LABORATORIYA ISHI № 2
Mavzu:
Oqava suvlardan namuna olish usullarini o’rganish.
Ishdan maqsad:
namuna
olish joyini aniqlash, olingan namuna turlari,
namuna olish davomiyligi va muddati, namuna olish qurilmasi bilan tanishish.
Olingan namunalarni
saqlash uchun idishlar, olingan namunalarni saqlash,
konservattsiyalash va transportirovkalash usullari bilan tanishish
Kerakli jihozlar:
1)
namuna olish uchun mahsus qurilma
2)
nomerlangan idishlar (kolbalar)
3)
pipetka
4)
byuretka
5)
shisha tayoqcha
6)
eksikator
Kerakli reaktivlar:
MnCl
2
*4H
2
O, KI, Na
2
S
2
O
3
*5H
2
O, kraxmal, H
2
SO
4
ichimlik soda, distillangan suv.
Ishni bajarish tartibi.
Olib kelingan namunalar
xona temperaturasiga
moslashgandan keyin filtrdan o’tkaziladi. Namuna olingan joyiga qarab 2 ml, 5 ml,
10 ml qilib o’lchanadi va olingan namunalar 250 ml o’lchov kolbaga solinadi
hamda metkagacha sodali suv bilan to’ldiriladi. Ikkita nomerlangan shishaga
yaxshilab chaykatilib teng bo’lib solinadi. Shisha
tayoqcha bilan nomerlargan
birinchi shishadan joy ajratilib 0,5 ml marganets xlor va 0,5 ml kaliy yodid
solinadi. Ikkinchi shishani og`zi mahkam berkitilib suv to`ldirilgan eksikatorga
solib quyiladi. Birinchi shisha og`zi berkitilinib 30 marta chayqatiladi va 2 soat
quyib quyiladi. Cho’kindi yaxshilab ajralgandan keyin 150 lik kolbaga to`nkariladi
va unga 3 ml dan 2:3 serniy kislotadan solinadi.
Tiosulfat bilan ozroq somon
rangga kelguncha titrlanadi. 1 ml kraxmal solinib tiosulfat bilan titr davom
ettiriladi to oqarguncha.
1.1. Namuna olish joyi.
Oqova suv havzalaridan namuna olish uchun suvning
qaysi xususiyatlarini o’zgarganligini aniqlashga bog’liq.
Shu maqsadda
tozalanayotgan suvni nazorat qilish uchun tozalash jarayonining texnologik
reglamenti bilan tanishamiz. Bu texnologik reglament nazorat qiluvchi korxanalar
bilan kelishilib, korxona rahbari tamonidan tasdiqlanishi kerak.
Tozalash
inshoatlaridan namunani har bir tozalash inshoatiga kirishidan oldin va
chiqayotgan vaqtida, bundan tashqari butun tozalash jarayonidan chiqayotgan
suvlardan olish kerak. Namuna olish joylariga to’siqlarsiz erkin yurib borish kerak.
Namunani turbulent
rejimda harakatlanayotgan, ya’ni bosim kuchi ostida
bo’lmagan yaxshi aralashayotgan oqimli uchastkalaridan olish kerak. Muallaq
holatdagi moddalar
miqdorini aniqlash uchun, namunani butun oqim yo’nalishi
bo’yicha yaxshilab aralashtirilgandan keyin olinadi. Suyuqlikning turbulent
aralashmasini butun oqim bo’yicha bir necha joyidan namuna olib, o’rtacha
namuna miqdorini aniqlash yo’li bilan ham almashtirish mumkin.