17-Mavzu
ADABIY-NAZARIY QARASHLARDAGI YANGILANISH
Reja:
1. Tadqiqot yo’nalishlari.
2. O’zbek modern prozasi.
3. O’zbek modern she’riyati.
4. O’zbek dramaturgiyasi.
Tayanch so’z va iboralar: proza, she’riyat, modernizm, o’zbek adabiyoti, modernistik izlanishlar.
Darsning maqsadi: modernizmga xos xususiyatlar haqida ma’lumot berish. O’zbek adabiyotida modernizmni o’ziga xosligini tahlil etish.
Modernizm – falsafa, san’at va adabiyot sohasidagi fransuzcha “eng yangi”, “zamonaviy” maqolalarini anglatuvchi atama. Modernizm o’zini o’sha zamon hamda kelajakdagi yagona haqiqiy estetik va falsafiy yo’nalish hisoblab, olamni falsafiy badiiy idrok etish, izohlash va tasvirlash borasida mavjud bo’lgan an’anaviy yondashuvlarni inkor qilishi bilan ajralib turadi. Modernizm olam hodisalari va olamga munosabat, ulardagi turli-tuman holatlarni izohlash hamda tasvirlashda o’ziga xoslikka intilib, klassik yondashuv yo’sinini inkor etish yo’lidan borgan g’oyat ko’p tarmoqli falsafiy estetik hodisadir.
Ayrim mutaxassislar modernizmning kelib chiqishini juda qadimga olib borib taqaydilar. Jumladan, oliy o’quv yurtlari talabalari uchun chop etilgan “Madaniyatshunoslik” o’quv qo’llanmasi mualliflari qayd etishlariga, modern atamasi ilk bora qo’llanganligiga 1000 yildan oshib ketgan. Kitobda “ilk bor milodiy V asrda qo’llangan bo’lib, rasmiy maqom egallab borayotgan zamonaviy masihiylikni o’tmishdagi majusiy Rimdan ajratish uchun qo’llana boshlagan.
Agar oldingi modern qarashlar eski yondashuvlarga nisbatan o’zining yangiroq va ilg’orroqligini ta’kidlagan bo’lsalar, keyingi modernizm o’zidan boshqa barcha qarash va yondashuvlarni inkor etdi.
Modernizmning akmeizm, simvolizm, dadaizm, futurizm, imajinizm, syurrealizm, ekspressionizm, fevizm, shoizm, suprematizm, absurd kabi oqimlari turli ijtimoiy-ma’naviy qalqishlar davrida yuzaga kelib, badiiy adabiyotda yorqin namoyon bo’lgan yo’nalishlardir.
Modernistik hissiy – intelektual yondashuviga ko’ra, hayot hamisha tartibsiz va beboshvoq; inson tirikchiligining tiykisiz va tayinsizligi ko’pincha olamning hayot o’z o’rnini topolmay yolg’izlanib qolishiga olib keladi; insonning hayoti echimini hech qachon topib bo’lmaydigan ziddiyatlardan iboratdir. Bunday kayfiyat modernni ijodkorda san’at hayotga ijobiy ta’sir ko’rsatib, unga tartib va ma’no baxsh eta olmaydi degan umidsizlik to’xtam shakllanishiga sabab bo’ladi. “San’at san’at uchun chaqiruvchi modernistik yo’nalishdagi barcha adabiy oqimlarning asosiy shiori ekanini boisi shunda. Hamonki, san’at asari ijtimoiy borliqni o’zgartirish va unga muayyan tartib berishga qodir emas ekan, hayot va uning muammolarini aks ettirib o’tirishda ma’no yo’q deb qaraldi. SHuning uchun modernizmda ko’proq badiiy asarlarning ifodaviy jihatlariga e’tibor qaratilib, ob’ektiv olam hodisalari va unda qatnashadigan timsollarni tasvirlashdan ko’ra ob’ektiv dunyo to’g’risidagi sub’ektiv taassurotlarni, ong osti impulslarning o’yinlarini aks ettirish muhimroq sanaladi.
Modernizm o’zining ilmiy-nazariy asos sifatida F.Nitsshening menchilik (individualistik) falsafasiga tayangan bo’lsa, badiiy ijodning ruhiy mohiyatini tushunish va izohlashda Z.Freydning psixoonolitik qarashlariga suyanadi.
F.Nitsshening menchilik falsafasiga ko’ra, jamiyat mavjudligini o’zi bilan hamisha shaxsga qarshi turadi, individ va uning mafaatlari jamiyat tomonidan doim kamsitiladi, din, axloq va qonun esa ko’pchilik tomonidan alohida shaxsning erkini zanjirband qilish uchun o’ylab topilgan ijtimoiy etik bo’novlardir. Demak, jamiyat mavjudligining o’zi bilan alohida shaxsning erkiga dahl qiladi, uning o’ylari, to’yg’ulari, amallarini cheklashga urinadi. Holbuki, odam hech qanday sababga ko’ra o’z istaklarini jilovlashga burchli bo’lmasligi kerak. Gumanizm shuni taqazo qiladi. Insonparvarlikning darajasi shaxsga berilgan erkning miqyosi bilan o’lchanadi.
Odam ruhiyatidagi turli-tuman og’ishlar jarayonini sinchiklab o’rgangan Freyd insonda sodir bo’ladigan juda ko’pchilik intelektual – ruhiy munosabat (reaksiya)lar uning ongiga borliq emas, odalening “men”i tabiiy ravishda hamisha ko’ngilsizliklardan nariroq bo’lib, imkoni boricha ko’proq lazzat olib qolishga moyil degan xulosaga keladi. U inson xatti-haraktlarini ko’pchiligi ongosti mayllari tufayli yuzaga keladi va ularning mohiyatida asosan qo’rquv, ochlik hamda hirsiy xohishlarni qondirish istagi yotadi deb hisoblaydi. SHu tariqa Freyd ijtimoiy hayot hodisalari yuzaga kelishi ham ongosti mayllari bilan tushuntirib, inson xulqi va ruhiyati shakllanishida ijtimoiy omillarning o’rni borligini butunlay inkor etadi.
Minglab yillar mobaynida ma’rifat va ilmu fan taraqqiyotiga ko’z tikib, ilmiy-texnika rivojining insoniyat hayotini faravonlashtirib, odamlararo munosabatlarning ezguvlashuviga xizmat qilishdan umidlanib yurgan ijodkorlar X1X asr oxiri XX asr yuz yillik boshlarida fanning shiddat bilan o’sishi ular kutganidan butunlay teskari natijalar berganini ko’rib, tamomila xafsalalari pir bo’ldi. Birinchi jahon urushi keltirgan vayronagarchiliklar falsafa va san’atda modernistik kayfiyatlar avjlanib, mustaqil yo’nalish darajasiga ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Dunyo miqyosidagi urush tufayli adabiy hayot normalarining buzilishi yangicha qarash va munosabatlar tizimini yuzaga kelishi tafakkur va ijod odamlarining ko’pchiligida falsafa hamda san’atni ham yangilash maylini yuzaga keltirdi.
Modernistik san’at jahon urushi sababli ijodkorlarning odatiy o’zanidan chiqarib yuborilgan tafakkuri, tushkun kayfiyat hamda umumiy ijtimoiy negizlarning tushunarsizligi aralashuvida yuzaga keldi.
An’anaaiy san’at va adabiyotda qaror topgan qarashlardan keskin farq qilaroq, badiiy tasvirda hayotga muvofiqlik emas, balki har bir san’atkorning olamni boshqalarga o’xshamagan tarzda individual ko’ra bilishi bosh estetik qadriyat sanaladigan bo’ldi. CHunki modernga ijodkorlar shaxsdan tashqarida va hammaga tegishli universal haqiqat bo’lishi mumkin emas deb hisoblardilar. Boshqacha aytganda, ular haqiqatning ob’ektivligini inkor etishardi. Modernchilar har bir shasxning o’z alohida haqiqati bo’ladi deb hisoblardilar. SHuning uchun ong bilan ongsizlik hamda ularning o’zaro munosabatlari tasviri modernchilar uchun eng saviyali va doimiy mavzuga aylandi.
Modernchilar adabiyot taraqqiyotining oldingi davrlarida ijodkorlar nazaridan butunlay chetda qolgan, boshqalardan ajralib turmaydigan g’oyat oddiy, ko’pqator o’rtacha odamlarning hayoti va ichki dunyosini ko’rsatishga ayricha e’tibor qaratdilar; modern asarlarda bunday shaxslarning ruhiyatidagi g’oyat ichkin tuyg’ular, o’ta nozik sezimlar, mayda ikir-chikirlariga qaror batafsil qalamga olina boshladi. Personajlar hayoti va ruhiyatining oldinlari tasvirlash ayb sanaladigan hunuk va uyatli jihatlariga qadar avra-astari ag’darib ko’rsatilishi qo’llab-quvvatlandi. Masalan, Jeyms Joysning “Ullis” romani.
Modern adabiyotining o’ziga xosligi, birinchi navbatda oldin shakllangan adabiy an’analarda talab qilingani kabi badiiy tasvirda muallif va kitobxon qarashlarida uyg’unlik, yaqinlik bo’lishiga urinishidan voz kechishda namoyon bo’ldi.
Modernchi adiblar badiiy asarlaridagi voqealar rivoji tasvirining xronologik tartibdagi ifoda yo’sinini ham buzib yubordilar.
Modernchi ijodkorlar o’z badiiy asarlarida turli mo’’jiza, rivoyat, sirli mifologik hodisalar tasviridagi mo’l-ko’l foydalanishadi. Bu ilmiy adabiyot tajribalarida ham uchraydi. Faqat birgina va asosiy farq shundaki, turkiy-islomiy mumtoz adabiyot namunalaridan aql bilan izohlash mushkul bo’lavermaydigan ilohiy holatlar tasviri o’ta muhim o’rin kelgan. Faqat birgina va asosiy farq shundaki, turkiy-islomiy mumtoz adabiyot namunalarida aql bilan izohlash mumkin bo’lgan g’oybga doir bo’lgan tasvirlar mushkulotlarning echilishi va qahramonlar ishining o’nglashini izmat qilsa, modern asarlarida personajlar qismatini yanada og’irlashtirish, ular urinib-surinib topayotgan yo’lni yo’q qilishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, “Malikai ayyor” dostonida SHozargarning mahbubasini olmaga aylantirib to’rvasida, mahbubasi esa dev o’ynashini ignaga aylantirib, yoqasida olib yursa, Nazar Eshonqulning “Bahovuddinning iti” hikoyasida munofiq va ma’naviyatsiz odamlar bilan yashashdan qiynalib ketgan ovoz rejissyori itga aylanib, itlar orasida hayot kechirishni ma’qul ko’radi. Ya’nikim, fasllar yohud mumtoz adabiyot namunalarida mistik tasvirlar qahramonini holatini engillashtirishga xizmat qilsa, modern asarlarda ularning qismatini og’irlashtiradi.
Modernizm badiiy adabiyot ixtiyoridagi tasviriy vositalar tizimini ham tubdan yangilashga urindi. Adabiyotning ifodaviy ufqini kengaytirgan, odamni idrok etish va tasvirlash maromini tamomila yangilash “ong oqimi” – uning asosiy kashfiyotidir. Modernizm badiiy asarning makoniy va zamoniy chegaralarning xayol etmas darajada kengaytirdi. Agar oldinlari badiiy asarlarda bir-ikki, oshib borsa, uch-to’rt syujet chirog’i tasvirlangan bo’lsa, modern yaratishlarida ko’plab syujet chirog’i o’zaro birlashuvi, kesishuvi, qariiyb chetlashuvi, ayriluvchi, yo’qolib ketuvchi tasvirlanaveradigan bo’ldi.
Modernistik asarlarda qahramonning ikki maqolasi, uning o’ylar, iztiroblar, tasvirining mavqei misli ko’rilmagan darajada o’sganligi badiiy asarlarda muallif nuqtai nazari va nutqining ahamiyati pasayishiga olib keldi.
Faxriyorning “Sensizlik” turkumiga kiruvchi she’rlaridan biridagi “Sochlaringda adashdi so’zlar, Ne so’z edi, qaraydi tuyqus, sochlaringga qo’shilib kuydi” deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |