Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
— Mening ismim Malkisidq, — mingʻirladi qariya. — Qoʻying nechta?
— Koʻp, — mujmal javob qildi Santyago.
— Toʻgʻrisi qancha? Demak, senga mening yordamim kerakmas, qoʻying yetarli, deb
hisoblasang.
Boʻzbolaning chindan jahli chiqdi. Hech qanday yordam soʻrab oʻtirmadi. Gapni
qariyaning oʻzi boshladi-da, avval vino soʻradi, keyin kitobni koʻray dedi, endi unga
gurung berishing kerak.
— Kitobni bering, — dedi u. — Men yoʻlga chiqishim kerak.
— Menga otaringning oʻndan birini bersang — xazinaga qanday yetib borishni
oʻrgataman.
Tuyqusdan boʻzbolaga hammasi ayon boʻldi-qoldi. Loʻli kampir undan sariq chaqa ham
soʻramadi, demak, qariya — u, ehtimol kampirning eri, oʻzi ham loʻli boʻlsa kerak, bir
dunyo yolgʻon-yashiq gaplarni toʻqib, koʻproq pul undirish uchun atay joʻnatilgan.
Biroq Santyago gapga ogʻiz juftlashga ulgirmay, qariya yerdan bir shoxchani olib, qumga
nimalarnidir chizdi. U egilgan chogʻda koʻkragida nimadir shunaqa nur taratib
yaraqladiki, boʻzbola bir lahza koʻr boʻlib qoldi. Biroq qariya qartaygan yoshiga mos
boʻlmagan bir harakat bilan libosiga burkanib oldi, Santyagoning koʻzi koʻra
boshlaganda, u oyoqlari ostida qariya chizgan shakllarni koʻrdi.
Kichkina shaharning bosh maydonini qoplagan qumda u ota-onasining ismlarini va
oʻzining butun hayotini ayni daqiqalargacha — bolalikdagi oʻyinlari-yu diniy maktabdagi
sovuq kechalarni — hamma-hammasini oʻqidi. U doʻkondor qizining ismini oʻqidi, buni
endi bilishi edi. U hali hech kimga aytmagan narsalarni: bir safar ki-yik ovlash uchun
otasining miltigʻini soʻramasdan olganini va hayotida dastlab, faqat bir marta ayol bilan
tunaganini oʻqidi.
«Men — Salim podshohiman», — yodiga tushdi uning.
— Nega podshoh choʻpon bilan gaplashib oʻtiribdi? — xijolatomuz, yuvosh tortib soʻradi
Santyago.
— Buning sabablari koʻp, biroq eng asosiysi shuki, sen oʻz Taqdiring yoʻlidan borishga
qodirsan.
— Bu qanaqa Taqdir? — soʻradi boʻzbola.
— Barcha odamlar, hali navqiron paytlarida, oʻz Taqdirini bilishadi. Umrning bu
pallasida hamma narsa tushunarli va oʻzlari xohlagan ishni amalga oshirishga intilishdan
qoʻrqishmaydi. Biroq vaqt oʻtishi bilan bir sirli kuch ularni oʻz Taqdirini yuzaga
chiqarishga erishishning iloji yoʻqligiga ishontirishga kirishadi.
Qariyaning gaplari Santyagoga unchalik ta’sir qilmadi, biroq «sirli kuch» uni qiziqtirib
qoldi — doʻkondorning qizi buni eshitsa, ogʻzi ochilib qoladi.
— Bu kuch aftidan yomonlikka yoʻgʻrilgan. Biroq amalda u odamlarni oʻz Taqdirini
qanday yuzaga chiqarishga yoʻnaltiradi. Bu kuch uning ruhi va irodasini shunga
Do'stlaringiz bilan baham: |