Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
boradigan kemalarga patta sotishardi. Darvoqe, Misr aynan Afrikada.
— Sizga nima kerak? — soʻradi pattafurush.
— Ehtimol, ertaga sizdan patta xarid qilarman, — javob qildi Santyago va nari yurdi.
Bittagina qoʻyni sotsang bas, qarabsanki, Afrikadasan. Bu fikr uning koʻngliga gʻulgʻula
soldi. Pattafurush esa yoramchisiga gap qotdi:
— Yana bitta xayolparast. Sayohat qilgilari kelibdi, kissasida hemiri yoʻq.
Santyago pattaxona tokchasi oldida turarkan, qoʻylari yodiga tushdi va tuyqusdan
ularning yoniga tezroq borgisi kelib qoldi. Ikki yilda choʻpolik san'atini egalladi va
chorvani miridan-sirigacha — qoʻy qirqishni-yu qoʻzilatishni, suruvni boʻrilardan
asrashni bilib oldi. Andalusiyaning yaylovlari endi unga besh barmogʻiday tanish,
otaridagi xohlagan qoʻyining narxini aniq baholay biladi.
U oʻzini kutayotgan suruv qamalgan qoʻtonga eng uzoq yoʻldan joʻnadi. Bu shaharning
ham oʻz qal'asi bor edi, boʻzbola qiyalikdan koʻtarilib, qal'a devoriga chiqib oʻtirishga
qaror qildi. U joydan Afrika koʻrinardi. Bir paytlar kimdir unga qadim zamonda
Afrikadan mavrlar suzib kelishib, sal boʻlmasa Ispaniyani butunlay mahv etashganini
uqtirgandi. Santyago mavrlarga toqat qilolmasdi: bu yerga loʻlarni shular olib kelgan
boʻlishi kerak.
Devordan butun shahar, haligina u qariya bilan gurunglashib turgan bozor maydoni
kaftdagiday koʻrinib turardi.
«Qaysi goʻrdanam uni uchratdim», — Oʻyladi boʻzbola.
Hamma balo loʻli kampirning tushni ta’birlaganidan boshlandi-da. Na loʻli, na qariya
uning choʻpon ekaniga ahmiyat berdi. Ha, hamma narsadan koʻngli sovugan bu yolgʻiz
odamlar choʻpon degan zot qoʻy bilan tirik ekanini qaydan bilsin. Santyago suruvdagi har
qaysi qoʻyning bir qarashdayoq ichi-sirtini aytib bera oladi: unisi — qisr, narigisi ikki
oydan soʻng qoʻzilaydi, hov, chetdagilari — suruvning eng sudralganlari, yalqov. U
qoʻylarni qirqishni, boʻgʻizlashni uddalaydi. Agar biror yoqqa ketguday boʻlsa, qoʻylari
uni qumsaydi, egasiz boʻlib qoladi.
Shamol turdi. Bu shamol unga tanish edi — odamlar buni «lavanta shamoli» deyishardi,
chunki Oʻrtaer dengizining sharqiy qismidan, Lavantadan kelgan mavrlarning
yelkanlarini koʻtargan shu shamol edi. Boʻzbola, hali Tarifda boʻlmagan esa-da, Afrika
qirgʻoqlari juda yaqin ekaniga shubhalanmasdi. Bunday qoʻshnilik xatarli — mavrlar
yana bostirib kelishi mumkin. Shamol kuchaydi. «Baribir qoʻylarim va xazina bilan
oramizni buzib yuborolmas», — Oʻyladi Santyago. Endi ikkisidan birini — yo oʻzi
odatlangan mashgʻulotni yoki koʻngli tusab turgan narsani deyishi kerak. Aytgancha,
oʻrtada doʻkondorning qizi ham bor, biroq qoʻylar muhimroq, chunki ular Santyagoga
muhtoj. Qizaloqqa — baribir. Darvoqe, uni eslarmikan? Boʻzbola adashmas-ov: ikki
kundan keyin uning oldida paydo boʻlsa, qizaloq tanimaydi, chunki qizaloq uchun kunlar
Do'stlaringiz bilan baham: |