3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har qanday jamiyatning istiqboli uning ta’lim-
tarbiya maqomiga, yaratilgan tizimi, uning mohiyati, shart-sharoitlariga
bog’liq bo’ladi. Zotan, ta’limning mazmuni va sifat darajasigina jamiyatning,
davlat va millatning kelajagini taminlaydigan, nufuzini belgilaydigan omil
hisoblanadi.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyotning dastlabki kunlaridanoq ana shu
haqiqatni o’z mustaqil rivojlanishning eng to’g’ri yo’li deb qabul qildi va
ta’lim-tarbiya mazmunining taraqqiy etgan mamlakatlardagi darajaga
ko’tarish, uni eng asosiysi milliy asoslarda shakillantirishga birinchi darajali
vazifa deb qaradi. Chunki, mustaqil rivojlanish yoliga o’tgan mamlakatning
istiqboli va kelajagi har jihatdan yetuk, bilimli kadrlarga bog’liqligini o’z
vaqtida teran anglab yetgan Prizidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov
shunday ta’kidlagan edi: “Biz oldimizga qanday vazifalarni qo’ymaylik,
qanday muammoni yechish zarurati tug’ilmasiligidan qatiiy nazar oxir-oqibat
borib kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish
mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o’rnimizga kim
kelishiga yoki boshqacharoq aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga
bog’liq”
1
I .Karimovning teran siyosiy-ma’rifiy ta’limoti negizida zamon
talablariga javob beradigan, yuqori malakali, raqobat bardosh mutaxasis
kadrlar tayyorlash bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmaydigan
muammo bo’lib qolmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining talim
jarayoniga tadbiq etishning eng murakkab va masuliyatli tamoni birinchi
navbatda umumtalim maktablarda dars berishga har jihatdan tayyor malakali
1
I.Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. Toshkent, O’zbekiston .1999 yil. 19- bet.
4
o’qituvchilar tayyorlashdan iboratdir. Bu vazifani bajarish bugingi kunda
o’qituvchilar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan pedagogika oliy o’quv
yurtlarida ta’limni qay darajada yo’lga qo’yilganligiga va sifat darajasiga
bog’liqdir. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, o’sib kelayotgan
yoshlarni barkamol, bilimli, zakovatli shaxs sifatida tarbiyalash mas’ulyati
oliy o’quv yurtlarining bitiruvchilarining malakaviy tayyorgarligi, o’z kasbi
va bolalarga mehr-muhabbatiga va mutaxasislik fanlari bilan birga
pedagogika, pisxalogiya va o’qitish metodikasidan qay darajad
xabardorligiga bog’liq bo’ladi.
Kuzatuvlarimizda shu narsa ayon bo’ldiki, hozirgi kunda pedagogika
oliy o’quv yurtlaridagi “musiqiy talim” ixtisosligida tahsil olayutgan
talabalarni aksar ko’pchilik qismi to’g’idan-to’g’ri umumiy o’rta ta’lim
maktablari bitiryvchilaridir. Ular oliy dargohda o’qish davomida musiqa
san’atining bir necha turlari, yani musiqachi-pedagog uchun mutaxasislik
hisoblanmish barch fanlardan har o’quv smestirda ko’pi bilan 4-5 tadn asarlar
o’rganadilar. Vaholanki cholg’u asboblarida chalish, qo’shiq kuylash,
dirijorlik kabi musiqa o’ituvchisining kasbiy faolyatida hal qiluvch
hisoblangan bu fanlarni zarur darajada o’zlashtirish uchun bu juda kamdir.
Shu sababli bo’lsa kerakki, 4-bosqich talabalarining pedagogik amalyot
davridagi dars jarayonida cholg’uchilik, xor jamoasi bilan ishlash, dirijorlik
qilish bo’yicha bilim va amaliy mashg’ulotlarni malakalari juda nochor
ekanligi yaqqol sezilib turadi. O’z-o’zidan ravshanki, ularning musiqa
darslarini talab darajasida o’tishi uchun tayyor emas. Oz fursatdan so’ng ular
maktablarga yo’l olishadi. Ushbu muammolarni ijobiy hal etish to’grisidagi
mutahassis olimlar, pedagoglar bilan muloqatlar natijasida shunday xulosaga
keldikki, pedagogika oliy o’quv yurtladagi talim mazmunida yuzaga kelgan
muammolar hozirgi holatda “Musiqiy talim” o’quv rejasidagi “Maktab
5
repertuari” fani o’quv soatlarini ko’paytirishni, o’quv dasturiga musiqa
madanyati fani bo’yicha 1-7 sinf o’quv materyallarini to’liq o’zlashtirish
ko’zda tutilgan talablarni kiritish va mustaqil talim soatlaridan maksimum
foydalanish vazifalarini qo’yadi.
Pedagogik oliy o’qv yurtlarining “musiqiy ta’lim” yo’nalishlarida
“Maktab repertuari” fanini o’qitilishining bosh maqsadi ham bo’lajak
o’qituvchilarni umumiy o’rta talim maktablarida “musiqa madanyati” fani
o’quv dasturiga kiritilgan kuy va qo’shiqlarni yetarli darajad o’rganib,
o’zining kelgusidagi o’qituvchilik faolyatida erkin foydalana olish layoqatiga
ega bo’lishlarini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun oliy pedagog ta’lim
tizmidagi “musiqa ta’limi” yo’nalishlardagi “Maktab repertuari” fanini
o’qitishni tubdan o’zgartirish, bu boradagi muamolarni o’rganish, ularni
ijobiy yechimiga erishish imkonini beruvchi ta’lim jarayonini, nazariy,
tashkiliy va amaliy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish lozim. Aynan mana shu
zarurat biz tamonimizdan magistirlik disirtatsiyasi ilmiy-tadqiqot mavzusini
“maktab repertuari fanini o’qitish jarayonida bo’lg’usi o’iqtuvchilarni kasbiy
faoliyatga tayyorlashning uslubiy asoslari” nomlanishida tanlashimizga sabab
bo’ldi.
Mavzu muammosini musiqa pedagogikasida aynan shu tarzda maxsus
o’rganilmaganligi uning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqotning maqsadi: Maktab repertuari fanini o’qitish jarayonida
bo’lg’usi musiqa o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning mavjud
holatini o’rganish, ushbu jarayonni sifat va samaradorligini ta’minlash
imkoni berish ilmiy asosli metodik tizmini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti: Oliy pedagog ta’lim tizmi “musiqa ta’lim”
yo’nalishlarida “maktab repertuari” fanini o’qitish jarayoni.
6
Tadqiqot predmeti: Maktab repertuari fanini o’qitishga yangicha
pedagogik yondoshuvlar mazmuni, o’quv jarayonini sifat-samaradorligini
ta’minlash imkonini beruvchi ish shakl, usul va vositalari.
Tadqiqot vazifalari:
1. Maktab repertuari fani o’qitilishiga oid ilmiy, uslubiy adabiyotlarni
o’rganish, tahlil qilish.
2. Oliy pedagogik ta’lim tizimida “maktab repertuari” fanining o’qitilishi
holatini va talabalarning o’zlashtirish darajalarini aniqlash;
3. Maktab repertari fanini o’qitilishida mavjud muammolarni o’rganish,
fanni o’qitilishida uning sifat-samaradorligini ta’minlash imkonini beruvch
ish shakl, usul va vositalarni aniqlash.
4. Maktab repertuari fanini o’rganish jarayonida talabalarni kasbga
tayyorlashning yuqori samaradorlikka ega o’ziga xos bo’lgan metodik tizimni
ishlab chiqish.
5. Ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |