Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
choyqoshiqni uzatib.— Bu qoshiqchani olgin, qara, tagʻin moy toʻkilmasin».
Yigitcha, koʻzini qoshiqchadan uzmay, zinalardan chiqib-tushib saroyni aylanadi, ikki
soatdan soʻng yana Donishmand qoshida hozir boʻladi.
«Xoʻsh,— deydi Donishmand,— oshxona zalidagi forsiy gilamlar senga yoqdimi?
Bogʻdagi dov-daraxtlar, gulzorlar-chi? Ularni qoʻli gul bogʻbonlar oʻn yil deganda barpo
etishgan. Mening kutubxonamdagi eski qalin kitoblar, teriga bitilgan qoʻlyozmalar-chi?»
Oʻsal boʻlgan yigitcha bularni koʻrmaganini tan oladi, zotan, qal'ani aylanganda u butun
diqqatini xoʻjayin qoʻliga ishonib topshirgan choyqoshiqdagi moydan uzmagan edi.
«Izingga qayt va mening uyimdagi moʻ'jizalarni tomosha qil,— dedi shunda
Donishmand.— Turish-turmushini koʻrib bilmagan odamingga qanday ishonasan».
Yigitcha qoʻlida qoshiq bilan yana saroyni aylangani jiladi. Bu safar u oldingiday diqqat
boʻlmay, xonalarni bezab turgan kamyob jihozlarni, san'at asarlarini koʻrib chiqadi. U
bogʻlarni va qal'ani oʻrab turgan qoyalarni kuzatadi, gullarning va suratu haykallarning
goʻzalligini oʻzicha baholaydi. Donishmandning oldiga qaytgach, u koʻrganlarining
hammasini oqizmay-tomizmay aytib beradi.
«Ikki tomchi moy qani, men senga toʻkib qoʻyma deb taylagandim?»— soʻraydi
Donishmand.
Shunda yigitcha qoshiqchadagi moyning toʻkilganini payqaydi.
«Mana shu men senga beradigan birdan-bir maslahat,— deydi unga donolar donosi.—
Baxtning siru asrori dunyoning bor jozibasiyu tarovatini koʻra bilishda va ayni paytda
choyqoshiqdagi ikki tomchi moyni ham hech qachon yoddan chiqarmaslikda».
Santyago rivoyatni eshitib uzoq jim qoldi. U qariyaning nima demoqchi boʻlganini
tushundi. Choʻpon dashtu dala kezishni yaxshi koʻradi, biroq qoʻy-qoʻzisini hech qachon
unutmaydi.
Santyagoga qadalib qarab, podshoh Malkisidiq qoʻllarini tutashtirdi va gʻalati harakat
bilan boʻzbolaning boshi ustidan sermadi. Keyin esa, qoʻylarni oldiga solib, oʻz yoʻliga
ravona boʻldi.
Moʻ'jazgina Tarif shaharchasi ustida, bir zamonlar mavrlar qurgan, eski qal'a qad rostlab
turibdi. Agar minoraga chiqib qaralsa, makkabodroq sotuvchisining qutisi turgan maydon
kaftdagiday koʻrinadi. Bu joydan Afrika qirgʻoqlarining uzunchoq parchalari ham koʻzga
tashlanadi. Oʻsha kuni qal'a devorida, yuzini mashriqdan esayotgan shamolga tutib,
Malkisidq — Salim podshohi oʻtirgan edi. Taqdirlarida kechgan algʻov-dalgʻov
oʻzgarishlardan bezovtalanayotgan qoʻylar yangi xoʻjayinidan nariroqda
Do'stlaringiz bilan baham: |