Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

Bir nima deyishga boʻzbolaning tili aylanmadi. Qariya davom etdi: 



— Seni mening qoshimga goʻyo Ollohning oʻzi yubordi. Bilasanmi, bugun men nimani 

angladim: Ollohning inoyatiga shukr qilmaslik la’nat boʻlib qaytadi. Men hayotdan 

bundan ortiq yana nimalarnidir ta’ma qilmayman, sen esa meni qaylargadir boshlamoqchi 

boʻlasan. Oʻsha yoqlarga qarab turib oʻzimning qurbimni anglab yetaman va oʻzimni 

burungidan-da battar his etaman. Qoʻlim uzayib, imkoniyatim oshgan bir paytda endi 

menga koʻp narsaning keragi yoʻq. 

 

«Makkabodroq sotuvchiga bir nima deb gapirmaganim ham yaxshi boʻlgan ekan», — 



Oʻyladi Santyago. 

Ular biroz chilim chekib oʻtirishdi. Quyosh botdi. Xoʻjayin bilan boʻzbola arabchada 

gaplashardi — Santyago bu tilni egallab olganidan mamnun edi. Bir paytlar, boshqacha 

yashab yurgan vaqtlarida, unga goʻyo qoʻylar hamma narsani fahmlaydiganday tuyulardi. 

Biroq arab tilini ular hech qachon oʻrganolmaydi. 

 

«Demak, ular oʻrganolmaydigan boshqa narsalar ham bor, — Oʻyladi u, xoʻjayinga jim 



qarab qoʻyarkan. — Chindan, ular oʻt bilan suvni qidirishni biladi, xolos. Bunga ham 

oʻzlari oʻrgangani yoʻq — men oʻrgatdim ularni». 

— Maktub, — dedi nihoyat billur sotuvchi. 

— Bu nima degani? 

— Uni bilish uchun arab boʻlib tugʻilish kerak, — javob qildi u. Ma’nosi, taxminan, 

«shunday bitilgan» degani. 

 

U chilimning choʻgʻlarini oʻchira turib, Santyagoga ertadan boshlab billur idishlarda 



choy sotishing mumkin, dedi. Hayot daryosini toʻxtatishning iloji yoʻq. 

 

Odamlar mashaqqat chekib qiyalikdan yuqoriga oʻrlar va tuyqusdan tepada roʻparadagi 



doʻkonga koʻzlari tushib qolar, bu joyda ularga bejirim billur idishlarda yaxna xushta’m 

chanqovbosdi choy taklif etishardi. Shunday damda doʻkonga bosh suqmay, choydan 

ichmay boʻladimi?! 

 

«Bu mening xotinimning yetti uxlab tushiga ham kirmaydi!» — dedi bir nechta billur 



idish xarid qilgan kishi: shu kuni kechqurun unikiga mehmon keladigan va u ana shu 

chiroyli billurlar bilan ularning koʻnglini ovlamoqchi edi. 

Boshqa bir xaridor billurda ichilgan choyning ta’mi zoʻr boʻladi, choy billurda 

xushboʻyligini saqlaydi, dedi. Yana biri esa Sharqda azaldan billurda choy ichish an'anasi 

borligini yodga oldi, chunki billur sehrli xususiyatga ega, dedi u. 

 

Tez orada bu hojatbarorlik ixtirosi hammaning qulogʻiga yetdi va xaloyiq koʻhna hunarga 



qanday qilib yangidan jon kiritish mumkinligini oʻz koʻzlari bilan koʻrish ishtiyoqida 

qirga oʻrlab kelaverdi. Bu orada billur idishlarga choy quyib beradigan boshqa 

qoʻnalgʻalar ham paydo boʻldi, biroq u joylarga terlab-pishib, mashaqqat chekib oʻrlab 

borilmasdi, shu bois ular boʻm-boʻsh edi. 





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish