Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
qildi. Bir paytlar bu odam hammasini tashlab, zumrad qazib topish uchun yoʻl olgan.
Daryo qirgʻogʻida besh yil rosa ter toʻkkan va bir dona boʻlsa-da, zumrad toparman, deb
999 999 toshni maydalagan. Va shunda hafsalasi pir boʻlib, orzusidan voz kechishga ahd
etgan, bu payt uning poyida faqat bittagina tosh qolgandi — va u shu toshning ichidan
oʻzining zumradini topardi. Shunda qariya aralashishga va oʻz Yoʻlidan mardona
ketayotgan tilla izlovchiga yordam berishga qaror qildi. U toshga aylandi, uning oyogʻi
ostiga yumalab keldi, biroq tilla izlovchi, besh yildan beri besamar ter toʻkayotganidan
gʻazabga minib, oyogʻi bilan toshni tepib yubordi. Biroq shunday kuch bilan tepdiki, tosh
boshqa bir toshga urilgancha yorilib, dunyoda tengsiz goʻzal zumrad quyosh nurida
yaraqlab ketdi.
— Odamlarga oʻz hayotlarining mohiyati juda erta ayon boʻlib qolganday tuyuladi, —
dedi qariya va Santyago uning koʻzlaridagi gʻamni ilgʻadi. — Ehtimol, shuning uchun
ham ular bundan juda erta voz kechishar. Nachora, dunyo shunday qurilgan.
Shu payt boʻzbola gurung xazina haqidagi gapdan boshlanganini esladi.
— Ma’danni soy va daryolar yuzaga olib chiqadi, ayni soy va daryolar ularni yer qa’riga
bekitadi, — dedi qariya. — Agar oʻzingning xazinang haqida batafsil bilging kelsa —
suruvingdagi qoʻylarning har oʻntasidan birini menga ber.
— Balki topsam, oʻsha xazinaning oʻndan birini berganim tuzukdir?
— Qoʻlingda yoʻq narsani va’da qilish, uni qoʻlga kiritishga jahd etish demak, — dedi
qariya ginali ohangda.
Shunda Santyago suruvining oʻndan birini loʻli kampirga allaqachon va’da qilganini
aytdi.
— Loʻlilar haqini undirishni biladi, — xoʻrsindi qariya. — Nima boʻlganda ham bilib
qoʻyganing tuzuk, dunyoda har bir narsaning oʻz bahosi bor. Nur Askarlari ayni shunga
oʻrgatishga intilishadi. — U Santyagoga kitobni uzatdi. — Ertaga shu vaqtda sen
suruvingning oʻndan birini qoshimga haydab kelasan. Shunda men xazinani qanday
topishni aytaman.
Va shunday deb, u muyulishda koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Santyago yana kitobni qoʻliga oldi, biroq mutolaga kirisholmadi — diqqatini bir joyga
yigʻishga qurbi yetmasdi. Qariya bilan muloqotdan hayajonlagandi, chunki uning koʻngli
sezdi: qariya haqiqatni gapirdi-da. Boʻzbola chakana savdo qutisi yoniga bordi va bir
qogʻoz xaltacha makkabodroq sotib oldi, sotuvchiga qariyaning u haqdagi gapini
aytsammikan, deb oʻyladi, keyin shart emas, degan qarorga keldi.
«Ba’zida hammasini oʻz holicha qoldirgani ma’qul» — deb oʻyladi u. Aytsang, sotuvchi,
gʻildirakli qizil qutisiga oʻrganib qolganiga qaramay, uch kunlab oʻylanib yuradi, bu
ishning bahridan oʻtsammikan, deb. «Uni bunday azobdan xolos etganim boʻlsin».
Shunday oʻy bilan Santyago koʻcha boʻylab, boshi oqqan tomonga qarab ketdi, oxiri
bandargohga kelib qoldi, chogʻroqqina uychaning yonidan chiqdi. Uychada Afrikaga
Do'stlaringiz bilan baham: |