Oksidlanish reaksiyalari: - Oksidlanish reaksiyalari:
- Alkenlar alkanlarga nisbatan oson oksidlanadi. Ular turli xil oksidlovchilar, hatto havo kislorodi ishtirokida ham oksidlanadi. Alkenlarning oksidlanishi asosan, qo’shbog’ hisobiga boradi.
- Olefinlarga kaliy permanganatning suvdagi yoki ishqordagi eritmasi, hatto sovuqda ta’sir ettirilganda ham ularning qo’shbog’i uziladi va ozod bo’lgan ikkita valentlikka ikkita gidroksil guruh birikishi natijasida ikki atomli spirtlar (diollar) hosil bo’ladi.
- 3CnH2n + 2KMnO4 + 4H2O → 3CnH2n(OH)2 + 2KOH + 2H2O
- Bu reaksiya Vagner reaksiyasi deyiladi.
- Alkenlar qattiq sharoitda oksidlanganda, ya’ni ularga kuchli oksidlovchilar (K2Cr2O7 , nitrat kislota, CrO3) ta’sir ettirilganda, ularning qo’shbog’i darhol uziladi va (agar qo’shbog’ uchlamchi uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa keton) hamda karbon kislotalar hosil bo’ladi. Masalan,
- R – CH = CH – R’ + [O] → R-COOH + R’-COOH
- R – C(CH3) = CH – R’ + [O] → R – C(O) – CH3 + R’-COOH
- Alkenlar kumush katalizatorligida havo kislorodi ta’sirida oksidlanib, epoksidlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |