Alkaloidlar



Download 38,11 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi38,11 Kb.
#951464
  1   2
Bog'liq
Alkaloidlar


60. Alkaloidlar nima va ularni tasnifi (klassifikatsiyasi).Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari.Alkaloidlarga xos sifat rеaktsiyalar.
O'simliklar (qisman hayvonlar) to'qimalarida tayyor holda bo'ladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta'sirga ega bo'lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha - alkali - ishqor va yunoncha eydos - o'xshash (simon) so'zlaridan iborat bo'lib, ishqorsimon
birikma degan ma'noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. 1819- yilda Meysner sabadilla o'simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi bo'lib
alkaloid deb atadi.
Ularning klassifikatsiyasi quyidagicha:

  1. Ochiq zanjirli (atsiklik) va azot yon zanjirda bo`lgan alkaloidlar.

  2. Pirrolidin unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  3. Pirrolizidin – geliotridin (pirrollidinning ikki molekulasini azot orqali
    jipslangan birikmasi) unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  4. Piridin va piperidin unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  5. Tropan (piperidin bilan pirrolidinni azot orqali jipslangan birikmasi)
    unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  6. Xinolizidin (piperidinni ikki molekulasini yoki piperidin va piridinni azot
    orqali jipslangan birikmasi) unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  7. Xinolin unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  8. Akridin unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  9. Izoxinolin unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  10. Indol unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  11. Imidazol unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  12. Xinazolin unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  13. Purin unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  14. Diterpin unumlari bo`lgan alkaloidlar.

  15. Tsiklopentanopergidrofenantren unumlari bo`lgan alkaloidlar (steroid alkaloidlar).

ALKALOIDLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI


Ko'pchilik alkaloidiar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini og'diruvchi), hidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq kristall yoki amorf modda. Shu bilan birga rangli (berberin to'q sariq rangga bo'yalgan), suyuq, hidli va uchuvchan (anabazin, nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar ham bo'ladi.
Alkaloidlar o'simliklar tarkibida 3 xil ko'rinishda uchraydi:

  1. Sof (asos) holida.

  2. 2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar - tuzlar holida.

  3. 3. Azot atomi bo'yicha oksidlangan N-oksid formasida.

Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari - alkaloidlaming tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik erituvchilarda erimaydi. Asos hamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshi eriydi. Shu bilan birga suvda va organik erituvchilarda bir xilda yaxshi eriydigan sof alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, kofein, kodein va boshqalar) hamda suvda yomon eriydigan alkaloid tuzlari (xinin sulfat, taspin sulfat va boshqalar) ham uchraydi.


Alkaloidlar kislotalar bilan birikib, kristall holdagi tuzlar hosil qiladi. Bu reaksiyada alkaloid molekulasiga kislotaning butun molekulasi qo'shiladi. Odatda, alkaloid tuzini olish uchun yaxshi kristallanadigan tuz hosil qiluvchi kislotadan foydalaniladi.
Alkaloidlarning dissotsiatsiya konstantalari juda katta chegarada (l.1O- 1 dan to 1.10-12 va undan yuqori) bo~ladi. Shuning uchun ular kislotalar bilan turli darajada turg'un bo'lgan birikmali tuzlar hosil qiladi. Kichik dissotsiatsiya konstantasiga ega bo'lgan alkaloidlar (kofein, kolxitsin va boshqalar) kislotalar ta'sirida turg'un bo'lmagan tuzlar beradi. Natijada bu birikmalar suvli eritmalarida tezda parchalanib ketadi. .
Alkaloidlar juda kuchsiz asos xususiyatiga ega, shu sababli ular o'z tuzlaridan boshqa asoslar (hatto natriy karbonat yoki kaliy karbonat eritmalari ham) ta'sirida osonlik bilan siqib chiqariladi. Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari bo'lishi kerak, kislorod bo'lishi shart emas. Odatda, molekulasi kislorodsiz alkaloidlar ko'pincha suyuq, hidli va uchuvchan, kislorodlilari esa hidsiz, uchmaydigan kristall modda bo'ladi.
KO'pincha alkaloid molekulasi tarkibidagi azot atomi molekulani tashkil etuvchi halqa tarkibiga kirib, geterosiklik birikma hosil qiladi. Shuning uchun ko'pchilik alkaloidlar (ochiq zanjirli alkaloidlardan tashqari) geterotsiklik birikmalar unumi hisoblanadi.
Alkaloidlarga xos sifat reaksiyalar.
Alkaloidlarni aniqlash uchun o'tkaziladigan sifat reaksiyalarni ikkita katta guruhga bo'lish mumkin:
1. Umumiy - cho'ktiruvchi reaksiyalar.
2. Xususiy (ba'zi alkaloidlarga xos) - rang hosil qiluvchi reaksiyalar.

O'sirnliklarda alkaloidlaming bor-yo'qligi birinchi guruhga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o'simlik tarkibida qanday alkaloid borligini


aniqlab bo'lmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar ta'sirida cho'kma hosil qiladi. Shuning uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos holdagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha plastinkachasi
ustiga 1-2 tomchi tomizib quritiladi, so'ngra unga bir tomchi 0,1-0,05 moljl xlorid yoki suifat kislota qo'shib eritiladi. Agar' eritma ustiga bir tomchi reaktiv qo'shilsa, cho'kma (yoki loyqa)
hosil bo'ladi (reaktivdan ozgina qo'shish kerak, aks holda, ba'zi alkaloidlar cho'kmasi ortiqcha qo'shilgan reaktivda erib ketishi mumkin).
Alkaloidlami cho'ktiruvchi reaktiv sifatida kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, Marme, Dragendorf reaktivlari), ba'zi kompleks kislotalar: fosfat-molibdat, fosfat-volfram, silikat-volfram kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, Sheybler, Bertran yoxud
Godfrua reaktivlari), og'ir metall (simob, oitin, platina) tuzlari va ba'zi kislota xususiyatiga ega bo'lgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislota) ning eritmalari ishlatiladi. Yuqorida ko'rsatilgan reaktivlar bilan oqsil moddalar, ularning parchalanish mahsulotlari hamda ba'zi geterosiklik birikmalar (antipirin va boshqalar) ham cho'kma berishi mumkin. Bundan tashqari, yuqorida ko'rsatilgan reaktivlar ta'airida har xii alkaloidlar turli darajada cho'kadi. Shuning uchun alkaloidlarning bor-yo'qIigi aniqlanayotgan eritma ko`pgina reaktivlar (kamida 5-6 xii reaktiv) bilan cho'kma bosil qilsa, bu - alkaloid borligidan dalolat beradi, cho'kma hosil bo'lmasa, eritmada alkaloid yo'qligini ko'rsatadi. Mahsulot tarkibida' alkaloidlar bor-yo'qligini aniqlash uchun umumiy (cho'ktiruvchi) reaksiya quyidagicha bajariladi: 100 ml hajmli kolbaga maydalangan mahsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 1 foizli eritmasidan 25 ml quyiladi va suv hammomida 5 daqiqa davomida qizdiriladi (alkaloidlar mahsulotdan tuz holida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan song filtrlanadi. Bir nechta chinni idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqorida ko'rsatiIgan umumiy cho'ktiruvchi reaktivlardan 1-2 tomchidan qo'shiladi. Agar ajratmada alkaloidlar bo'lsa, ular miqdoriga qarab tezda yoki bir ozdan so`ng loyqa, cho'kma hosil bo'ladi. Mahsulot va eritmalarda qanday alkaloid borligini har bir alkaloidga xos rangli reaksiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaksiyalar jarayonida alkaloid molekulasidan suv molekulasi ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar (konsentrlangan sulfat kislota va boshqalar) ishtirokida aldegidlar bilan kondensatsiyaga kirishishi mumkin. Natijada har bir alkaloidga xos turli rangdagi mahsulotlar hosil bo'ladi. Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda konsentrlangan sulfat, nitrat, xlorid va boshqa kislotalar, formalin, turti oksidlovchilar (K2Cr20 7, KCI04, H 20 2), ishqorlar va ularning aralashmalari hamda boshqa birikmalar reaktiv sifatida ishlatiladi. Ayrim alkaloidlarga xos bo'lgan xususiy (rangli) reaksiyalar tarkibida shu alkaloidlar bo'lgan o'simliklarni tasvirlashda bayon etilgan.
Alkaloidlarning N-oksid formasi sof (asos) va tuz holidagi forma1aridek reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun alkaloidlarning N-oksid formasi avval vodorod yordamida qaytarilib, so'ngra tahlil qilinadi.
61.Mahsulotdagi tropan guruhiga kiruvchi alkaloidlarni miqdorini XI DF bo’yicha aniqlash.
Mahsulotdagi tropan guruhiga kiruvchi alkaloidlar miqdorini aniqlasb (XI DF bo'yieba). Maydalangan (teshigining diametri 1 mm bo'lgan elakdan o'tadigan) bargdan (belladonna, mingdevona yoki bangidevona) aniq qilib 108 tortib olib, 250 mlIi shishaga solinadi, ustiga 150 ml ctir va ammiakning konsentrlangan eritmasidan 7 ml qo'shib, bir soat davomida chayqatiladi. Bunda asos holida erib, efirga o'tgan alkaloid critmasini darrov 200 ml hajmdagi boshqa shishaga paxta orqali filtrlanadi, ustiga 5 ml distillangan suv qo'shib chayqatiladi va tinitish uchun biroz qo'yib qo'yiladi. Tinigan efirli ajratmadan 90 ml ni silindrda o'lehab (har 15 ml efirli ajratrna 1 g mahsulotga to'g'ri keladi), 200 mlli bo'luvehi voronkaga quyiladi. Silindrga ikki marta 10 ml dan efir solib chayiladi va uni bo'luvchi voronkadagi efirti ajratmaga qo'shiladi. Efirga o'tgan (bo'luvehi voronka ichidagi) alkaloidlami boshqa aralashrnalardan tozalash uehun etirdaai alkaloidlar critmasiga 20 ml 1 foizli xlorid kislota qo'shib, 3 daqiqa chayqatiladi. Bunda alkaloid asos holidan tuzga aylanadi va suvda eriydi. Alkaloidlar tuz holida erib o'tgan 1 foizli xlorid kislotani 200 ml Ii hajrnli boshqa bo'luvchi voronkaga diametri 5 sm Ii filtr qog'oz orqali filtrlanadi. Kislota qisrni ajratib olingandan so'ng efirli ajratmaga 15 ml 1 foizli xloric.l kislota qo'shib, 3 daqiqa davomida ehayqatiladi. Shundan keyin kislota qismi ajratib olinib, oldingi kislota qisrniga (20 ml ga) qo'shiladi. EflrJi ajratmasa oxirgi marta 1 foizli xlorid kislotadan 10 ml qo'shib, 3 daqiqa davomida ehayqatiladi va ajratib olingan kislotaning qismi oldingi qismlarga qo'shiladi. Ueh marta 1 foizli xlorid kislota qo'shib, ehayqatib, kislota qismi ajratib olingan efirli ajratmada alkaloid qolmaydi (Meyer reaktivi yordamida tekshirib ko'riladi). Alkaloidlar eritmasi filtrlangan filtr qog'oz 2 marta 5 mt dan 1 foizli xlorid kislota bilan ehayiladi va shu bo'luvchi voronkaga quyiladi.
Filtrat ammiak eritmasi yordamida ishqoriy holatga keltiriladi (fenolftalein bo'yicha) va asos holidagi alkaloid uch marta xloroform bilan (20 ml, 15 ml va 10 ml) 3 daqiqadan chayqatiladi. Alkaloidlaming xloroformdagi eritmasi (har qaysi qismi ayrimayrim holda) 4-5 g yangi suvsizlantirilgan natriy sulfat solingan tiltr qog'oz orqali 100 ml hajmli kolbaga tiltrlanadi. Filtr qog'oz 2 marta 5 ml dan xloroform bilan shu kolbaga yuviladi. Natijada asos holidagi alkaloidlaming hammasi erib, xloroformga butunlay o'tgan bo'lishi kerak (Meyer reaktivi yordamida tekshirib ko'riladi). Filtratdan xloroform suv hammomi ustida haydaladi. Qolgan 1-2 ml xloroformli eritmaga sprinsovka bilan havo yuborib, xloroform butunlay uchirilsa, kolbada mahsulotdan ajratib olingan asos hoIidagi alkaloidlar yig'indisi qoladi. Bu yig'indining miqdorini aniqlash uchun kolbaga 15 ml 0,02 moljl xlorid kislota eritmasidan qo'shib, suv hammomi ustida biroz qizdiriladi (asos holidagi alkaloidlar kislota bilan tuz hosil qilib eriydi), so'ngra indikator (ikki tomchi metil-qizilning spirtIi eritmasidan va bir tomchi metil-ko'k eritmasidan) qo'shib, reaksiyaga kirishmay qolgan, ortiqcha xlorid kislota natriy ishqorning 0,02 moljl eritmasi bilan kolbadagi aralashma yashil rangga kelgunga qadar titrlanadi. 1 ml 0,02 mOl/IIi xlorid kislota eritmasi 0,00578 g alkaloidga (giossiamin alkaloidi bo'yicha) to'g'ri keladi. Absolut quritilgan mahsulotdagi alkaloidlaming foiz miqdori quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

bunda, x - mahsulot tarkibidagi alkaloidlarning foiz miqdori;

Download 38,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish