Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

qoʻshoqlanganday gʻuj boʻlib turardi. Ularni hali ham qiziqtirib turgan eng muhim narsa 



yemish edi. 

 

Bandargohga kiriladigan joyda turgan chogʻroq kemaga qarab oʻtirgan Malkisidq, bir 



paytlar unga ushr berganidan soʻng Ibrohimni qayta uchratmaganiday, endi bu boʻzbolani 

ham boshqa koʻrmasligi haqida oʻylardi. 

 

Umrboqiylarda orzu-istak boʻlmasligi kerak, chunki bu yerda ularning oʻz yoʻllari yoʻq. 



Biroq baribir Malkisidq qalbining tubida Santyago degan mana shu bolaga omad yor 

boʻlishini tilardi. 

«Uning hoziroq hatto mening ismimni ham unutib yuborishi achinarli-da, — Oʻyladi u. 

— Mening ismimni takrorlab turishi kerak edi. Alhol, meni eslab, «Malkisidq, Salim 

podshohi» degan sirli qariyani tilga olsa.» 

 

U koʻzini samoga tikdi va biroz iymanib, dedi: 



—Tangrim, iqrorman, bular barchasi, Sening kalomingda zikr etilganiday, «behudadan 

behuda urinish.» Lekin gohida qari podshoh ham oʻzi bilan gʻururlanadi-da. 

 

«Afrika deganlari gʻalati joy ekan», — Oʻyladi Santyago. 



 

U shaharning tang koʻchalarida tez-tez duch keladigan torgina yemakxonada oʻtirardi. 

Bir necha kishi kattakon chilimni qoʻlma-qoʻl almashib chekishardi. Shu orada u qoʻl 

ushlashib borishayotgan erkaklarni, yuzini bekitgan ayollarni, baland minoralarga chiqib 

olib, qiroat bilan bir nimalarni aytib qichqirayotgan ruhoniylarni koʻrdi, ayni damda 

atrofdagilar tiz choʻkishar va manglaylarini yerga tekizishardi. 

 

«Koʻchmanchi musulmonlarning makoni. Ularning urf-odatlari ham shu yerda ildiz 



otgan», — dedi ichida u. 

 

U bolaligida qishloqlaridagi cherkovda avliyo Yoqubning suratini koʻrgandi — mavrlarni 



mahv etgan gʻolib oq ot ustida, qoʻlida qilichni baland koʻtargan holda tasvirlangan, 

uning poyida hozir yemakxonada Santyago bilan yonma-yon oʻtirishgan kishilarga 

oʻxshash soʻxtasi sovuq odamlar mukka tushgan. Boʻzbola sarosimalandi — u oʻzini juda 

yolgʻiz his etdi. 

shu narsa uning xazinaga boradigan yoʻlida uzoq vaqt toʻsiq boʻlishi mumkin edi. Zotan, 

bu mamlakatda hamma arabcha gaplashardi. 

 

Yemakxona xoʻjayini uning oldiga keldi va Santyago imo-ishoralar bilan yonidagi stolda 



oʻtirganlar ichayotgan ichimlikdan unga ham olib kelishini soʻradi. Bu achchiq choy 

ekan. Boʻzbola vinoni xush koʻrardi. 

 

Sirasini aytganda, buning ahamiyati yoʻq — faqat xazina va ungacha qanday yetib borish 



haqida bosh qotirishi kerak. Sotgan qoʻylaridan tushgan pul anchagina, ular hamyonida, 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish