Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

mingtacha, ularning orasida esa turli rangdagi son-sanoqsiz chodirlar bor. 



— «Ming bir kecha», — dedi angliyalik, u Alkimyogar bilan uchrashishni toqatsizlanib 

kutayotgandi. 

 

Shu zumdayoq ularni otlarga, tuyalar va odamlarga qiziqsinib qarayotgan bola-baqralar 



qoʻrgʻalashdi. Erkaklar yoʻlovchilardan sahroda janglarni koʻrdinglarmi, deb soʻrashsa, 

ayollar savdogarlardan qanday matolar, taqinchoqlar olib kelishganini bilishga oshiqardi. 

Sahroning oʻlik sukunati endi tushdagiday tuyular — Gʻala-gʻovur avj olgan, kulgi, 

qiyqiriqlar quloqqa chalinar, goʻyo yoʻlovchilar sahroda jonsiz-tansiz arvohlarday 

yurishgan boʻlsa, endi tagʻin etli, suyakli odamlarga aylanishganday. Ular mamnun va 

xushbaxt edilar. 

 

Sarbon Santyagoga vohaning hech qachon tayin bir egasi boʻlmaganini, chunki bu yerda 



ayollar va bolalargina qoʻnim topishganini tushuntirdi. Ular biror-bir tarafning yonini 

olishmas, jangchilar esa sahro qumlarida jang qilishar, vohani chekinganda jon 

saqlaydigan pana joy, deb bilishardi. 

 

Sarbon yoʻlovchilarni qiyinchiliksiz yigʻib, qabilalar oʻrtasidagi janglar tugaguncha 



karvon vohada qolishini e’lon qildi. Yoʻlovchilar, urf-udumga koʻra, qoʻnoq olishga 

hozir mahalliy kishilarning chodirlaridan joy topishadi, dedi u. Shundan soʻng Sarbon 

quroli borlar qurollarini topshirishini soʻradi. Oqshomlari karvonni qoʻriqlaganlar ham 

bundan chetda qolmadi. 

— Urushning qoidasi shunday, — tushuntirdi u. — Voha askar yoki jangchilarni qabul 

qila olmaydi. 

 

Angliyalik choʻntagidan xromlangan toʻpponchani chiqarib, qurol yigʻuvchiga berganda 



Santyago juda hayron qoldi. 

— Toʻpponchaning senga nima keragi bor? — soʻradi boʻzbola. 

— Odamlarga ishonishga koʻnikish uchun, — dedi angliyalik, uning kayfiyati chogʻ edi, 

chunki uzoq yoʻl bosib izlayotganini yaqin-orada topishiga ishonardi. 

 

Santyago esa qidirayotgan xazinasini oʻylardi. Orzusiga yetishishga yaqin qolgani sayin 



yoʻlida qiyinchiliklar tobora ortib borayotir. Podshoh Malkisidqning «boshlovchilarga 

omad yor boʻladi», degan hikmati ham amal qilmay qoʻydi, najot faqat, uning 

tushunishicha, oʻz yoʻlini qidirayotgan insonning qat'iyati va jasurligiga bogʻliq. Shu 

bois, u shoshilishi befoydaligini bilar, sabr-toqatidan voz kecholmas, aksincha boʻlganda, 

Tangrining uning yoʻliga qoʻygan belgi-alomatlarini payqamay oʻtib ketishi mumkin edi. 

 

«Tangri hammasini joy-joyiga qoʻygan», takrorladi u ichida, bu fikrdan ajablanib. 



Hanuzgacha unga bu belgilar, ocharchilik yoki tashnalik, sevgi azobi yoki mehnat kabi, 

olamning bir boʻlagiday tuyulardi. Tangrining u bilan muloqotga kirishadigani, undan 

nimani istayotganini bildiradigani shu til ekani uning xayoliga kelmasdi. 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish