Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
egilib suvlarimga termilib oʻtirganida, koʻzlarining tubida mening goʻzalligim yuz
koʻrsatardi».
«Naqadar gʻaroyib rivoyat», — Oʻyladi Alkimyogar.
B
IRINCHI QISM
Boʻzbolaning ismi Santyago. U qoʻylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona
cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi
allaqachonlar oʻpirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob boʻlgan joydan
kattakon tutanjir oʻsib chiqqan.
Shu yerda tunashga qaror qildi Santyago, chirib sinib yotgan eshikdan qoʻylarini
ichkariga haydab kiritdi-da, boʻlak-soʻlak taxtalar bilan suruv chiqib ketolmaydigan qilib
eshikni tambaladi. Okrugda boʻrilar yoʻq edi, biroq ba’zan qoʻylar uloqib ketib qolar,
biror-bir daydi qoʻyni qidirib kun-uzzun ovora boʻlishga toʻgʻri kelardi.
Santyago kamzulini yerga toʻshadi, boshi tagiga yaqinda oʻqib tugatgan kitobni qoʻydi va
choʻzildi. Uyquga ketishdan oldin: qalinroq kitob olib chiqqanim tuzuk ekan — ancha
vaqt oʻqirdim, yostiq uchun ham qulay boʻlardi, deb oʻyladi. U uygʻonganda hali
qorongʻu, tepasida tun choyshabining yirtiqlaridan yulduzlar charaqlab turardi.
«Yana ozgina uxlasam», oʻyladi Santyago.
Uyqusida yana oʻsha – oʻtgan hafta koʻrgan tushi jonlandi va tushni tagʻin oxirigacha
koʻrishga ulgurmadi.
U boshini koʻtardi, vinodan bir qultum ichdi. Tayogʻini qoʻliga oldi va mudrab yotgan
qoʻylarni turtkilay boshladi. Biroq suruvning katta bir toʻdasi u koʻzini ochgan damdayoq
qoʻzgʻalgan, goʻyo u bilan qoʻylar orasida allaqanday sirli aloqa borday, u suruv bilan,
mana, ikki yildan beri suv va ozuqa qidirib, bir joydan boshqa joyga sangʻiydi. «Menga
shu qadar oʻrganib qolishdiki, hamma odatimni oʻzlashtirib oldi bular, — mingʻilladi u.
— Mening hatto kundalik rejamdan ham boxabar».
U yana shu haqda biroz mulohaza qilib, ehtimol, buning aksidir — men ularning
odatlarini oʻzlashtirib, suruvning tartibiga tushib olgandirman, degan xulosaga keldi.
Biroq boshqa bir toʻda qoʻy Santyagoning tayoq uchi bilan birma-bir nomini aytib
turtkilaganiga qaramay, qoʻzgʻalishga shoshilmasdi. Umuman, uning ishonchi komil edi
— qoʻylar Santyago aytgan gaplarni yaxshi tushunardi, shuning uchun ba’zan u
kitobchalarning oʻziga yoqqan joylarini qoʻylarga eshittirib oʻqir yoki suruvni haydab
oʻtgan shaharlar, qishloqlarda eshitgan yangiliklarni ularga gapirib berardi.
Darvoqe, keyingi paytlarda boʻzbola faqat bir narsa — yana toʻrt kundan keyin oʻzi yetib
keladigan shaharda yashaydigan savdogarning qizi haqida gapirardi. U qizni faqat bir
Do'stlaringiz bilan baham: |