yinchining harakat yo'li yoppasiga ingichka chiziqda belgilanadi.
Raqib — raqib jamoa o'yinchisi.
O'yinchining turishi — foydali turish, o'yin faoliyatiga eng yaxshi tayyorgarlikni ta'minlaydi. Taym-aut — inglizcha so'z bo'lib, musobaqa qo'ldasiga ko'ra jamoalar olishi mumkin boigan daqiqali tanaffusdir.
Fint — inglizcha so'z bo'lib, aldamchi yoki chalg'ituvchi harakatdir. Fint o'yinchining harakat yo'lini ko'rsatuvchi ilonizi chiziq bilan belgilanadi.
Fol — inglizcha so'z bo'lib, boshqa jamoa o'yinchisi bilan yaqinlashish paytidagi yo'l qo'yiladigan xato — itarish, urishdir. Follar savatga to'p tushirish ko'p karrali bo'lib, bunda xato bir yoki ko'proq jamoa o'yinchilari raqiblar bilan yaqinlashish paytida sodir etiladi; ikki tomonlama folda xato ikki qarama-qarshi jamoa o'yinchilari tomonidan bir-biriga nisbatan yo'l qo'yiladi; atayin fol ko'pincha savatga to'p tushirish xavfi paydo bo'lgan vaziyatda o'yinchilar tomonidan mo'ljallab amalga oshiriladi. Bunday follami o'yin vaziyatida amalga oshirilgan texnik foldan farqlash lozim.
Jarima — atamasi „fol" so'zining sinonimi sifatida tez-tez ishlatiladi.
Jarima tashlash — texnik xato uchun jazolashdir. Fol aniq-langach, u savatni zabt etishga xalaqit bergan himoyachiga nisbatan amalga oshiriladi ya'ni jarima tashlash chizig'iga turib to'p ikki marta savatga tashlanadi. Jarima tashJashni bajarish paytida hech kirn o'yinchiga xalaqit bermasligi keraq Har bir muvaffaqiyatli tashlangan jarima uchun jamoa bir ochko oladi.
Dars yakuni (5 daqiqa)
Shundan so'ng o'quvchilar saflanadi, dars davomidafaol bol'gan o'quvchilar baholanadi va rag'batlantiriladi (o'qituvchi tomonidan tayyorlangan medullar orqali). Ularga uyga vazifalar beriladi va dars o'z vaqtidayakunlanadi. O'quvchilar maydonni saf tortib tark etadi.
Ko'rib chiqdi: O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: