Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

«Axir, bu yerda Muqaddas Masih yuragi bor-ku», — Oʻyladi u xotirjam boʻlishga va 



titrogʻini bosishga urinib. Loʻli kampir buni sezib qolishini xohlamasdi. Sodiqligini 

ta’kidlamoqchi boʻlib ichida duo oʻqidi. 

— Juda qiziq, — kaftidagi chiziqlardan koʻzini uzmay 

 

mingʻirladi kampir va yana sukut saqlab turdi. 



 

Boʻzbola battar bezovtalandi. Titroq endi qoʻllariga koʻchdi va u qoʻllarini shoshib tortib 

oldi. 

— Men sening oldingga qoʻllarimga qarab fol och deb kelganim yoʻq, — dedi u loʻlining 



uyiga qadam bosganiga afsuslanib: yaxshisi, haqini toʻlab, tezroq juftakni 

rostlasammikan. Shuyam gap boʻldimi, allaqanday tushni ikki marta koʻrgan boʻlsa 

koʻribdi-da. 

— Bilaman. Sen koʻrgan tushingning ta’birini aytib berishimni soʻrayapsan, — dedi loʻli. 

— Tushlar — bu Tangri biz bilan gaplashadigan til. Modomiki, bu dunyodagi bor 

tillardan biri ekan, bu tildan men tarjima qila olaman. Biroq Tangri senga qalbing tilida 

murojaat qilgan ekan, uning aytganlari faqat yolgʻiz sengagina tushunarli boʻladi. Shunisi 

ham borki, sen maslahat olish uchun kelgan ekansan, men sendan baribir pul olaman. 

 

«Aftidan, ilindim», — Oʻyladi Santyago, biroq chekinishning endi iloji yoʻq. Jur'at 



choʻpon uchun — odatdagi hol: birida suruvga boʻri oralaydi, birida qurgʻoqchilik roʻy 

beradi. Jur'at uning hayotini qiziqarli qiladi. 

— Men bir tushni ikki marta koʻrdim, — dedi u. — Tushimda yaylovda qoʻylarimni 

boqib yuribman, shu payt goʻdak paydo boʻldi, u qoʻylar bilan oʻynagisi keldi. Birovning 

qoʻylarimga yaqinlashishini yomon koʻraman, ular begonadan hurkadi. Faqat bolalarni 

qoʻrqmay yaqiniga yoʻlatadi, nega undayligini bilmayman. Qoʻylar bolalarning yoshini 

qanday payqashini tushunmayman. 

— Koʻrgan tushingni ayt, — kampir uning soʻzini boʻldi, — ana, qozonim olovda 

turibdi. Sening puling koʻp emas, mening vaqtim qimmat turadi. 

— Bola hadeb qoʻylar bilan oʻynadi, — Santyago biroz iymanib davom etdi, — keyin 

tuyqusdan meni qoʻlida koʻtardi-da, Misr ehromlariga eltib qoʻydi. 

 

U biroz sekinlab, bu loʻli kampir ehrom nimaligini bilarmikan, degan shubhaga bordi. 



— Misr ehromlariga eltdi, — takrorladi u ohista va dona-dona qilib, — u yerda menga: 

«Agar yana bu yerga kelib qolsang, bekitilgan xazinani izlab topasan», dedi. Va endi 

menga xazina qaerda yotganini uqtirmoqchi boʻlganida uygʻonib ketdim. Ikkinchi marta 

ham bu tush xuddi shunday — hech oʻzgarishsiz qaytarildi. 

Loʻli kampir uzoq jim qoldi, keyin yana Santyagoning qoʻllaridan ushladi va kaftiga 

sinchiklab diqqat bilan qaradi. 

— Hozircha men sendan haq olmayman, — dedi kampir nihoyat. — Biroq agar xazinani 

topsang, oʻndan biri meniki. 

 

Boʻzbola sevinganidan kulib yubordi, tushiga kirgan xazina uning folbinga beradigan 





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish