Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

ularning tilida gapirishga baharnov oʻrgandi. Bozordagi oʻsha voqeadan beri u 



toʻrvasidan Urim va Tumim toshchalarini qaytib olmagandi, boisiki, Misr uning uchun, 

xuddi xoʻjayiniga Makka safari ushalmas orzuga aylanganiday, qoʻl yetmas yulduz boʻlib 

qoldi. Yumushi uni qoniqtirar va doim xayolida kemadan Tarifga gʻolib sifatida tushib 

kelishini tasavvur qilardi. 

«Yodingda tut: hamma vaqt aynan nimani istashingni aniq bilgin», degan edi Malkisidq. 

 

Boʻzbola bilardi va koʻzlagan maqsadiga yetishish uchun ter toʻkardi. Ehtimol, begona 



yurtga kelib qolish, bu joyda aldoqchiga yoʻliqish, keyin esa bir pul sarflamay suruvini 

ikki baravar koʻpaytirib olish — bularning bari uning peshonasiga bitilgandir? 

 

U oʻzidan mamnun edi. Koʻp narsani oʻrgandi: endi billur sotishni eplaydi, soʻz 



ishlatilmaydigan tilni egalladi, belgilarni baloday uqadi. Bir safar u kimdir birovning 

yozgʻirayotganini eshitib qoldi: bu yerga chiqib kelguningcha sillang quriydi, na 

oʻtiradigan joy, na bir hoʻplam choy bor. Buning bir belgi ekanini Santyago darhol 

payqadi va xoʻjayinga dedi: 

— Qirga chiqib kelayotganlarga choy sotsak nima qiladi? 

— Yaxshi taklif, oʻylab koʻrsa arziydi, — dedi u. 

— Choyni billur idishlarga quyib uzatamiz. Odamlar bundan zavqlanadi, bizdan billur 

sotib olgilari keladi. Odamlar goʻzallikka oʻch boʻlishadi. 

 

Xoʻjayin bir soʻz demay unga ancha qarab turdi. Biroq shomga yaqin, nomozni oʻqib, 



doʻkonni bekitgach, qarshidagi tosh yoʻlakka oʻtib oʻtirib oldi va Santyagoga arablar 

qoʻlma-qoʻl qilib chekadigan gʻaroyib chilimni taklif qildi. 

— Qani menga ayt-chi, sen nimaga erishmoqchisan oʻzi? — soʻradi u boʻzboladan. 

— Oʻzingiz bilasiz-ku, men uyimga qaytishni xohlayman, qoʻy sotib olmoqchiman. 

Buning uchun menga pul kerak. 

 

Qariya chilimga choʻgʻ tashladi va qurullatib tortdi. 



— Oʻttiz yildan beri shu doʻkonda savdo qilaman. Billurning tozasini yomonidan farqlay 

olaman, savdoning sir-asrorini bilaman. Ishim yurishib turganidan dumogʻim chogʻ, yana 

kengaytirishga esa hafsalam yoʻq. Xaridorlarga billurda choy uzatib tursang va 

qarasangki, chindan daromad oshgandan oshsa; unda butun doʻkonu dastgohni 

yangilashga toʻgʻri keladi. 

— Xoʻsh, buning nimasi yomon? 

— E, men shunday yashashga oʻrganib qolganman-da. Sen bu yerda yoʻgʻingda koʻp 

xayol surardim: ne zamonlardan beri shu joyda muqim oʻtiribman, bu orada oshnalarim 

bir yoqlarga ketishdi, yana qaytib kelishdi, birlarining bozori kasod boʻldi, boshqalari 

boyib ketishdi. Alam bilan shularni oʻylardim. Endi amin boʻlayapman, doʻkonim 

oʻzimning imkonimga mos, oʻzim xohlagan oʻlchamdan ekan. Uni kengaytirishga 

hecham ragʻbatim yoʻq, oʻzi bunday oʻzgarishlar qanday qilinadi — bilmayman ham. 

Oʻzi bilan oʻzi andarmon odamman. 

 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish