Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

arzimas chaqalarini asrab qoldi. Bu kampir chindan ham loʻli: loʻlilarning bir qaynovi 



ichida, deyishadi. 

— Boʻlaqol, tushimning ta’birini ayt, — soʻradi u. 

— Oldin qasam ich. Xazinaning oʻndan birini menga beraman, deb qasam ich, keyin 

ta’birini aytaman. 

 

Qasam ichishiga toʻgʻri keldi. Biroq kampir Muqaddas Masih yuragi tasviriga qarab 



qasamni takrorlashini talab qildi. 

— Bu tush Umum Tilida, — dedi kampir. — Men uni ta’birlashga harakat qilaman

garchi bu juda qiyin boʻlsa-da. Ana shu mehnatim uchun men sendan xazinaning oʻndan 

birini soʻrayapman. Eshit: sen Misrga borishing va oʻzigning ehromingni topishing kerak. 

Men oʻzim bu narsani eshitmaganman, biroq goʻdak senga ularni koʻrsatibdimi, demak, 

haqiqatan bu bor narsalar. Ana endi joʻna — u yoqda sen oʻzingning xazinangni topasan, 

boyib ketasan. 

 

Santyago avvaliga hayron qoldi, keyin afsuslandi. Shu boʻlmagʻur gap uchun kampirni 



qidirib oʻtirish shartmidi. Yaxshiyam, undan pul olmadi. 

— Seni deb vaqtim bekor ketdi, — dedi u. 

— Men ogohlantirdim: sening tushingni ta’birlash qiyin. Gʻaroyib koʻringan narsa, 

sirtdan oddiyday tuyulsa-da, biroq uning magʻzini chaqishga faqat donolar qodir. Men 

dono boʻlmaganim uchun ham boshqa hunarni, masalan, kaftga qarab fol ochishni 

oʻrgandim. 

— Qanday qilsam Misrga bora olaman? 

— Bu mening bosh ogʻrigʻim emas. Men faqat tushni ta’birlay olaman, uni chinga 

aylantirish mening ishimmas. Aks holda shunday qashshoq yasharmidim, tuqqan 

qizlarimdan sadaqa soʻrab. 

— Agar Misrga bora olmasam-chi? 

— Borolmasang — koʻrgan folim uchun sen beradigan haqdan quruq qolaman. Bu 

birinchi marta boʻlayotgani yoʻq. Endi joʻna, sen bilan gaplashadigan gap qolmadi. 

 

Santyago loʻli kampirnikidan butkul hafsalasi pir boʻlib chiqdi va minbad tushlarga 



ishonmaslikka qaror qildi. Shu payt, ishlarga kirishish kerakligi xayoliga keldi: doʻkonga 

yoʻl oldi, yegani ul-bul xarid qildi, kitobini qalinrogʻiga almashtirdi, yangi vinoni tatib 

koʻrmoqchi boʻlib, maydondagi oʻrindiqqa oʻtirdi. Kun juda issiq edi, vino sehrli tarzda 

boʻzbolaning hovurini bosdi. 

 

U qoʻylarini shahar chetida, yaqinda tanishgan doʻstining molxonasi yonida qoldirdi. 



Viloyatning hamma joyida Santyagoning joʻralari bor edi — shuning uchun ham u yurt 

kezib yurishni yaxshi koʻrardi. El oralasang yangi doʻst orttirasan — u bilan har kuni 

koʻrishib turish hecham shart emas. Atrofingda doim bir xil odamlar boʻlsa — xuddi 

diniy maktabda oʻqib yurgan paytdagiday — Oʻz-oʻzidan ular sening hayotingga aralasha 

boshlaydi. Hayotingga aralashib turib, biroz vaqt oʻtgach, uni oʻzgartirgilari kelib qoladi. 

Agar sen ular xohlaganday boʻla olmasang — arazlashadi. Har kim oʻzicha bu dunyoda 

aynan qanday yashash kerakligini aniq biladi. 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish