15.2-jadval
Kimyo sanoati uchun ekologik auditni o’tkazishning na’munaviy dasturi
Tekshirilayotgan tashkilot
Ekologik audit davri
Kishi-soatlar soni
Auditorlik guruhi rahbari
Auditorlik guruhi tarkibi
Rejalashtirilayotgan auditorlik
xatlari
Rejalashtirilayotgan moddiylik
(muhimlik) darajasi
Auditorlik tekshiruvi xulosasi va
xisobotning ishchi va hisobot tili:
Tekshiruv natijalari taqdim
qilinadigan tashkilotlar nomi:
№
AUDIT BO’LIMLARI BO’YIChA EKOLOGIK
AUDITORLIK TADBIRLARI RO’YHATI
Vaqt sarfi,
soat
Bajaruvchi
Izoh
1
Korxonaning ekologik pasportini o’rganib chiqish
1.1 Ekologik pasport qachon olgan?
1.2 Unga oxirgi o’zgartirish qachon kirilgan?
va hokazo
2
Korxona uchun belgilangan ekologik me’yorlar
bilan tanishish va ularning bajarilishini tekshirish
2.1
Erdan foydalanish bo’yicha qanday me’yorlar
o’rnatilgan?
2.2
Suv resurslaridan foydalanish bo’yicha qanday
me’yorlar o’rnatilgan?
3
Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan asosiy
499
vositalarning mavjudligi va holatini tekshirish
3.1 Asosiy vositalarining qiymati qancha?
3.2
Asosiy vositalarining eskirish
koeffitsienti qanday?
4
Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq soliqlarni
hisobga olish va hisobotda aks ettirish to’g’riligini
tekshirish
4.1
Shu borada korxona qanday soliqlar to’lovchisi
hisoblanadi?
4.2 Soliqlar turlari bo’yicha to’g’ri hisoblanganmi?
Auditorlik tashkiloti rahbari:
Auditorlik guruhi rahbari:
Ekologik audit dasturi auditor assistentlari va xali etarli darajada amaliy ish
tajribasiga ega bo’lmagan auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi
va bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun
ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
Ekologik audit o’tkazish dasturining xar bir bo’lim bo’yicha auditorning ishchi
xajjatlarida rasman aks ettirilgan ma’lumotlar yakuniy auditorlik hisoboti va
xulosasini tuzish uchun shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologik holati
to’g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Ekologik audit tekshiruvi yakuniga ko’ra auditor tekshirilgan ob’ekt bo’yicha
asosli fikr bildirishi uchun etarli miqdorda sifatdi auditorlik dalillariga ega bo’lishligi
lozim. Audit amaliyotida “Auditorlik dalili” deb auditor tomonidan tekshiruv ob’ekti
bo’yicha o’z fikrini asoslash uchun tanlab olingan axborotlar yig’indisiga aytiladi.
Auditorlik dalillari tekshiruv ob’ektiga tegishli bo’lgan quyidagi manbalardan
olinishi mumkin:
-korxonaning ta’sis xajjatlari;
-dastlab xujjatlar;
-buxgalteriya hisobining registrlari;
-korxona faoliyatining taxliliy natijalari;
-moliyaviy hisobt ma’lumotlari;
-mijozga xuquqiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan ma’lumotlar;
-mijozga sug’urta xazmati ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan ma’lumotlar;
-uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlar;
-ekspertiza va lobaratoriya tahlili ma’lumotlari;
-korxona xodimlaridan olingan yozma va og’zaki tushuntirishlar va x.k.
Auditorlik dalillari ma’lumot sifat talablariga javob berishi lozim. Ular
avvalambor tekshirilayotgan ob’ektga ta’luqli bo’lishi, voqelik bilan tasdiqlangan
hamda ishonchla bo’lishi lozim. Xalqaro audit andozalarida bu holat “etarlilik” va
“mos tushish” kabi tushunchalar bilan tavsiflanadi.
Etarlilik va mos kelishlik ichki nazorat testlari va muhimlikni tekshirish
tadbirlari asosida olingan auditor dalillariga aloqador bo’lgan va bir-biri bilan bog’liq
bo’lgan tushunchalardir. Etarlilik – auditor dalillarining miqdor ko’rsatgichidir. Mos
kelishlik aniq fikrlar (da’volar) uchun dalillarning sifati va ahamiyatining,
shuningdek bu dalillar ishonchliligining ko’rsatgichidar. Auditorlik dalillari ishonarli
500
tusda bo’lishi lozim va ko’p hollarda auditor ayrim shubhalarini tasdiqlash uchun
turli manbalardan turli dalillarni olishi lozim bo’ladi.
Ekologik audit bo’yicha auditorlik xulosasini tuzish chig’ida ekoauditor odatda
axborotning butun xajmini tekshirmaydi, chunki xulosalar auditorning professional
mulohazalari yordamida yoki tegishli tanlab tekshirishga muvofiq ravishda ekologik
hisobotdagi ma’lumotlar, amalga oshirilgan tadbirlar, bajarilgan xo’jalik
muomalalarining yoki ichki ekologik nazoratning turiga qarab tuziladi.
Ekologik audit o’tkazishda auditorlik dalillarining etarliligi va mosligi
to’g’risidagi auditor mulohazalari quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:
-ichki xatarning qanday tusdaligi va ahamiyatini auditor ekologik hisobot
doirasida baholashiga, shuningdek amalga oshirilgan tadbirlar va muomalalarning
turiga qarab bergan bahosiga;
-ekologiya hisobini yuritish turiga va ichki ekologik nazorat tizimiga hamda
ichki ekologik nazorat xatari bahosiga;
-ekologik holat bo’yicha bajarilgan muamala turi yoki tekshirilayotgan hisob
moddasining muhimligiga;
-oldingi ekoauditorlik tekshirishlari jarayonidav to’plangan tajribaga;
-ekoauditorlik tabirlarining natijalariga, shu jzumladan aniqlangan xatolar,
buzilishlari va firibgarlikka;
-mavjud axborotning manbai va ishonchliligiga.
Ekologik hisob va ichki ekologik nazorat tizimining ekoauditor dalillar olishi
lozim bo’lgan jihatlari quyidagilardan iborat:
-ekologiya hisobi va ichki ekologik nazorat tizimining tegishli tuzilmasi
mavjud bo’lib, u jiddiy xatolar va burilishlarning oldini olishga, ularni aniqlashga va
to’g’rilashga mas’uldir;
-faoliyat ko’rsatishi, bu tizimlar mavjud va muayyan davr mobaynida samarali
ishlagan bo’lishi lozim.
Odatda, ekoauditor dalillari ekologik hisobotning har bir bo’limidagi alohida
moddalar bo’yicha olnishi lozim. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda
atrof muhitga chiqariladigan chiqindilarning ekologik holatga ta’siri alohida fikr,
ushbu fikrga chiqarilayotgan chiqindilar to’g’risidagi hisobotda keltirilgan
ma’lumotlar orqali dalil olinadi. Ushbu dalil o’rnini taxminiy bildirilgan fikrlar bosa
olmaydi. Muhimlikni tekshirishga doir tadbirlarning turi, muddati va ko’lami
fikrlarning xarakteriga qarab o’zgaradi. Testlar bir necha fikrlar bo’yicha dalillarni
berish mumkin.
Auditorlik dalillarini tekshiruv ob’ektiga mos kelishligi nuqtai nazaridan
quyidagi tartibda tasniflash mumkin:
-to’g’ri va egri dalil;
-xujjatli va og’zaki dalil;
-tasodifiy dalil;
To’g’ri dalil xo’jalik yurituvchi sub’ektning atrof muhit bilan bevosita
aloqasini tasdiqlab dastlabki xujjatlar, hisobotlar, tekshiruv dalolatnomalari va hisob-
kitob holida mavjud bo’ladi. Egri dalil bevosita tekshirilayotgan yo’nalishga bog’liq
bo’lmasa ham lekin umumiy faoliyat bo’yicha auditor fikrini shakllanishiga ta’sir
501
ko’rsatishi mumkin. Misol uchun tekshiruv ob’ektida ichki nazoratning sustligi
to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish auditorda ushbu korxonada ekologik tadbirlarni
samarali va sifatli o’tkazilishi yuzasidan nazorat etarli tarzda amalga
oshirilmayotganligi to’g’risida fikr tug’ilishiga olib keladi.
Ekoauditor tekshiriv jarayonida korxona xodimlari va uchinchi shaxslardan
tekshiruv ob’ektiga tegishli muhim dalillarga ega bo’lishi mumkin. Misol uchun
moylab, chiroyli bo’yoq bilan bo’yab qo’yilgan atrof muhitni muhofaza qilishga
muljallangan asosiy vositaning ishchan holatda emasligi to’g’risida ma’lumot
korxona xodimi tomonidan ekoauditorga etkazilishi mumkin.
Ekologik audit tekshiruvi jarayonida xujjat bilan tasdiqlanuvchi dalilga ega
bo’lish katta ahamiyatga ega. Lekin bu degani og’zaki dalillardan foydalanmaslik
lozim degani emas. Og’zaki dalillar o’z navbatida ekologik audit tekshiruvi
yo’nalishini belgilash yoki unga tuzatishlar kiritish jarayonida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ekoauditor dalillarining ishonchliligi ichki va tashqi manbaning ta’siriga,
shuning uning tusiga: ko’rgazmali, xajjtli yoki og’zaki ko’rinishda bo’lishiga bog’liq
bo’ladi. Ekoauditor dalillarining ishonchliligi shu dalillar olingan vaziyatga bog’liq
ekan, demak auditor dalillarining ishonchliligiga baho berishda quyidagi
umumlashmalardan foydalanishi mumkin:
-tashqi auditor dalillari (uchinchi tomondan olingan axborot) ichki auditor
dalillariga nisbatan ishonchliroqdir;
-ichki auditor dalillari tegishli ekologik hisob va ichki ekologik nazorat tizimi
samarali ishlayotgan bo’lsa, ancha ishonchliroqdir;
-ekoauditorning o’zi olgan dalillar mijozdan olingan dalillarga nasbatan
ishonchliroqdir;
-yozma shakldagi auditor dalillari og’zaki shakldagi dalillarga nisbatan
ishonchliroqdir.
Tegishli tarzda olingan va ish xujjatlarida aks etgan auditor dalillari
tekshirilayotgan ekologik hisobot xususida to’g’ri fikrning shakllanishi ta’minlaydi
va ekoauditorga o’z xulosalarini asoslab berishga xizmat qiladi. Ekologik auditni
o’tkazish jarayoni ekologik hisobotni tekshirish chog’ida olinadigan dalillarni
xajmini, xarakterini hamda bu dalillarni olishga doir tadbirlarni belgilab beruvchi
asosiy qoidalarni ko’rsatishdan iborat.
Auditor bir yoki bir necha tadbirlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |