Allegoriya (majoz) ramzning bir ko’rinishi bo’lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o’rnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy so’zni qo’llash usuli



Download 37,38 Kb.
bet3/10
Sana30.12.2021
Hajmi37,38 Kb.
#194453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Badiiy san'atlar(1)

9.Ifrot yoki ifroq – o`ta mubolag`a qo`llash san’ati. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida Farhod Shirin tutgan may qadahni shunday berilib ichdiki, hatto qadahning naqshini yutib yubordi, deyiladi:

Ichib, jomi labolab tutti ul dam,

Ki: ”No`sh etgil mening ishqimda sen ham”.

Olib sipqardi ul ham bexudona,

Ki sog`ar naqshidin ketti nishona.

10.Litota (grekcha litotes – soddalik so`zidan) – majoziy iboralardan biri bo`lib, mubolag`a va uning o`ta kichraytirih formasi ifrotga qarama-qarshi tarzda biror narsa yoki hodisani atayin kichraytirib, zaiflashtirib tasvirlash.

Yozuvchi o`z estetik idealiga uyg`un narsa yoki hodisaning ahamiyatini ta’kidlab, bo`rttirib va tasdiqlab ko`rsatish maqsadida boshqa narsani uning ulug`vorligi va qudrati qarshisida kichraytirib chizadi. Masalan, Navoiy Farhod teshasining o`tkirligini ta’kidlash va bo`rttirish niyatida tog`-toshlarni kichraytirib, yumshatib ko`rsatadi:

Qo`lida tesha, yo`q teshakim, gurz,

Bo`lib tufroq aning zarbidan alburz.

Aning teshasi ollida qaro tog`,

Aningdek kim pichoq ollida sarig yog`.



Shoir Uyg`un ham “Tinchlik kuylari” she’rida shunday misralarni yaratadi:

Bu so`zning ma’nosi shu qadar teran,

Dengizlar bir ho`plam uning qoshida.

11.Ruju’ ( arabcha – qaytish so`zidan) – shoir ba’zan kishi, narsa va hodisani dastlab xayoliga kelgan ma’lum obrazli ifoda orqali tasvirlab, ayni zamonda poetik ifoda va estetik ta’sirni kuchaytirish niyatida undan kuchli so`z - obraz yaratadi va buni avvalgisidan kechish yoki qaytish yo`li bilan beradiki, bu hol adabiyotshunoslikda ruju’deyiladi.

Masalan:



Bu durri noyob vafomi ekan,

Gar ul emas, mehrigiyomi ekan?

Mehrigiyo demakki, anqodur ul,

Javhari fardu, duri yaktodur ul.

Azm ayla sabo ul guli xandonimga,

Ne gulki, quyoshdek mohi tobonimga.

( Bobur )


12.Saj’ (arabcha) qofiyali proza, bu ko`proq xalq og`zaki ijodiga xos bo`lib, ko`pchilik tarixiy asrlar saj’ bilan yozilgan. Xalq ertaklari va dostonlarining nasriy yo`l bilan yozilgan o`rinlari ham saj’ usulidadir. Xalq ertaklarining traditsion boshlanmasi bo`lgan „Bor ekan, yo`q ekan, osh ekan, to`q ekan, bo`ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan…“ gaplari ham sajning bir ko`rinishidir.

Yoki dostonlarda ; Zulxumoroyning bu yog‘ida to‘qson besh, bu yog‘ida to‘qson besh — o‘n kam ikki yuz kokili bor, bir yog‘ini tilla suvga botirgan, bir yog‘ini kumush suvga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o‘tirgan.





Download 37,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish