45
III BOB; ,,Maktab repertuari’’ fani bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini
tashkil etish texnologiyasi.
3.1. ,,Maktab repertuari’’ fanini o’qitishning samarali ish usul,
shakl va vositalari.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida ,,maktab repetuari’’fani bo’yicha amaliy
mashg’ulotlar hozirgi kunda guruh bo’lib ishlash shaklida tashkil etiladi. Shu
bois o’quvchi talabalarga ,,maktab repertuari’’ga mansub asarlarni berish,
talabalar bilan ishlash, ularning o’zlashtirishlarini nazorat qilishda ta’limning
an’anaviy metodlaridan (og’zaki metodlar, ko’rgazmali metodlar, amaliy
metodlar, o’yin matodlari) hamda ilg’or interfaol metodlardan foydalanish
mumkin. Bu o’rinda quydagi shartlarga amal qilga holda ish tutilsa maqsadga
muofiq bo’ladi:
- talabalarga berilgan vazifzlar ( asarlar) bosqichma-bosqich (1-sinfdan
boshlab yattinchi sinfgacha) bajarilishi rejalashtirilishi, simestirlarga qarab
mashg’ulotlar hajmi belgilanishi lozim. (Bu o’rinda ,,maktab repertuari’’ ni
o’zlashtirishni 1-kursdan boshlash va uni faqat ,,maktab repertuari’’o’quv
fanini o’tilishi jarayonida emas, balki 1-kursdan o’tiladigan ,,Cholg’u
ijrochiligi, vokal ijrochiligi, xor bo’lib kuylash, dirijyorlik’’ mashg’ulotlari
tarkibida tashkil etilish bilan olib borish nazarda tutulmoqda).
- Musiqiy asarlarni o’rganish jarayonida har bir asarning mazmuni,
xarakteri, janri, lad-tonalligi, tahlil qilinishi, yoki bu vazifa bevosita talabani
o’ziga yuklatishi mumkin.
- talaba asarni o’zlashyirishida dastlab asarni ,,Solfejio’’ qilib
o’rganishi, cholg’u asbobida qisimlarga bo’lib chalishi va kuylash orqali
o’zlashtirishi tushuntiriladi.
46
- o’qituvchi talabaning o’zlashtirishini har darsda nazorat qilishi,
kamchiliklarga o’z munosabatini bildirishi, ko’rsatib berishi, yushuntirishi,
asar talab darajasida o’zlashtirilgandan so’ng keyingi asarga o’tish kerak
bo’ladi.
- har semastir boshlanishida o’qituvchi o’z talabalari uchun individual
o’quv repertuar rejasini tuzishi, bunda har bir talabaning musiqiy qobilyati,
iqtidori, umumiy musiqiy va nazariy hamda amaliy ijrochilik bo’yicha
tayyorgarlik darajasini hisobga olishi va fanni o’zlashtirish bo;yicha maktab
dasturiga kiritilgan asarlarni har tamonlama (cholg’u asbobida chalish,
qo’shiq kuylash, unga dirijyorlik qilish, xor jamoasiga o’rgatish) o’rgata olish
darajasida o’zlashtirisiga erishish talab qilinadi.
Maktab
repertuari mashg’ulotlarini o’tish jarayonida amaliy
metodlardan foydalangan holda o’quvchilarning vokal-xor malakalari,
asarlarni tinglash, tasavvur qilish, kuylash, cholg’u asbobida chalish va
musiqaga mos ritmik asarlarni o’zlashtirish jarayonida talabalarning o’zini
musiqani tuzilishi, ifoda vositalarini tahlil qilish, unung shakli, janrlarini
aniqlash va nota o’qish ko’nikma va malakalarini shakillantirish kerak
bo’ladi. Vokal-xor malakalarini rivojlantirishda nota yozuvidan o’qish,
salfejiolash, sanab chalishda mashq-ritmik usulidan foydalanish ijobiy natija
beradi. Vokal-xor maakalarini ustida ishlashda ashulachilik nafasi, ovoz hosil
qilish, talaffuz, soz va ansambillik ustida ishlash bevosita amaliy
metodlardan foydalagan holda ish tutishni taqozo etadi.
Musiqa o’qitishning umumiy metodlari qatorida hikoya uslubi o’ziga
xos o’rin tutadi. Maktab repertuari bilan ishlash jarayonida musiqa asarining
g’oyaviy-badiiy mazmuni, konpozitori va matn muallifi tog’risida qiziqarli
ma’lumotlarni hikoya qilib berish, talaalarni asar haqida qo’shimcha
47
ma’lumotlarga ega bo’lishlari va asarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini
oshirish imkonini beradi.
Musiqiy asarning yaratilishi tarixi, sabablari, obrazlarning o’ziga xos
xususiyatlarini faqatgina hikoya, suhbat metodlari orqali qiziqarli bayon etish
mumkin. Bunda aniq misollar va hujjatli dalillarga tayanib ish tutish lozim.
Maktab repertuari mashg’ulotlarida talabalarni yirik va murakkab
asarlarni ijro etish, ularda tasvirlangan badiiy obrazlar olamiga olib kirish
uchun asarning syujetli mazmuni qiziqarli tarizda hikoya qilinadi. Bunda
syujet mazmununi hikoya qilish asosiy maqsad bo’lmay, balki bu
tinglovchilarni (maktabda o’quvchilarni) asarning musiqiy-badiiy mazmunini
chuqur, badiiy idrok etishiga yordam berishini ko’zda tutadi.
Mashhur va atoqli kishilar hayotiga musiqa sah’tining roli va
ahamiyatini ko’rsatib berishida ilmiy, adabiy va tarixiy manbalardan o’rinli
foydalanish mumkin. Masalan musiqaning inson hayoti va ijtimoiy hayotdagi
o’rni va ahamiyati haqida ,,Farobiy musiqa haqida’’, ,,Buyuk sharq
allomalarning musiq ilmi rivojiga qo’shgan hissalari’’ , ,,Alisher Navoiy va
musiqa’’ , ,,Borbad Mavreziyning musiqiy ijodi va faoliyati’’ mavzuyidagi
suhbat-hikoyalar talabalarni musiqa tarixi, musiqa ilmi bo’yicha qo’shimcha
adabiyotlarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoq va havaslarini kuchaytirishga
ta’sir etadi.
Musiqa asarlari o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra barcha yo’nalishlarda
ko’rgazmali uslublarda amalga oshiriladi. Shuningdek, musiqa o’zining
tuzilishi jihatidan melodik va garmonik tovushlardan iborat bo’lgan san’at
hisoblanadi.
Maktab repertuari fanini o’qitish jarayonida darslarni samarali bo’lishi
uchun ko’rgazmali uslublardan keng va o’rinli foydalanish katta ahamiyat
kasb etadi. Musiqani faqat eshitish a’zolari orqali tinglab yerish mumkin.
48
Bunga ko’rishga nisbatan musiqani his qilish uchun ko’rgazmali vositalardan
foydalanish, ya’ni nota yozuvlari, rangli tasvirlar, grafik chizmalar,
cholg’ular, dirijyorlik harakatlarini chizma tasvirlari musiqani jonli va badiiy
emotsional idrok etish uchun katta yordam beradi.
Musiqiy idrok etishda talabalarni o’rganilayotgan musiqa asarini
rivojlanishi kuzatilganda, shu o’rinda musiqada nima yoki qaday ma’nodagi
obrazlar ifodalanganligini ilg’ab olishda ko’rgazmalilik muhum ro’l
o’ymaydi. Shuning uchun ham musiqashunos olimlar musiqa mazmuni,
obrazlari yoki syujetlarini ifodalovchi tasviriy kartinalar, rasmlar, plokatlar
ko’proq kichik yoshdagi (boshlang’ich sinf) o’quvchilarini o’ziga jaib qilib,
qiziqishlarini kuchaytirishlarini alohida ta’kidlashadi. Bo’lajak musiqa
o’qituvchilarini amalda ko’proq harakatlanuvchi, masalan, dirijyorlik
harakatlari, musiqa o’lchivini taktlash, chalib ko’rsatish, raqs elementlarini
bajarish, kuy harakatini, ritmik sur’at (temp)ni doskada grafik chizma
yordamida ifodalash kabi ko’rgazmali uslublardan foydalanish yahshi natija
berishi biz olib borgan tajribalarda ham o’z isbotini topdi,
Maktab repertuari fanini o’tish jarayonoda musiqa ta’limining xususiy
metodlari ham yuqori samaradorlik kasb etishi mumkinligiga alohida e’tibor
qaratdik. Jumladan ,mashg’ulotlarni musiqaviy umumlashtiruv metodi
talabalarni musiqiy idroki, badiiy didini rivojlantirishga ijobit ta’sir etadi. Bu
metodni qo’lashda o’qituvchi quydagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim
bo’ladi:
-darsda tayyorgarlik ko’rish va uni loyihalashga barcha o’quv
materiallarini, vazifalarni aniq maqsqdga qaratishi lozim bo’ladi:
-o’rganilayotgan asar o’qtuvchi va talabaning o’zaro hakorlgida
o’zlashtiriladi:
49
-o’rganilayotgan
asarni
talaba
tamonidan
qay
darajada
o’zlashtirilganligi, ijroning badiiy sifati bo’yicha yakuniy xulosalar
chiqariladi:
Maktab repertuari fanini o’qitishda fanlar aro aloqadorlikdan
foydalanish ham o’ziga hos samarali uslublardan hisoblanadi. Bu o’rinda asar
g’oyaviy badiiy mazmuni tahlil qilishda ona-tili va adabiyotga oid, tarixiy,
harbiy, dostochilikka oid, shuningdek mumtoz va maqom musiqa
naninalarini o’rganishda musiqa tarixi, san’atshunoslik, foliklorshunoslikka
oid manbalarga tayanib ish tutish shular jumlasidandir. Bunda san’at turidagi
bunday mushtaraklik, aloqadorlik musiqiy asar mazmuni va mohiyatini
yaxshi tishunib, idrok etish, har qaday san’at asari eng avvalo hayotni,
voqelikni, kishilarning ichki dunyosi, orzu-umidlari, ruhiyatini aks ettirishi
tushuntiriladi.
Ma’luki kuylash paytidagi nutq talaffuzi oddiy so’zlashuv paytidagi
talaffuzdan farq qiladi. Bunda artikulyatsiya a’zolari (lab, til, jag’, tanglay, va
hakazo)ning faol harakatidagi hamjihatlik nazmiy so’zning musiqiy ohangida
fonetik vokal jihatdan aniq, ohangdor, mazmunan ifodalilik kasb etishga olib
keladi.
Vokal talaffuz masalalari “Birinchi sinf musiqa darslari” nomli o’quv-
metodik qollanmada ancha batafsil bayon etilgan.
Musiqa san’atida, ayniqsa, jamoaviy ijrochilik jarayonida eng muhum
qoidalardan biri ,,sozlanish’’ bo’lib, bo’lg’usi musiqa o’qituvchilari
o’quvchilarning boshlang’ich kuylash malakalarini tarbiyalashda ulardan
katta mahorat va bilim talab qilinishini chuqur anglab yetishlari talab etiladi.
Shuni alohida takidlash loziki, kichik bolalarning ovoz apparati juda
nozik va mo’rt bo’ladi. Shuning uchun uning fiziologik rivojlanishi
hususiyatlariga e’tibor bermasdan ish tutish bolalarning ovoziga salbiy ta’sir
50
etishi mumkin. Maktab repertuarini o’zlashtirishda talabalarni bu haqida
ogohlantirib, zarur maslahat va tavsiyalar berib borishi pedagogik
faoliyatning eng muhum talalaridan hisoblanadi. Biz ham tatqiqotimiz
davomida ushbu jihatlarga talabalar e’tiborini qaratishga harakat qildik.
Maktabda o’quvchilarning kuylashga qiziqtira olish ko’p jihatdan
urganiladigan mashq yoki qo’shiqning o’qituvchi tamonidan chiroyli, badiiy
ta’sirchan qilib kuylab berilishiga bog’liq bo’ladi. Chunki, yosh bolalar blilan
olib boriladigan voka-xor ishlari, asosan, ovoziga taqlid qilib kuylashiga
asoslanadi. Shu boisdan ham o’qtuvchining o’zi yoqimli kuylay olishi va
o’quvchilarni shunga da’vat etib borishi eng muhum didaktik vazifalar
jumlasiga kiradi. Bu eng avvalo o’quvchilarga bir tovushni mayin ovozda
cho’zib kuylahga o’rgatishdan boshlanadi. Bu mayin –ohangni g’ijjak yoki
skripka kamonini tortgandek qo’l haarakati ifodasi orqali ko’rsatib berish
bolalarga ijroning xarakterini yanada ravshan his etishlariga ikon beradi.
Ovozlarni zo’riqtirmasdan kuylatish uchun qo’shiq yoki vokal mashq
aytirishni primar tovush (sol 1-lya ²) ishchi diapazon (mi 1- si 1) va umumiy
diapazon (re 1- si 1) Do 2 me’yoriga amal qilish zarur. Bolalar besh
redekatoriga asoalangan falsetga yaqin bo’lgan ovozda kuylaydilar. Ovoz
hosil qilish ustida ishlaganda, bu ularning yagona kuylash uslubi bo’lganligi
uchun o’qtuvchining o’zi aynan shu ovozda kuylashga diqqatini qaratishi,
erkak o’qtuvchilar buni falsiet orqali ko’rsatib berisglari tavsiya etiladi.
O’quvchilarni 1-sinfdan boshlab ovozini sozlanishini bo’lajak
o’qituvchilar halq ta’limining dastlabgi bosqichlaridan bilin olishlari kerak.
Hozirgi vaqtda ta’lim sohasida o’qtuvchi o’quvchining eng yaqin
suhbatdoshi, maslahatchisi bo’lishi lozim. O’quvchilarga ta’lim-tarbiya
berishda eng samarali uslublardan foydalanish zamonaviy ta’limning dolzarb
51
vazifalaridandir. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ta’lim jarayoniga yangi
pedagogik va interfaol metodlarni jadal suratda kirib kelishi bejiz emas.
Interfaol so’z – lotinch inter so’zidan olingan bo’lib – orasida, o’rtasida
degan ma’nolarni bildiradi. Yani ikki shaxs o’rtasidagi munosabat, faollikdir.
Interfaol metodlar o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasidagi ta’limni o’zlashtirish,
munosabatlarni yanada kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Bu metodlar
ta’lim jarayoniga qanday tadbig’ etiladi?
Biz o’zimizning tajriba-sinovlarimizda ushbu metodlarning bir qator
turlaridan ijodiy foydalaniahga haraaakat qildik. Bunday metodlar
o’quvchilarni (talabalarni) fikirlashg, o’zini-tahlil qilishga,egallahgan
bilimlarni amalyotda qo’llashga, uning musiqiy tafakkurini boyitishga
samarali ta’sir ko’rsatadi.
Yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim tizmida mazmunan unga tegishli
bo’lgan dasturlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmaliva texnik
vositalarni umulashtirib, yagona maqsadga yo’naltirish omoli sifatida
interfaol metodlarni qo’llashga imkon yaratadi.
Mashg’ulotlarni interfaol uslublar yordamida tashkil etishda o’qituvchi
va o’quvchi faoliyati yetakchi tamoyilga aylanadi.
Maktab repertuari fanini tashkil etishda o’qituvchi ushbu metodlardan
qanday foydalanadi. O’quvchilarda hissiyot dinamikasini maqsadga muofiq
ravishda yo’naltiruvchi pedagogik uslublarni o’z ichiga oluvchi darslarni
tashkil etish, uchun ,,guruh bilan ishlash’’, ,,munozara’’, ,,muammoli
o’qitish’’, ,,aqliy hujum’’, ,,yakka tartibda ishlash’’, ,,tarmoqlash’’, ,,kuyni
ton’’, kabi interfaol metodlar. Shuningdek jadvallar bilan ishlash, mustaqil
fikirlashni ifodalaydigan yozma ishlar o’quvchilarni faolligini oshiradi.
Bu kabi metodlar asosida tashkil etilgan darslardan eng yaxshi natija
berayotganini tanlash, musiqa asarlarini o’rganish jaryonida egn samarali
52
variantlargdan foydalanish masadga muvofiqdir. Bunda sinf (vokal sinfi,
cholg’u ijrochiligi sinfi, dirijyorlik sinfi) jamoasini maktabda esa muayyan
sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lib ishlashga da’vat etish, har bir guruh bir-
biridan o’rganishi, o’rganganlarini o’z-saloxiyatlari doirasida baholashi, o’z
bilimlarini muttasil oshirishga undaydi.
Maktab o’quvchilarining musiqiy qobilyatlarini rivojlantirish, musiqani
emotsional his etishlari uchun bo’lajak musiqa o’qituvchilarini qo’shiq aytish
malakalari va cholg’u asboblari bilan ishlash mahoratini shakllantirish
jarayonida musiqa asarlarining asosiy mazmun va mohiyatini teran
anglashlari, idrok etishlari, musiqaviy didlarini tarbiyalash eng muhum
vazifalar hisoblanadi.
Talabalar
maktab
repertuari
fanidan
qo’shiq
yoki
kuy
o’rganayotganlarida asarning matni va ijrochilik usullarini, cholg’u sozida
qanday o’z-o’ziga jo’rnavozlik qilib ijro etishni mukammal o’zlashtirishlari
lozim. O’rganilgan asar faqat repertuar sifatida emas, balki ijrochilik
malakalarini mustahkamlash, o’z ustida mustaqil ishlash, notaga qarab
chalish, yangi musiqa asarlarini o’rganishda bo’lajak o’qituvchilarning
amaliy ish faoliyatida muhum ro’l o’ynaydi.
Bundan tashqari talabalar turli ansambillar (unison, duet, trio, kvartet,
kivintet, oktet vahokozolar)da ijro etishlari katta ahaniyatga ega. Bunda ular
musiqa asarlariga jo’r bo’lib cholg’u sozida ijro etadi, bir vaqtda o’z ijrosini
eshitadi, boshqalarni ham eshitib, nazorat qilib boradi. Talabalar ansambilda
ijro etishganda asarlardagi obrazlarning mohiyatini chuqurroq his etadilar, bir
me’yorda, darajada ijro etishni o’rganadilar, bu o’zining ijrochilik malakasini
takomillashtirib boradilar. Bunday tarzdagi mashg’ulotlarda asarning
musiqaviy jumlalari ustida ishlasi, musiqa xarakterini aniqlash, musiqa
jarayonida uning mazmunini ifoda etishga intilish, tinimsiziz mashiq qilish
53
asosida maqsadga erishishga intiladi. Bu esa ularga malaka oshirish maktabi
sifatida ham xizmat qiladi.
Talabalar bilan maktab repertuari fanidan o’tiladigan mashg’ulotlar
jarayonida har talabaning musiqiy ijrochilik qobilyati (sluxi, xotirasi,
texnikasi) hisobga olinishi va o’rganiladigan asar obrazlari ularga to’liq
tushuntirilishi va shindan so’ng o’rganilishi lozim. Buning uchun musiqa
asarini har tamonlama qayta ishlashga to’g’ri keladi. Talabalardan hardoim
kuylash va chalish malakalarini va uslublarini takomillashtirib borishini talab
qilish kerak. Ular o’rganayotgan qo’shiq kuylarni to’g’ri va qulay ijro
uslublarini bilib, so’ngra notaga qarab ijro etishlari to’g’ri bo’ladi. Talabalar
ijro etayotgan asarlarini nota yozuviga xususiyatlarini to’g’ri tahlil qilishlari,
dinamik belgilarni, bezaklarni yaxshi ifoda etish bilan asarni notaga qarab
ijro etish malakalarini oshirib borishlari lozim boladi.
Talabalarga maktab repertuari fanini o’tish jarayonida ularning musiqiy
uquvi o’sishini nazorat qilib, kuzatib borish ham o’qituvchining zimmasidagi
vazifadir. O’qituvchi har bir musiqa asarini birinchi marta notaga qarab
chalganda aniqroq, ifodaliroq ijro etishi oquvchi-talabalarni shu asarni
mukammal idrok etishlariga yordam beradi.
Dastur talablariga ko’ra talabalar maktab repertuari fanini o’tilish
jarayonida asarlarning ohangini kuylashlari, chalishlari, ritmika, dinamikasini
yaxshi idrok etib, jo’r bolib kuylashlari va asar frazalarini ifodalashlari talab
etiladi. O’qituvchi esa o’znavbatida har bir talabaning imkoniyatlarini,
musiqiy qobiliyatlarini shxsiy reja tuzum va maktab repertuariga oid asarlarni
berishda hisobga olishi lozim bo’ladi.
Maktab repertuari fanidan dars berayotgan o’qituvchidan o’z
talabalaridan musiqiy uquvini, har tamonlama shakillantirish uchun tinmay
izlanish talab etiladi.
54
Maktab repertuari mashg’ulotlarida o’qituvchi talabalarga musiqa
asarlarini o’rganish bilan bir vaqtda ularning axloqiy-estetik tarbiyalarini
shakillantirib boishni unitmasligi lozi. Repertuardagi xalq kuylari,
qo’shiqlari, mumtoz va maqom namunalarini o’rgatishda ularning o’ziga xos
janr xususiyatlari, milliy ohanglari, qochirim, nolalariga e’tibor qilish
talabalarda bu asarlarga nisbatan mehr-muhabbat hislarini kuchaytirishni
taqozoetadi.
Talabalarning badiiy ijrochilik texnikasi rivojlanishida musiqa
asarlaridagi alohida diqqat-e’tiborga sazovor bo’ladigan frazalarni hissiy
qabul qilish katta ahamyatga egadir. Talabalar musiqiy asarni hissiy-
emotsianal qabul qilish jarayonida musiqiy asarni asosiy qismini kuylash va
chalish texnikasini rivojlanishiga oid individual uslublari ham rivojlanadi.
Maktab repertuarini o’tayotgan o’qituvchilar yangai bolalar qo’shiqlari
va cholg’u asarlarini talabalarnina cholg’u ijrochiligi va vokal-xor kuylash
imkoniyatlaridan kelib chiqib cho’rnavozlikdagi ijrosiga alohida diqqat
qaratishi lozim. Chunki, maktabda musiqa darsi aynan
musiqa
o’qituvchisining jo’rnavozligida olib boriladi. Umum ta’lim maktablari
“musiqa madanyati” fani o’quv dasturida ko’rsatilmagan qo’shiqlarni, orginal
asarlarni ham talabalar uchun tavsiya etilgan semestr dasturiga kiritish
mumkin, lekin bunday asarlar talaba va o’quvchilarning umumiy musiqiy
qobilyatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadigan bo’lishi lozim.
Pedagog talabalar bilan musiqa asarlari ustida ishlaganda ularning
kamchilik va yutiqlarini ko’rsatib, kelajakda ularni o’z ustida mustaqil
ishlashi va mustaqil ravishda asarlarni o’rganishlari va maktab faoliyatida
qollashlari yuzasidan yo’l-yo’riqva korsatmalar berib borishi o’ziga hos ish
uslublaridan hisoblanadi.
55
Talabalar o’quv mashg’ulotlari jarayonida va mustaqil ta’lim shaklida
o’rgangan asarlarini har smestr yakunida pedagogik va o’quv amaliyotlarda
ijro etishlari, o’zlarining ijrochilik malakalarini oshirib borishlariga to’g’ri
keladi. Bu faoliyat juda katta ahamyatga ega bo’lib, har smestr yakunida
talabalarni maktab repertuarini qaydarajada o’zlashtirganligini aniqlash
uchun nazorat o’tkazilishi kerak.
Nazoratlarda talabalar bir, ikki, uch ovozli qo’shiqlarni, bir necha qsimli
kuylarni (sinflar kesimida dastur bo’yicha) chalib berishlari, kuylashlari
lozim bo’ladi. Bu kelajakda musiqa darslaridagi qo’shiq o’rgatish, musiqa
tinglash va ko’p ovozli musiqa asarlari bilan ishlash (xor jamoasiga o’rgatish)
qobilyat va mahoratlarini shakillanishiga bo’lajak o’qituvchilarning bilim
ko’nikma va malakalarini takomillashuviga keng imkoniyat yaratadi.
Maktab repertuari bo’yicha tegishli nazoratlar o’tkazilishida mavjud
dastur va darsliklarga ko’rsatilgan talablarga asoslangan holda, o’quv
soatlari to’liq o’tilganda talaba quyidagich bilim va malakalari asosida reting
ballari bilan baholanishi mumkin.
a) Kuylash jarayonida sof unisonga, intonatsiyaga erishish;
b) asarning ma’lu frazasi yoki boshidan oxirigacha hamma bandlarini
to’la (birinchi va ikkinchi ovozlarda) kuylay bilishi;
v) asarni cholg’u asbobida qiyinchiliksiz chalishi va jo’rlikda ijro eta
olishi :
g) asarni kuylayotganda registrlarni bilishi va sezishi, dinamika, temp,
lad, haqida tushunchaga ega bo’lishi;
d) uch asosiy janr- qo’shiq, raqs, marsh musiqalarini ajrata bilish haqida
qo’shiq va cholg’uchilik janrlari haqida to’liq tushunchaga ega bo’lishlari;
e) musiqiy janrlar va ularning tuzilishi haqida to’liq ma’lumotga ega
bo’lishi:
56
j) musiqaning eleentar nazaryasi kursini to’liq o’zlashtirish;
z) notaga qarab, varaqdan o’qish, solfedjiolash malakalariga ega
bo’lishi;
Maskur talablar maktab repertuari predmeti bo’yicha o’tilgan barcha
o’quv materiallari asosida baholaydi.
,,Maktab repertuari’’ fani o’quv mashg’ulotlari o’tkaziladigan
xonalarning jihozlanishi ham katta ahamiyatga ega bo’lib,u yerda qo’yilgan
ko’rgazmali, texnik vositalar ta’lim mazmundorligi, sifat va samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Sinf xonasida ta’lim-tarbiya berish maskani ekanligini hisobga olib
davlatimiz ramzlarini ifodasi alohida “ma’naviyat ko’zgusi”, musiqa san’tida
katta xizmat qilgan olimlar, bastakorlar, kompozitorlar, o’tmishda yashab
ijod qilgan buyuk mutafakkirlar suratlari va musiqa nazaryasiga oid
malumotlarni o’z ichiga olgan ko’rgazmali jihozlar qo’yilishi lozim.
Talaba-yoshlarga musiqa san’ati bo’yicha ta’limva tarbiya berishda
etiborni ko’proq ularni dunyo qarashini o’stirishga xizmat qiluvchi ilmiy,
ma’rifiy manbalardan foydalanishga qaratish zarur.
Maktab repertuari uchun zarur adabiyotlar, talabalar tomonidan
tayyorlangan amaliu ishlar, musqa olamidagi yangiliklarga ham o’rin
ajratilishi mashg’ulotlar sifatiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |