Alkaloidlar



Download 38,11 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi38,11 Kb.
#951464
1   2
Bog'liq
Alkaloidlar

a - asos holidagi alkaloidni eritish uchun olingan 0,02 mol/l xlorid kislotaning ml miqdori; b - reaksiyaga kirishmay qolgan 0,02 mol/I xlorid kislotani titrlash uchun ketgan 0,02 mol/l natriy ishqorining ml miqdori; P - hisoblash uchun olingan mahsulot og'irligi (alkalodlar efirdagi boshlang'ich ajratmasining har 15 millilitri tahlil uchun olingan mahsulotning bir grammiga to'g'ri kelishi hisobi bo'yicha); W - mahsulotni absolut quritilganda yo'qotilgan namlik miqdori.
Hozirgi vaqtda alkaloidlami (chinligini aniqlash - identifikatsiya qilish hamda miqdoriy aniqlashda turli spektral (UF-, IK-, PMR, mass-spektr va boshqalar) usullardan juda keng ko'lamda foydalanilmoqda. Chunki alkaloidlaming spektrlarini to'g'ri «o'qish» (o'rganish) natijasida ular molekulasida to'yinmagan qo'shbog'lar, turli funksional guruhlar (karbonil, karboksil, gidroksil, N-metil va boshqalar), aromatik halqa va boshqalarning bor-yo'qligini hamda qayerda joylashganligini aniqlash mumkin. Spektral tahlil usullari xromatografik usullar singari faqat alkaloidlar tahlilida emas, umuman o'simliklardan olinadigan hamma biologik faol moddalar tahlilida keng qo'llaniladi.

62. Isiriq o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. O’simlik va mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’sadigan joylari, yig’ish va quritish. Kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.


Isiriq yer ustki qismi-Herba Pegani Harmalae
O'simlikning nomi. Oddiy isiriq (adraspan) - Peganum harmala L.;
Tuyatovondoshlar - Zygophyllaceae oilasiga kiradi.
Ko'p yillik, bo'yi 20-60 sm ga yetadigan o't o'sirnlik. Ildizi yer ostida 2 m gacha chuqurlikda joylashgan ko'p boshli o'q ildiz.
Poyasi bir nechta, sershox, tuksiz bo'ladi. Bargi oddiy, chuqur 4-5 bo'lakka ajralgan, kulrang-yashil, segmentlari o'tkir uchli, lansetsimon bo'lib, uzunligi 1-3,5 sm. Poyasining pastki qismidagi barglari qisqa bandli, yuqoridagilari bandsiz, poyada ketma-ket joylashgan. Qo'shimcha bargi 2tadan, lansetsimon shaklda. Gullari shoxlarining uchki qismida, yakka-yakka va bargga nisbatan qarama-qarshijoylashgan. Gulkosachasi asos qismigacha 5ga bo'lingan bo'lib, meva bilan birga qoladi. Tojbargi 5ta, oqsarg'ish, otaligi 15ta, onalik tuguni 3 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - sharsimon, 3 chanoqli, ko'p urug'li, pishganda ochiladigan ko'sakcha. Urug'i mayda, 3 qirrali, jigarrang yoki qo'ng'irkulrang, ustki tomonida mayda chuqurchalari bor. Isiriq may-iyun oylarida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Issiq sharoitda, aholi yashaydigan yerlarda, cho'l va yarim cho'lda, begona o't sifatida ekinlar orasida hamda tog' bag'irlarida o'sadi. O'rta Osiyo, Qozog'iston, Kavkaz, Ukraina va Rossiyaning Ovrupo qismining janubida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. Isiriq yer ustki qismi o'simlik gullagan davrda o'rib olinadi va soya yerda quritiladi. Quritilgan mahsulot (ba'zan quritilmagan holda ham) zavodlarga alkaloid olish uchun yuboriladi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot poyaning yuqori qismi, shoxlar, barg, guHar va qisman meva aralashmasidan tashkil topgan. Quritilmagan mahsulot o'ziga xos yoqimsiz hidga ega. Quritilgan mahsulot hidsiz, kulrang yoki biroz sarg'ish- ., yashil rangli va sho'rroq-achchiqroq mazali bo'ladi.
Kimyoviy tarkibi. O'simlik ildizida 1,7-3,3 foiz, poyasida 0,23-3,57 foiz, bargida 1,07-4,96 foiz, gulida 2,82 foiz va urug'ida 2,38-6,6 foizgacha alkaloidlar bo'ladi. Alkaloidlar yig'indisidan garmalin, garmin (banisterin), garmalol, peganin (vazitsin), pegamin, peganol, dezoksipeganin, peganidin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan. Alkaloidlar yig'indisining 50-95 foizini (urug'ida) garmalin, 67-74 foizini (ildizida) garmin, 78 foizini (yer ustki qismida) peganin tashkil etadi. Urug'ida alkaloidlardan tashqari 14-23 foiz yog" va qizil rang beruvchi pigment uchraydi.
Ishlatilishi. Isiriq xalq tabobatida qadimdan tutqanoq (quyonchiq) va boshqa kasalliklarni davolashda tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatilib kelingan. Shamollash kasalliklari avj olgan paytlarda isiriq tutuni bilan bemor yotgan xonalarni dezinfeksiya qilinadi. Ilmiy tibbiyotda isiriqning yer usti qismidan olingan dezoksipeganin gidroxlorid preparati nevrit, miosteniya, miopatiya, yarim shollik va miyaning ba'zi kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bundan oldin ilmiy tibbiyotda isiriqdan ajratib olingan garmin alkaloidining gidroxlorid tuzi parkinson (qo'l, oyoq va boshqa yerlarning doimo titrab turishi) kasalligini davolashda ishlatilgan. Keyingi vaqtda pegarmin preparati antixolinesteraz vosita sifatida tibbiyotda ishlatishga tavsiya etilgan.
63.Fеnol birikmalar saqlovchi dorivor o’simlik va mahsulotlarni tibbiyotda ishlatilishi.
Tarkibida fenollar, ularning unumlari va glikozidlari bo'lgan hamda tibbiyotda ishlatiladigan dorivor
o'simliklar va mahsulotlar quyidagi sinflarga bo'linadi:
I. Oddiy fenollar va ularning glikozidlarini saqlovchi.
2. Lignanlar saqlovchi.
3. Antratsen unumlari va ularning glikozidlarini saqlovchi.
4. Flavonoidlar saqlovchi.
5. Kumarinlar va furanoxromonlar saqlovchi.
6. Tanidlar (oshlovchi moddalar) saqlovchi dorivor o'simliklar.
TARKIBIDA FENOLLAR VA ULARNING GLIKOZIDLARI BO'LGAN DORIVOR O'SIMLIKIAR

Oddiy fenollar o'simliklar tarkibida kam uchraydi. Lekin ularning unumlari va glikozidlari bir qancha botanik oilalar vakillarida ancha keng tarqalgan. Oddiy fenollardan tibbiyotda ahamiyatliligi - floroglutsinni (l,3,5-trioksibenzolni) unumlari bo'lgan floroglutsidlar erkak paporotnik tarkibida bo'lib, tasmasitnon


(lentasimon) gijjalarga qarshi ta'sir ko'rsatadi va shu maqsadda tibbiyotda ishlatiladi.
Download 38,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish