Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

toʻrvasini koʻrib qoldi, koʻpdan beri koʻzi tushmagani uchun toʻrvani yodidan chiqarib 



yuborgan edi. Uning ichida kamzuli va kitobi bor. U kamzulini, koʻchada birorta bolaga 

sovgʻa qilarman, degan moʻljal bilan toʻrvadan chiqardi va shu payt bir juft tosh — Urim 

va Tumim yerga tushib dumalab ketdi. 

 

Shu damda boʻzbola keksa podshohni esladi va qancha vaqtdan beri u haqda 



oʻylamaganiga ajablandi. Axir, butun bir yil uzluksiz ter toʻkib mehnat qilishga toʻgʻri 

keldi, chunki pul topish kerak, Ispaniyaga quruq qoʻl bilan soʻppayib borib boʻlmasdi-da. 

 

«Orzu-umidlaringdan hech qachon voz kechmagil, — degan edi unga Malkisidq. — 



Belgilarga ergash». 

 

Boʻzbola toshlarni terib oldi va shu payt uni yana gʻaroyib tuygʻu chulgʻadi, goʻyo qariya 



yonginasida edi. Mashaqqatli mehnat bilan oʻtdi shu bir yil, endi esa belgilar bu yerdan 

joʻnab ketishga ishora qilayotir. 

 

«Men yana avval qanday boʻlsam, aynan oʻsha zaylimga qaytaman, — Oʻyladi u, — 



biroq qoʻylar meni arabcha gapirishga, baribir, oʻrgata olmasdi». 

 

Biroq qoʻylar unga muhim bir saboq bergan edi: dunyoda barchaga birday tushunarli 



soʻzsiz til borligini oʻrgatgandi. Oʻtgan bir yil mobaynida savdo-sotiqni jonlantiray, deb 

Santyago ana shu — hammaga tushunarli tilda gapirdi. Bu gʻayratbaxsh, zavq-shavqli til 

edi, ishni mehr-muhabbat va xohish-iroda bilan qiladigan, ishonchu xohishingga quvvat 

beradigan til edi. Tanjer endi unga begona joy emas, endi boʻzbolaning dunyoni, xuddi 

bu shaharni zabt etganiday, zabt eta olishga koʻzi yetib turardi. 

«Agar biror-bir narsani chin dildan orzu qilsang, butun Olam uning amalga oshishiga 

koʻmaklashadi», — keksa Malkisidq shunday degan edi. 

 

Biroq qariya faqat orzu qilib, amalda uni chin dildan istamaydigan talonchilar, behudud 



sahro-yu odamlar haqida churq etmadi. U boʻzbolaga ehrom deganlari shunchaki sangzor 

ekani, agar xohlasa har qanday odam chorbogʻida bunday toshlar uyumini tiklay olishi 

haqida ham gapirmadi. Biroq keksa podshoh unga, agar orttirib qoʻy sotib olishga pul 

yigʻa olsa, bu qoʻylarni u sotib olishi kerakligini aytib qoʻyishni unitgandi. 

 

Santyago toʻrvasini olib, boshqa lash-lushlariga qoʻshib qoʻydi. Xoʻjayin xaridorlarga 



xizmat qilar, yana ikki nafar xaridor doʻkon ichida billur idishlarda choy ichishib, aylanib 

yurishardi. Bunday mahalda doʻkonda, odatda, xaridorlar koʻp boʻlmasdi. Shu damda 

Santyago xoʻjayinning sochlari Malkisidqning sochlarini eslatishini payqadi. Tanjerdagi 

birinchi tong mahali uning yodiga tushdi, oʻshanda na boradigan joyi va na biror yeguligi 

bor edi; qandolatchining tabassumi ham yodiga tushdi va bu tabassum ham keksa 

podshohni esiga soldi. 

 

«Xuddi Malkisidq bu yerdan oʻtganday, hamma narsada oʻzining izini qoldirganday, — 





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish