mikroorganizmlaring oqsillarini yuqori xarorat ta’siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi
moslashish xisoblanadi.
Hozirda ma’lum adaptativ radiatsiya izolyasiyada qolgan arxipelaglar hamda orollarga
o‘xshash joylarda (masalan, ko‘llarda) kuzatish munmkin. Ammo, hayot xilma-xilligi adavtiv
radiatsiya hodisasi ekologik muhit turlanish uchun qulay paytlarda ro‘y bergan vaziyatlarda
yuzaga keladi. Bu kontekstda ekologik muhitning mos bo‘lishida ikkita asosiy mexanizm
mavjud: (1) organizmning muhim innovatsiyalar bilan bog‘liq ichki o‘zgarishlari; (2)tashqi
ta’sirlar atrof-muhitdagi o‘zgarishlar hamda ajralgan er massalarining kolonizatsiyasi (kelib
qo‘shilishi) kabi. Ikki holatning ham o‘zaro aloqadorligi bor, masalan, ichki (intrinsik)
o‘zgarishlar organizmga yangi muhitni o‘zlashtirishga imkon beradi. Har ikki holatda ham, yangi
tabiiy nisha muhitni o‘zlashtirayotgan individlarda adaptiv radiatsiya bilan bog‘liq genetik
divergensiya ro‘y berishi uchun populyasiyaning qolgan qismidan qay darajadadir ajratilagan
bo‘lishi talab etiladi. Agar yangi o‘zlashtiruvchi boshqa shu joydagi boshqa yashovchilar
(ajratilmagan izolyasiya bo‘lmagan) bilan yaqin aloqaga kirishganda, ularning taksasi tomonidan
davomiy kolonizatsiya qilinadi va turning o‘zgargan qismlari evolyusion jarayon emas, balki
immigratsiya va tashqi ta’sir etuvchi omillarni o‘zida mujassamlashtirgan ekologik jarayon
tomonidan boshqariladi.
Muxit organizmning fizik qobig‘i xisoblanib, xar qanday muxit fizik, kimyoviy va
boshqa omillarning majmui bilan namoyon bo‘ladi. Omil tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ta’sir etuvchi muxitning ayrim bir tarkibiy qismidir. SHunday qilib, ekologik omilni tirik
organizmlar moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan xar qanday muxitning shart-
sharoiti deb qarash kerak.
Ekologik omillar juda xilma-xil. SHuning uchun ularni tasniflash zarur buladi.
Ekologiyaning tarixidan ma’lumki, omillarning tasnifi ancha murakkab masalalardan biri
xisoblanadi. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta’sir etadi. Ular
ekologik, fiziologik, genetik va xokazolar tarzida ta’sir etadi. Omillarni tasniflashda ularning
xilma-xil ta’sir etishi emas, balki kelib chiqish manbaiga qarab ajratish lozim. Omilni aniqlashda
uni tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘ziga xos ta’siri muxim axamiyatga ega.
Ekologik omillarni tasniflashda uning tabiati, xarorat, nurlanish, bosim muxitning
reaksiyasi va boshqalar doimo o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. D.N. Kashkarov (1933)
omillarni uch guruxga ajratadi: iqlim, edafik va biotik. V.V.Alexin (1950) iqlim, edafik,
orografik, biotik, antropogen va tarixiy omillarga ajratadi.
Ta’rifga binoan omil muxitning ayrim elementi xisoblanib, organizmga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Ammo tarixiy, orografik kabi omillar tirik organizmlarga xech qanday
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi. SHubxasiz, ma’lum bir joyning dengiz satxidan absolyut
balandligi, tog‘liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv xavzasining chuqurligi kabilar xam
ana shunday xususiyatga ega. Ular tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmay, balki
bevosita ta’sir etgan xolda boshqa omillar, ya’ni xarorat, bosim va xokazolarni ta’rif etish
xususiyatini o‘zgartiradi.
Muxit keng ma’noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‘rsatuvchi omillar mavjud.
Omillarni ta’sir etuvchi va xayot sharoiti uchun zarur guruxlarga ajratish mumkin. Ta’sir etuvchi
omillar tirik organizmlar xayotiga kuchli ta’sir etib, ularning xatto irsiy xususiyatlari yoki boiqa
ko‘rinishlardagi o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga xar xil mutagen omillarni (nurlanish
va boshqalar) ko‘rsatish mumkin.
Xayot sharoiti uchun zarur bo‘lgan omillar o‘z navbatida tirik organizmlarning
yashashi uchun zarur bo‘lgan xayoti va o‘sishini ta’minlovchi omillar va rivojlanish sharoiti
(ontogenszni ta’minlovchi) omillariga bo‘linadi.
YAshil o‘simliklarning xayoti uchun zarur bo‘lgan omillar kosmik (yorug‘lik, xarorat)
va erdagi suv va ozuqa omillarga ajratiladi. Ushbu omillar mavqei jixatdan bir-biri bilan barobar,
shuningdek, boshqa omil bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ilmiy-texnik taraksiet tufayli inson yashil
o‘simliklar uchun, zarur bo‘lgan kosmik omillarni boshqara olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
SHunday qilib, xozirgi vaqtda ekologik omillar kelib chiqishiga vaqt bo‘yicha,
muxitga, xarakteriga, ob’ektga ta’sir etishiga va boshqa tomonlarini xisobga olib tasniflanadi.
Ekologik omillarni abiotik (o‘lik tabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan
bog‘liq bo‘lgan ta’sir) va antropogen (insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sir)
omillarga bo‘lib o‘rganiladi.
Abiotik omillarga quyidagilar kiradi:
1. Iqlim, yorug‘lik, xarorat, xavo, namlik (xar xil shakllardagi yog‘ingarchiliklar,
tuproq va xavoning namligi,
qor qoplami);
2. Edafik (yoki tuprok. gurunt) — tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik
xossalari va boshkalar.
3. Topografik (yoki orografik) - relef sharoiti.
Biotik omillarga quyidagilar kiradi: 1. Fitogen - birgalikda yashayotgap o‘simliklarning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (mexanik ta’sirlar, simbioz, parazitlik, epifitlarnnng yashashi) va bilvosita
(tirik organizmlar yashayotgan muxitni o‘zgartirishi) kabi ta’sirlari; 2. Zoogen - xayvonlarning
(oziqlanishi, payxon qilishi va boshqa mexanik ta’sirlar, changlatish, meva va urug‘larni
tarqatishi, muxitga ta’sir etishi kabi ta’sirlar; 3. Mikrobiogen va mikogen-mikroorganizmlar va
zamburug‘larning (parazitlilik, taщqi muxitni o‘zgartirish) ta’siri.
Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir.
Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlar yashash muxitining o‘zgarishi o‘z navbatida
ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz
tutishiga (cho‘llarni o‘zlashtirish, o‘rmonlarni kesib yuborish, pichan o‘rish va mol boqish, suv,
tuproq va xavoni sanoat chiqindilari, zararli kimyoviy moddalar, maishiy chiqindilar bilan
ifloslantirish va zaxarlashga olib keladi. Ba’zi xollarda biotsenozlarning butunlay yo‘q bo‘lib
ketishiga sababchi bo‘ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: