Amaliy audit


-rasm. Ekologik audit tekshiruvi jarayonini rejalashtirish bosqichlari



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

15.2-rasm. Ekologik audit tekshiruvi jarayonini rejalashtirish bosqichlari
1
 
Ekologik audit o’tkazish umumiy ish rejasining namunaviy ko’rinishi 15.1-
jadvalda keltirilgan.
Rejalashtirish bosqichida auditor xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning iqtisodiy geografik joylashish holati bilan tanishishi va quyidagilar 
to’g’risida axboriotga ega bo’lishi lozim; 
15.1-jadval 
 
Ekologik audit o’tkazish umumiy rejasining namunaviy ko’rinishi
1
 
Tekshirilayotgan tashkilot 
Audit davri 
Kishi/soat o’lchovi 
Auditorlik guruhi rahbari 
Auditorlik guruhi tarkibi 


496 
Rejalashtirilayotgan auditorlik xatlari 
Rejalashtirilayotgan moddiylik darajasi 
№ 
REJALAShTIRILAYoTGAN ISh TURLARI 
Vaqt sarfi, 
soat 
Bajaruvchi 
Izoh 

Korxonaning ekologik pasportini o’rganib chiqish 

Korxona uchun belgilangan ekologik me’yorlar 
bilan tanishish va ularning bajarilishini tekshirish

Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan asosiy 
vositalarning mavjudligi va holatini tekshirish 

Korxonada chiqadigan chiqindilarni hisobga olish 
tartibi bilan tanishish 

Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan 
xarajatlardan foydalanish samaradorligini aniqlash 

Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq soliqlarni 
hisobga olish va hisobotda aks ettirish to’g’riligini 
tekshirish 
Auditorlik tashkiloti rahbari: 
Auditorlik guruhi rahbari: 
-xo’jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy geografik o’rnini atrof muhitga ta’sir 
ko’rsatadigan, umuman, mamlakatdagi ekologik vaziyatni va uning tarmoq 
xususiyatlarni aks ettiradigan tashqi omillar haqida; 
-xo’jalik yurituvchi sub’ektning atrof muhitga ta’sir ko’rsatadigan, uning 
individual xususiyatlari bilan bog’langan ichki omillari haqida. 
Ekologik auditni rejalashtirishda auditor quyidagilar bilan ham tanishishi 
tavsiya qilinadi; 
-xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi tarkibida 
ekologiya bo’yicha mutaxassislarining mavjudligi; 
-ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
nomenklaturasining ekologiyaga ta’siri; 
-ekologik holatni hisobga olib mahsulot ishlab chiqarishning cheklanish 
xususiyatlari; 
-ekologik xarajatlarni hisobga olgan rentabellik darajasi
-foydadan ekologiyani muhofaza qilish uchun ajratilgan qismini taqsimlash 
tartibi; 
-shu’ba va tobe tashkilotlar mavjudligi hamda ulardagi ekologik vaziyat; 
-xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi 
tarkibidagi ekologik mutaxassisilarning mavjudligi. 
Auditor uchun quyidagilar xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologik holati 
to’g’risida axborot olish uchun manba hisoblanishi lozim: 
-xo’jalik yurituvchi sub’ekt ekologik holatni himoya qilish nizomi; 
-xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yhatga olish to’g’risidagi xujjatlar tarkibida 
ekologiya bo’yicha mutaxassislarning ekspertiza xulosasi; 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologiya bo’yicha xududiy mutaxassisini 
ekologik vaziyatga bergan bahosi; 


497 
-xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologik siyosatini aks ettiruvchi va unga 
o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi xujjatlar; 
-ekologiya bo’yicha mutaxassisning hisobotlari; 
-ekologiya bo’yicha statistik hisobotlar
-ekologik ekspertiza tekshiruvlari materiallari; 
-ekologiyaga oid sud da’volari materiallari; 
-xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini 
tartibga soladtgan xujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlar ro’yhatlari. 
Ekologik audit o’tkazuvchi auditorlar guruhiga ekspert sifatida kiradigan 
mutaxassislar tarkibini rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagilarni 
hisobga olishi lozim: 
-ish vaqti byudjetini; 
-guruhning miqdoriy tarkibini; 
-guruh a’zolarining malaka darajasini; 
-guruh hodimlarining o’zaro almashinuv imkoniyatlari; 
-guruh a’zolarining mansab darajasini. 
Ekologik audit tekshiruvini o’tkazish jarayonida auditorlik tashkilotida 
umumiy ish rejasining ayrim bandlarini qayta ko’rib chiqish uchuu asoslar paydo 
bo’lishi mumkin. Rejaga asosli tarzda kiritilayotgan o’zgarishlarni, shuningdek, 
o’zgarishlarning sabablarini auditor o’zining ishchi xujjatlarida batafsil yoritishi 
lozim. 
Auditor rejalashtirish jarayonidayoq mijozning ahvolini tahlil qilib chiqishi, 
ekspertiza qilishi va shug’ullanadigan tadbirkorlik turini xujjatlarda qayd etishi kerak. 
U dastavval mijozning katta tavakkalchilak bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan 
iqtisodiy muomalalarini ajratib oladi. U shu asosda jiddiyroq suiste’mol qilish va 
ekologik hisobotni buzib ko’rsatish hollarini aniqlash uchun o’ziga qaysi ekologik 
auditorlik tadbirlari kerak bo’lishi mumkinligi haqida masalani xal etadi. 
Auditor rejalashtirishning ana shu bosqichda, bundan tashqari, mijozning o’rab 
turgan muhitning xususiyatlarini aniqlashi ham lozim. Bunda o’zga korxonalarning 
ekologik tomondan ta’sir ko’rsatish omillari: chiqindilar, suv resurslarini ifloslanishi 
va hakazolar kiradi. Bu joyda mijoz ma’muriyati, bosh kompaniya va davlat 
tomonidan boshqaruvga ta’sir ko’rsatish omillari ham muhim o’rinni egallaydi. 
Binobarin, ekologik auditni rejalashtirish va amalga oshirish mos bo’lishi 
uchun butun jarayon ishning borishin nazorat qilishdan iborat bo’libgina qolmasdan, 
balki bajarilag ish xajjatlari to’plangan auditorlik dalallari va ular asosida qilingan 
xulosalar puxta qayd etib borilishi ham zarur. 
Ekologik audit dasturi ekologik audit ish rejasining rivoji hisoblanadi va u 
tekshiruvning har bir muayyan qismi uchun zarur bo’lgan ekologik audit tadbirlari 
ro’yhatidan iborat bo’ladi. 
Auditorlik tashkiloti ekologik audit o’tkazish dasturini tuzishga quyidagicha 
yondashshi mumkin: 
-amaliyotda qullanilayotgan na’munaviy ishchi dasturlaridan foydalanish; 
-mijoz uchun uning faoliyat xususiyatlarini hisobga olgan holda yangidan 
dastur ishlab chiqish;


498 
Ekologik audit o’tkazish dasturini ishlab chiqishda amaliyotda qo’llanilayotgan 
na’munaviy dasturdan foydalanish bir tomondan dasturni ishlab chiqishga ketadigan 
vaqtni tejash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan tekshiruv jarayonida xatolikga 
yo’l qo’yish ehtimolini kamaytiradi. Chunki na’munaviy dasturlar asosan shu 
sahaning yirik mutaxassislari bo’lgan olimlar va tajribali auditorlar tomonidan ishlab 
chiqilgan bo’ladi. Biroq, xar qanday puxta ishlab chiqilgan ishchi dastur ham barcha 
sohalarning xususiyatlarini qamrab ololmaydi. Buning natijasida na’munaviy 
dasturga ijodiy yondoshmay turib foydalanish auditorlik tashkiloti uchun jiddiy 
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasida ekologik audit o’tkazishning xarakatdagi amaliyoti 
bilan tanishish zamon talablariga javob beradigan na’munaviy “ekologik audit 
o’tkazish dasturi” mavjud emasligini ko’rsatdi. Bu holat auditorlik tavakkalchiligi 
oshirib uning sifatiga jaddiy salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ishda biz bu masalaga 
o’z munosabatimizni bildirishga xarakat qildik. 
Tadqiqot ob’ektlaridan biri hisoblangan kimyo sanoati uchun ekologik auditni 
o’tkazishning na’munaviy dasturi 15.2 jadvalda ko’rsatilgan. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish