492
maqsad va vazifalarini hamda yillik umumiy faoliyat natijalarini nashr ettirish
ta’kidlanadi.
Ekologik boshqarish sohasida halqaro standartlarni ishlab chiqish tug’risidagi
qaror – Urugvayda ta’riflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv doirasida o’tkazilgan
muzokaralarda va 1991 yilda Rio – de – Janeyroda BMT ning tabiatni asrash va uni
takomillashtirish bo’yicha o’tkazilgan Konferentsiyasida - qabul qilindi.
1946 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan standartlashtirish halqaro
tashkiloti ISO – International Standard Organization) tomonidan 1993 yili yaratilagn
«Ekologik boshqarish» texnika komiteti (ISO FTC 207) ekologik menejment
bo’yicha halqaro standartlarni ishlab chiqishga kirishdi – 14000 seriyali ISO standarti
halqaro standartni muhofaza qilishning yana bir ajoyib tashabbuslaridan biri bo’ldi.
Ularni yaratishda asos bo’lib, BS 7750 Britaniya standarti, shuningdek, amalda
mavjud bo’lgan mahsulotlar sifatnni nazorat qilish tizimlari bo’yicha xhlqaro standart
– ISO 9000 standarti hisoblanadilar. ISO 14000 standarti o’z
ichiga quyidagi
yo’nalishlarni oladi: ekologya boshqaruv tizimi, ekologik audit, ekologik
xususiyatlarini baholash, hayot tsiklini baholash va atama hamda izohlarni o’z ichiga
oladi.
Ekologik audit korxonani atrof muhit bilan bog’liqligini boshqarish mexanizmi
sifatida XX asrning 70- yillarida AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va
Niderlandiyada tashkil topdi (2.1.12.-4bb). «ekologik menejment» tushunchasi «atrof
muhitni muhofaza qilish» yoki «tabiatdan foydalanishni boshqarish» iboralari sifatida
foydalaniladi. Ekologik havfsizlikni ta’minlashda, atrof muhitni muhofaza qilish va
tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimlari ostida ekologik auditning o’rni va roli
tushunish uchun «ekologik boshqarish» va «ekologik menejment» tushunchalarining
umumiy tomonlari va farqlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Ekologik auditning ob’ekti – korxonalarning
atrof muhitga va tabiat
ob’ektlariga ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq xo’jalik hamda boshqa faoliyati,
shuningdek bunday faoliyatning natijalari bo’lib hisoblanadi.
Ekologik auditningg predmeti bo’lib quyidagilarni keltirish mumkin;
- korxonaning atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish bilan
bog’liq faoliyat turlari;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda atrof muhitning holati;
- atrof muhitni boshqarish tizimining holati;
- tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi va belgilangan ekologik talablarga rioya
qilinish darajasi;
- korxonada tabiiy resurslardan foydalanish darajasi;
- korxonalarda faoliyat davomida yuzaga kelayotgan chiqindilarni joylashtirish
jarayoni;
- ekologik xavfsizlik bilan bog’liq qonungchilik talablarini buzilishi oqibatida
yuzaga keladigan moliyaviy tavakkalchiliklar.
Ekologik auditni o’tkazish jarayonidi u yoki bu korxona, ishlab chiqarish yoki
texnologik jarayonini xavflilik darajasi bir qator omillar yordamida o’rganiladi va
ular atrof muhitga ta’siri baholanadi.
493
Ekologik audit yo’nalishi bo’yicha Rossiya Federatsiyasida ma’lum darajada
tajriba yuzaga kelgan bo’lib, uni yaratilishiga xalqaro audit bozorida yuqori nufuzga
ega bo’lgan “Artur Andersen”, “KPMG”, “Deloyt end Tush “, “Parays Uoterxaus
Kupers” va “Ernest end Yang” kabi auditorlik kompaniyalari katta xissa qo’shishgan.
Dissertatsiyada ekologik auditni korxonani boshqarish tizimidagi o’rnini
aniqlash uchun uni turli belgilariga ko’ra tasniflanishini ishlab chiqish zarurati
tug’ildi. Bizning fikrimizcha ekologik auditni quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanishi
amalaga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi;
Korxona darajasida o’tkaziladigan ekologik audit ushbu xo’jalik yurituvchi
sub’ektni tabiiy muhitga ta’sirini o’rganish
bilan chegaralansa, mintaqa darajasida
o’tkaziladigan ekologik auditning maqsadi esa ushbu mintaqada mavjud yoki yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan ekologik muammolarni o’rganish, ularni oldini olish yoki
salbiy omillar ta’sirini imkoni boricha kamaytirishdan iborat bo’ladi.
Mas’uliyat auditi. Mas’uliyat auditining maqsadi sotib olinishi yoki ijaraga
olinishi ko’zda tutilgan ko’chmas mulk bilan bog’liq ekologik majburiyatlarini
aniqlash hisoblanadi. Bunday majburiyatlar ushbu ko’chmas mulkdan foydalanish
yoki tugatish natijasida atrof muxitga etkazilgan zarar oqibatida hisoblangan
jarimalar ko’rinishida yuzaga keladi.
Mos kelishlik auditi. Mos kelishlik nuqtai nazaridan o’tkaziladigan ekologik
auditning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatiga davlat tomonidan
qo’yilagan ekologik
talablarga rioya qilinishi, uning ko’rsatgichlarini ekologik
me’yorlarga mos kelishliligi o’rganiladi.
Ekologik boshqaruv tizimi auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishi tekshiruv
ob’ektida mavjud bo’lgan ekomenejment tizimining zaif bo’g’inlarini aniqlash va uni
takomillashtirishga mo’ljallangan.
Investitsion loyihalar auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishida yangi qurilish,
mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik qayta
qurollantirish, ta’mirlash uchun investitsiyalar jalb qilishga mo’ljallangan loyihalarni
ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan o’rganib chiqishgan mo’ljallangan.
Ekologik sug’urta auditi. Keyingi yillarda ekologik audit tekshiruvi jarayoniga
sug’urta xodimlarini jalb qilish keng tus olmoqda. Sug’urta auditining asosiy maqsadi
keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ekologik talofatlar yoki texnogen holatlar
natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilishi mumkin bo’lgan zarani hisoblab
uni sug’urta polisi bilan himoyalashaga mo’ljallangan.
Sertifikatsiya auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishida davlatning maxsus
idoralari tomonidan korxona mahsulotlariga berilgan ekologik sertifikatlarning
qonuniyligi va asosligini o’rganiladi.
Moliyaviy hisobot auditi. Moliyaviy hisobot auditida
esa auditor korxonani
atrof muhitini muhofaza qilish bilan bogliq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirishga
mo’ljallangan xarajatlar darajasi, ulardan foydalanish samaradorlik ko’rsatgichlari,
ekolgiya bilan bog’liq bo’lgan soliqlarni hisoblanishi hamda ularni
moliyaviy
hisobotda aks ettirish jarayonini o’rganadi.
Moliyaviy vositalr yordamida tekshiruv ob’ektida ekologik qonunchilikdan
chetga chiqishlar, belgilangan ekologik tadbirlarni to’liq yoki butunlay
494
o’tkazilmasligi, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan soliqlarni
hisoblamaslik yoki noto’g’ri hisoblash kabi yuzaga kelagan vaziyatlar natijasi
xo’jalik yuritkvchi sub’ektga nisbatan belgilanishi mumkin bo’lgan moliyaviy
jarimalar darajasi aniqlanadi.
Ekologik audit tekshiruvining texnik vositalari tekshiruv ob’ektida ekologik
vaziyatga asosli tarzda baho berish uchun zarur hisoblanadi. Ular yordamida er, suv
va havo xavzasiga korxona tomonidan chiqindilarning, hamda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning inson salomatligi uchun xavfsizlik darajasi o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: