Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
toʻyga oz-moz pul jamgʻarib, shundan soʻng uylangan ma’qul, deydiganlarning
nasihatidan koʻra kuchli edi.
Biroq bunday maslahat beradigan kishi Umum Tilini bilmaydi, aksincha, bu tilga
uygʻunlashganingda oʻz-oʻzidan ayon boʻladi: sahroning qoq oʻrtasidami yoki gavjum
shahardami — doimo kimdir kimnidir kutadi, qidiradi. Ularning yoʻllari tutashganda,
koʻzlari koʻzlariga tushganda oʻtmish ham, kelajak ham oʻz mohiyatini tamom yoʻqotadi,
faqat mana shu bir lahza mavjud boʻladi va bu yorugʻ olamda kechadigan barcha
kechmishlar faqat bitta qoʻl tomonidan yozilganiga cheksiz ishonch barqaror boʻladi. Bu
qoʻl qalbda muhabbat alangasini yoqadi va har bir inson uchun, mehnat qilayotgani, dam
olayotgan yoki xazina qidirayotganidan qat'i nazar, unga xuddi oʻzinikiday alangali
qalbni muyassar etadi. Aksincha esa, odam qavmini iztiroblarga solguvchi orzu-
niyatlarning zigʻircha ma’nisi qolmasdi.
«Maktub», — Oʻyladi boʻzbola.
Angliyalik oʻrnidan sakrab turdi va Santyagoni yelkasidan ushlab silkilay boshladi:
— Soʻrasang-chi, axir!
Santyago qizga yaqinlashdi. Qiz tabassum bilan u tomonga oʻgirildi va boʻzbola ham
bunga javoban jilmaydi.
— Isming nima? — soʻradi u.
— Fotima, — uyalinqirab javob qildi qiz.
— Men yashaydigan oʻlkalarda koʻp ayollarning ismi shunday.
— Paygʻambarimizning qizining ismlari shunday ekan, — dedi Fotima. — Oʻsha uzoq
oʻlkalarga bu ismni bizning jangchilarimiz eltishgan.
Bu ma’suma va koʻrkam qizning soʻzlari gʻururli jarangladi. Angliyalik betoqat boʻlib
Santyagoni turtdi va boʻzbola qizdan har qanday kasallikni davolay oladigan odamni
bilasanmi, deb soʻradi.
— Bu odam dunyoning hamma siridan boxabar, — dedi qiz. — U sahro jinlari bilan
muloqot qiladi.
Jin — bu iblis. Qiz bola janubga ishora qildi — ular qidirayotgan odam oʻsha tarafda
yashashini aytdi. Keyin koʻzasini suvga toʻldirib, ortiga qaytdi.
Angliyalik Alkimyogarni qidirib ketdi. Santyago esa quduq oldida uzoq xayol surib
oʻtirdi. Bir vaqtlar, oʻzining yurtida yurgan paytlarda, sharqdan esgan shamol mana shu
qizning muattar boʻyini unga olib kelar va u qizning mavjudligiga hecham shubha qilmay
uni sevgan edi, bu sevgini, harqalay, yer yuzidagi borki xazinalardan ustun koʻrardi.
Ertasi kuni u tagʻin quduqning boshiga keldi va qizni kutdi. Biroq bu yerda angliyalikni
uchratib ajablandi, u birinchi bor sahroga sinchiklab nazar tashlayotgan edi.
— Men qorongʻu tushguncha kutib oʻtirdim, — dedi angliyalik. — Yulduzlar miltillab
Do'stlaringiz bilan baham: |