Qattiq jismlarning tuzilishi va turlari



Download 61,25 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi61,25 Kb.
#607975
Bog'liq
1-1 fiz 18. Ahadova Nurshamsbegim 5 6 7 bet


I Bob

QATTIQ JISMLARNING TUZILISHI VA TURLARI


Tabiattagi moddalar gaz,suyuqlik,qattiq jism va plazma holatlarida bo’ladi. Bu holatlar moddaning moddaning agregat holatlari deb atalib, bir biridan fizik xossalari bilan farq qiladilar. Qattiq jismlarning suyuqlik va gazlardan farqi shundaki, ular o’z shakllarini saqlaydi va ularda oquvchanlik kuzatilmaydi. Mikraskopik nuqtai nazardan bunday farqning bo’lishi, moddani tashkil etuvchi atom va molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir energiyasining katta yoki kichikligi bilan tushuntiriladi. Suyuqlik va gazlarda ularni tashkil etuvchi atom va molekulalar orasidagi o’zaro ta’sirlashish energiyasi ularning issiqlik harakati energiyasidan kichik bo’ladi. Shuning uchun suyuqlik yoki gazni tashkil etuvchi atom va molekulalar bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chib borishi mumkin, ya’ni oquvchanlik xossasiga ega. Qattiq jismlarda esa molekula yoki atomlar orasidagi ta’sirlashuv energiyasi ularning issiqlik harakati energiyasidan ancha katta bo’ladi, shuning uchun ular erkin ko’chib yura olmaydi va muvozanat vaziyatlari atrofida tebranma harakat qilib turadi. Demak qattiq jismni boshqa agregat holatlardan ajratib turuvchi asosiy farqlari: birinchidan,uning normal sharoitda o’z shaklini saqlashi, ikkinchidan, ularni tashkil etuvchi atom molekulalarining tebranma harakatda bo’lishidir.


Qattiq jismlar tuzilishiga ko’ra amorf ,kristal,shishasimon va polimer qattiq jismlarga bo’linadi. Bundan tashqari qattiq jismlar uni tashkil qiluvchi atom yoki molekulalarning o’zaro bog’lanishiga ko’ra ham farqlanadi (1.1-chizma).

5


1.1. Kristall qattiq jismlar

Kristall qattiq jismlarda ularni tashkil qiluvchi atom va molekulalar qat’iy tartib bilan joylashadi. Agar bu tartib ikki qo’shni atom yoki molekula orasidagi masofadan bir qancha marta katta bo’lgan masofalarga saqlansa uni uzoq tartib deb ataladi. Kristallar aniq suyulish temperaturasiga (nuqtasiga) ega bo’ladi. Jism bu temperaturagacha qizdirilganda atomlar va molekulalar joylashishida tartib yo’qoladi va ular oquvchanlikka ega bo’lib qoladi. Suyulish nuqtasida tashqaridan olinayotgan issiqlik ta’sirida jism temperaturasi o’zgarmaydi va qattiq jism to’la suyuqlikka aylanguncha temperatura saqlanadi.


Kristalldagi atomlar va molekulalarning joylashish tartibi butun kristall bo’yicha saqlangan bo’lsa, bunday kristall monokristall deb ataladi. Hamma monokristallar anizotropiyaga ega, ya’ni ularning fizik xossalari turli yo’nalishlarda turlicha bo’ladi. Monokristallarning makroskopik bo’lakchalarining tartibsiz birikishidan hosil bo’lgan kristall polikristall deb ataladi. Polikristalldagi monokristall donalarining tartibsiz joylashuvi natijasida uning fizik xossalari barcha yo’nalishlar bo’yicha bir xil bo’ladi. Bunday jismlar izotrop jismlar deb ataladi. Kristallardan tuzilishi va xossalari jihatidan farq qiladigan amorf qattiq jismlar 7-bobda qaraladi.
6
1.2. Kristall panjarasi


Kristallni tashkil qiluvchi zarralar muvozanat nuqtalari atrofida tebranma harakatda bo’ladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini fikran birlashtirsak kristall panjarasi hosil bo’ladi. Muvozanat nuqtalari esa kristall panjarasi nuqtalari deb ataladi.
Kristall tuzilishga ega bo’lgan jismlarni tavsiflashda yuqorida keltirilgan kristall panjarasi tugunlari tushunchasi muhim ahamiyatga egadir.
Kristall panjarasining tuzilish qiyofasini saqlagan eng kichik bo’lagini elementar katak (elementar yacheyka) deb ataladi. Odatda elementar katak parallelopipeddan iborat bo’ladi. Ushbu parallelopipedning uchta qirrasi bo’ylab 1 , 2, 3 vektorlarini yo’naltiramiz, bu vektorlar uzunliklari shu parallelopiped qirrasi uzunligiga teng bo’lsin. Bunday vektorlar asosiy (transilyatsion) vektorlar (davrlar) deb ataladi. (1.2-chizma)
Transilyatsion vektorlarning asosiy xossasi shundan iboratki, bu vektorlar yordamida cheksiz kristallni = n1 1 + n2 2 + n3 3 vektor bo’ylab ko’chirsak kristall o’z-o’ziga ustma-ust tushadi ( n1, n2, n3 - butun sonlar). Ko’p hollarda bir qancha atomlar birikmalari kristall panjarasi hosil qiladi. Bunday takrorlanuvchi atomlar guruhini bazis deb ataladi. Ixtiyoriy kristallning bazisi va transilyatsion vektorlari aniqlangan bo’lsa kristall panjarasi aniqlangan hisoblanadi.
1.3. Kristallarda simmetriya
Simmetriya deganda biz jismning ustida ma’lum bir amallarni ( burish, siljitish, va akslantirish) bajarganimizda jism o’z-o’ziga ustma-ust tushishi va barcha yo’nalishlarda fizik xossalarining avvalgidek o’zgarishsiz qolishini tushunamiz. Misol tariqasida 1.3-chizmada keltirilgan shakllar simmetriyasini ko’rib chiqamiz.
1.3. a - chizmadagi shaklning biror o’qqa yoki tekislikka nisbatan simmetriyasi yo’q. ushbu shakl faqat 3600 burchakka burilganda o’zi bilan o’zi ustma-ust tushadi. Bunday quyi simmetriyaga ega
7
Download 61,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish