Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
Oʻyladi boʻzbola. — Goʻyo bu odamlar oʻz hayotlarining qaysidir pallasida u bilan
uchrashganday. Biroq u menga: kimki oʻz Taqdiri yoʻldan borayotgan boʻlsa, men unga
koʻrinaman, degan edi».
U xayrlashmay chiqib ketdi — begonalar oldida yigʻlashni or bildi. Biroq u bu joyni,
mana shu makonda oʻrganib, odatlanib qolgan narsalarni qoʻmsashini, sogʻinishini
tushunardi. Bu joyda u oʻziga ishonch va dunyoni zabt etguday ishtiyoq paydo qildi.
«Axir, men qoʻy boqadigan tanish joylarga qaytayapman», — Oʻyladi u, biroq bunday
xush xayol ham negadir uning koʻngliga chiroq yoqmadi. Orzuimni amalga oshiray deb
bir yil ishladi, mana endi bu orzu ushalay deb turganda daqiqa sayin oʻzining jozibasini
yoʻqota boshlayapti. Balki bu, umuman, orzu emasdir?
«Ehtimol, billur sotuvchiga oʻxshagan boʻlish kerakdir? U kabi bir umr Makkani orzu
qilib, hech qachon safarga chiqmagan ma’qulmikan?» — Oʻyladi boʻzbola, biroq u
qoʻlida ushlab turgan toshlar gʻoyibdan unga keksa podshohning quvvati va qat'iyatini
berayotganday edi.
Gʻaroyib tasodif tufaylimi yoki bu ham bir belgidan darakmi, ishqilib, u hozir Tanjerga
kelgan birinchi kunda bosh suqqan yemakxonaga kirdi. Albatta, oʻshanda unga duch
kelgan tovlamachining qorasi koʻrinmasdi. Xoʻjayin choy keltirdi.
«Choʻponlikka xohlagan paytim qaytaveraman, — Oʻyladi Santyago. — Qoʻy boqishni,
jun qirqishni eplayman va bu yumush bilan pul topa olaman. Biroq boshqa paytda
ehromlarga borish uchun hozirgiday imkoniyat boʻlmasligi mumkin. Koʻkragiga oltin
sipar taqqan qariya mening butun oʻtmishimni bilardi. Menga haqiqiy podshoh va boz
ustiga, donishmand uchragan edi».
Uni Andalusiya dalalaridan atigi ikki soatli yoʻl ajratib turardi, biroq ehromgacha
bepoyon sahro yastanib yotibdi. Bunga boshqacha qarasa ham boʻlishini u tushundi:
hozir yoʻl olsa xazinagacha ketadigan vaqt ikki soatga qisqaradi, garchi u, bu orada, bir
yilni yoʻqotgan esa-da.
«Nega qoʻylarimga qaytib borgim kelayotgani tushunarli: chunki ularni bilaman, yaxshi
koʻraman, ularning tashvish ham aytarli koʻp emas. Biroq sahroga shunday mehr qoʻysa
boʻlarmikan? Axir, men intilgan xazinamni aynan sahro oʻz bagʻriga bekitgan-ku. Agar
uni topolmasam — uyga qaytaman. Boʻlganicha boʻldi, hozir pulim ham, vaqtim ham
bor, nega bir urinib koʻrmasligim kerak?»
Shu daqiqada u juda sevinib ketdi. Choʻponlik doimo uning ilkida. Qolaversa, xohlagan
paytda oʻzi ham billur savdosi bilan shugʻullana oladi. Albatta, dunyoda xazinalar ham
koʻp, biroq boshqa birov emas, aynan uning oʻzi bir tushni ikki marta koʻrdi va unga
keksa podshoh duch keldi.
U yemakxonadan dumogʻi chogʻ boʻlib chiqdi. Xoʻjayiniga billur yetkazib turadigan,
Do'stlaringiz bilan baham: |