Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
Santyago javob qilib ulgurmadi, u bilan qariya oʻrtasida bir kapalak pirillab aylanaverdi.
U bolaligida bobosidan goʻyo kapalak omad keltirishi haqida eshitganini esladi. Xuddi
qora chigirtka, kaltakesak va yoʻngʻichqaning bargchalariday.
— Aynan shunday, — mingʻirladi qariya uning xayolidan oʻtgan fikrni uqib. —
Hammasi xuddi bobong senga aytganiday. Bu oʻsha belgilar, ularga amal qilsang,
yoʻlingni yoʻqotmaysan.
Shu soʻzlarni ayta turib, u toʻshini yalang ochdi va hayratga tushgan Santyago kecha
koʻzini qamashtirgan yarqiroq jilvani esladi. Qariya oltindan quyulgan, qimatbaho toshlar
bilan bezalgan sipar taqib yurardi. Aslida ham u podshoh edi, yupinroq kiyinib
yurishining sababi esa, aftidan, talonchilar tashlanib qolmasligi uchun boʻlsa kerak.
— Mana, ol, — dedi qariya va sipardan ikkita, oq va qora toshni koʻchirib, ularni
Santyagoga uzatdi. — Bular Urim va Tummim deyiladi. Oqi «ha»ni, qorasi esa «yoʻq»ni
anglatadi. Belgilarning ma’nosini uqolmay qolganingda ular senga asqotadi. Soʻrasang
— javob beradi. Biroq yaxshisi, — davom etdi u, — har qanday holatda oʻzing bir
qarorga kelganing ma’qul. Oʻzing bilasan, xazina — ehrom yonida, oltita qoʻyni men
senga bir qarorga kelishingga koʻmaklashganim uchun olaman.
Boʻzbola toshlarni toʻrvasiga bekitdi. Endi, bundan keyin biror qaror qabul qilguday
boʻlsa faqat oʻziga tayanadi, xolos.
— Unutma, dunyodagi hamma narsa bir butun, yaxlit. Alomatlar tilini yodingdan
chiqarma. Va, eng muhimi, shuni yodingdan chiqarmaginki,sen oxirigacha oʻz Taqdiring
yoʻlidan ketishing kerak. Endi men senga muxtasar bir rivoyatni aytib beraman.
Bir savdogar oʻgʻlini baxt nima, uning qanday sir-asrorlari bor, bilsin deb eng mash-hur
donishmand huzuriga yuboribdi. Oʻgʻlon qirq kecha-kunduz sahro kezib, nihoyat togʻ
tepasidagi ajoyib bir qal'ani koʻribdi. Bu qal'ada u izlab yurgan Donishmand yasharkan.
Kutilganidek, qal'a donishmandning uzlatga chekingan kimsasiz kulbasiga sira ham
oʻxshamas, aksincha, odam bilan toʻla edi: savdogarlar lash-lushlarini koʻrsatib u yoq bu
yoqqa chopqilashar, ba’zilari burchak-burchaklarda gaplashib turishar, moʻ'jazgina
sozandalar guruhi mayin kuy ijro etar, zalning oʻrtasida, bu oʻlkada topsa boʻladigan
jamiki noz-ne’matlarga toʻla toʻkin dasturxon tortilgan.
Donishmand bamaylixotir mehmonlar bilan bir-bir koʻrishib-soʻrashib chiqadi va
yigitchaning navbati yetguncha rosa ikki soat kutishiga toʻgʻri keladi.
Nihoyat Donishmand uning tashrifidan koʻzlagan maqsadini eshitadi, biroq baxt
nimaligiyu, uning qanday sir-asrorlari borligini hozir tushuntirib oʻtirishga vaqti
yoʻqligini aytadi. Yigitchaga qal'ani tomosha qilib, aylanib chiqqin, ikki soatdan keyin
shu joyga kelasan, deb tayinlaydi.
«Darvoqe,sendan yana bir soʻrovim bor,— deydi u yigitchaga ikki tomchi moy solingan
Do'stlaringiz bilan baham: |