Amaliy mashg„ulot texnologik kartasi Bosqichlar, vaqti



Download 423,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana30.03.2022
Hajmi423,76 Kb.
#518237
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 2f7759ef78d0e7b23fe16fc4c761bfab

minimum qonunini
taklif etgan. 
Uning yozishicha -organizmning chidamligi uning oziq zanjiridagi eng kam miqdorga 
bog‘liq.


YU.Libix ekinlarning hosildorligi ko‘pincha ular uchun ko‘p kerak bo‘lgan elementlar 
bilan cheklanmaydi, aksincha, tuproqda kam uchraudigan va osimliklar uchun juda kam 
miqdorda kerak bo‘lgan elementlar bilan cheklanadi.
Tolerantlik qonuni 
Organizmning hayot faoliytini susaytiruvchi omilga cheklovchi omil deyiladi. SHunday qilib 
organizmlar uchun ekologik omillarning etishhmasligigina (minimum) emas balki ortiqchaligi 
(maksimumi) ham cheklovchi omil bo‘lishi mumkin
U yoki bu turning yashash imkoniyati bo‘lgan ma’lum bir omilning o‘zgaruvchan chegarasi 
tolerantlik deyiladi 
Muxitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-old 
qo‘shimchasini qushib, tor doirada moslashganlarga steno-old qo‘shimchasini qo‘shib 
nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, 
stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigal, stenogal. Ekologik omillarniig ta’sir etish kuchi bilan 
organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlarninng o‘zaro ta’siri bosimga nisbatan evribat, stenobat 
ekologik guruxlar ajratiladi. 
Tashqi muxitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi turning-
ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‘lda o‘suvchi sho‘raklar tuproqning sho‘rligiga, 
kurg‘okchilik va yuqori tsmperaturaga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslanish 
shuraklarning ekologik spektrini tashkil etadi. Boshqa turlar tuproq sho‘rlanishiga chidamsiz 
ekanligini ko‘rish mumkin. 
Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga tug‘ri kelmaydi. Xatto bir xil sharoitda 
yashayotgan va moslashish xususiyati xam o‘xshash bo‘lgan turlar ozmi-ko‘pmi miqdorda 
o‘zining ekologik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Izen va teresken o‘simliklari kurg‘okchil va issiq 
sharoitga moslashgan turlar xisoblanib, ulardan birinchisi nisbatan kurg‘okchilikka xam, yuqori 
xaroratga xam biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi. 
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga xam turlicha ta’sir etadi. Sovuq qonli 
xayvonlar uchun xavo temperaturasiiing 40-45°S bo‘lishi modda almashinuvi jarayonini 
tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya’ni xarakatlanishi susayadi. Bunda xayvonlar tinim 
xolatiga o‘tadi. 
Ayrim individlarning tashqi muxit omillariga chidamlilik darajasi, kritik nuqtalari
optimal zonasi xam tug‘ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, yosh yoki fiziologik 
xususiyatlari bilan bog‘lik, bo‘lishi mumkin. Don maxsulotlari va unda yashovchi mita 
kapalagining g‘umbagn uchun kritik temperatura - 7°S ni tashkil etsa, katta yoshdagilari uchun 
22°S, tuxumlari uchun esa - 27°S. -10°S, temperatura g‘umbakni nobud qiladi, ammo ularning 
davri va tuxumlariga ta’sir etmaydi. 
Muxitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu omillarning 
ta’siri boshqa omillarning mikdoriga bog‘liq bo‘ladi. Buni omillarning uzaro ta’sir etish 
qonuniyati deyiladi.
Organizmning normal xayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha 
shart-sharoitlar qulay bo‘lib, ulardan biri etarli miqdorda bo‘lmasa, uni cheklovchi omil deb 
ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab 
beradi. 
Turlarning shimolga tomon siljishiga temperatura omilining etishmasligi ta’sir etsa, kurgokchil 
rayonlarda esa namlik yoki yukori temperaturaning ta’siri cheklovchi xisoblanadi. CHeklovchi 
omillar fakatgina abiotik omillar bo‘lib kolmay, balki biotik omillar xdm bulishi mumkin. Gulli 
usimliklar turlarini biror joyga iklimlashtirishda ularni changlatuvchn xdsharotlar cheklovchi 
omil buladi. CHsklovchi omillarnn anikdash amaliy jixatdan muxim axamiyatga ega. 
Organizmning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi abiotik omillarning optimal (zona) sharoiti 
ta’sirida bo‘lsa, ularning yomon xolati .... (nobud bo‘lishi) minimal sharoitda, ya’ni abiotik 
omillarning salbiy ta’siri natijasida yuzaga keladi. 

Muhit organizmning fiziologik qobig‘i hisoblanib, har qanday muhit fizik, kimyoviy va 


boshqa omillarning majmui bilan namoyon bo‘ladi. Omil tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 


ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. SHunday qilib, ekologik omilni tirik 
organizmlarga moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan har qanday muhitning shart-sharoiti 
deb qarash kerak.
Ekologik omillarning xilma-xilligi ularni tasniflashni taqozo etadi. Omillarni tasniflashda ularni 
xilma-xil ta’siri emas, balki kelib chiqish manbaiga qarab ajratish lozim. Omilni aniqlashda uni 
tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘ziga xos ta’siri muhim ahamiyatga ega.
Muhit keng ma’noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‘rsatuvchi omillar mavjud. 
Omillarni ta’sir etuvchi va hayot sharoiti uchun zarur guruxlarga ajratish mumkin. Ta’sir etuvchi 
omillar tirik organizmlar hayotiga kuchli ta’sir etib, ularning xatto irsiy hususiyatlari yoki boshqa 
ko‘rinishlardagi o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga har-xil mutagen omillarni (nurlanish va 
boshqalar) ko‘rsatish mumkin.
Hayot sharoiti uchun zarur bo‘lgan omillar, o‘z navbatida, tirik organizmlarning yashashi 
uchun zarur bo‘lgan (hayotini va o‘sishini ta’minlovchi) omillar va rivojlanish sharoiti 
(ontogenezni ta’minlovchi) omillarga bo‘linadi. 
YAshil o‘simliklarning hayoti uchun zarur bo‘lgan omillar kosmik (yorug‘lik, harorat) va 
erdagi suv va ozuqa omillariga ajratiladi. Ushbu omillar mavqei jihatidan bir-biri bilan barobar, 
shuningdek, boshqa omil bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli inson 
yashil o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan kosmik omillarni boshqara olish imkotiyatiga ega bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda ekologik omillar kelib chiqishiga, vaqt bo‘yicha, muhitga, xarakteriga, ob’ektga 
ta’sir etishiga va boshqa tomonlarini hisobga olib tasniflanadi.
Biz ekologik omillarni abiotik (o‘lik tabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan 
bog‘liq bo‘lgan ta’sir) va antropogen (insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sir) 
omillarga bo‘lib o‘rganamiz. 
1.Ekologik omillarning tasniflanishi. 
2. Abiotik (quruqlikdagi va suv muhitidagi) omillar.

Download 423,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish