Badiiy san`atlar
1.Ma’naviy (ma’noga tegishli) san’atlar.
2.Lafziy (shaklga oid) san’atlar.
1.
Allegoriya (majoz) ramzning bir ko’rinishi bo’lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o’rnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy so’zni qo’llash usuli.
Misol: tulki-ayyor va aldamchi kishi, bo’ri ochko’z, chumoli zahmatkash,ayiq-laqma,chumoli –dangasalik ramzi va hokazo.
2.Jonlantirish odamlarga xos bo’lgan
xislatlarni jonsiz predmetlar,tabiat hodisalari,hayvon,parranda,qush kabilarga ko’chirish orqali hosil bo’ladigan tasvir usulidir.
Bunda
qorning taglarida qish,
Bahor uchun so’zlaydi olqish. (H.Olimjon)
Jonlantirishning ikki xil ko’rinishi bor:
1.Tashxis ;jonsiz narsalarni jonlantirish.
2.Ishtoq; nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash
Shaftoli der, kulib:
kuz choqlari
Sharbat bilan lim-lim to’laman,
Yemagan armonda,yegan darmonda
Ming dardingga shifo bo’laman
Yaprog’iga berkinib olib,
-Suqing kirar,ko’p nazar solma!
Qizil yuzlarimdan bir o’pganing
Armoni yo’q,der yoqut olma (Uyg’un)
3.
Istiora (Metafora) Istiora arabcha so’z bo’lib, biron narsani omonatga (vaqtincha ) olmoq degan ma’noni ifodalab, asarlarda so’zni o’z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, ya’ni majoziy ma’noda qo’llash san’ati hisoblanadi.Bu san’at so’z ma’nolari ko’chishinining bir turi bo’lib, u narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanadi.Shu jihatdan istiora tashbeh san’atiga yaqin turadi.U ko’pincha tashbihi kinoyaga, ya’ni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi.Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi.Tuzilishga ko’ra bir so’zdan yoki iboradan tashkil topgan istiora sodda istiora birikmali istioralar murakkab istiora sanaladi.
Navoiyning : Furqatingdin za’faron uzra to’karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag’rimdin erur parg’olalar baytidagi sarig’ yuz ma’nosidagi za’faron so’zi sodda istioraga, qonli yosh to’kaman ma’nosidagi to’karmen lolalar iborasi murakkab istioraga misol bo’la oladi.
4.Iyhom (arabcha shubhaga solish, adashtirish) she’r misralarida muayyan bir so’zni ikki yoxud undan ortiq ma’nolarda qo’llash usuli.Uning mohiyati shundaki, she’riy misralarda iki ma’noli so’z qo’llanadi, ammo bu ma’nolardan biri aniq sezilsa ham ikkinchi ma’no payqalmasligi mumkin.Shoir aslida ikkinchi ma’noni ko’zda
tutsa ham dastlab yaqin, birinchi ma’no e’tiborni tortadi.
Ulus ichinda turur o’z begim qiyo ko’zluk,
Xayoli to’ktamish andin ko’ngil saroyinda. (Lutfiy)
Bu baytda o’z begim so’zi o’zimning begim va o’zbegim ma’nolarini ifodalaydi.Bunda Lutfiy xalq ma’nosini ko’zda tutayotganini payqash qiyin emas.To’xtamish va saroy so’zlarida ham shu xususiyat bor.
5.Ishtiqoq (so’zdan so’zni ajratmoq) she’r baytlarida o’zakdosh so’zlarni qo’llash san’ati.
Misol: