3.2. Maktab repertuari fanini o’qitishning samarali usullarini
amaliyotga tadbig’i.
Tadqiqot muammosi yechimi yo’lidagi izlanishlarimiz, o’tkazilgan
tadqiqiy-
tajribalar
jarayonida
uzluksiz
ta’limning
nazariy
va
mashg’ulotlarini tashkiliy tuzilishi xususiyatlari hamda ta’limning didaktik
ta’moillariga ko’ra oliy pedagogik ta’lim tizmiga “maktab repertuari” fanini
57
o’qitilishi va mazkur fan bo’yicha bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbiy
tayyorgarligi, xususan umumta’lim maktablari “musiqa madanyati” fani
bo’yicha tayyorgarlik darajalarini kuzatdik. Kuzatuvlarimizning ilk
bosqichlaridayoq pedagogik oliy o’quv yurtlari “musiqiy ta’lim” yo’nalishida
tahsil olayotgan bakalavrning “maktab repertuari” fani bo’yicha maktab
faoliatiga tayyorlsh ishlari qoniqarsiz ekanligiga ishonch hosil qildik. Bu esa
o’z navbatida bir qator pedagogik shart-shroit, ta’limning me’yoriy-dasturiy
xujjatlariga ko’ra mazkur fanni o’qitilishidagi va unga bo’lgan munosabatni
tubdan o’zgartirish lozimligini ko’rsatar edi.
1. O’zimiz ta’lim tizmida har bir fanni o’qitilishi oddiydan murakkabga,
izchillik, davomiylik tamoillari asosida yo’lga qo’yilishi lozim bo’lgani holda
hozirgi vaqtda pedagogika oliy o’quv yurtlaridagi musiqa o’qituvchilari
tayyorlashga ixtisoslashtirilgan “musiqiy ta’lim” yo’nalishida tahsil
olayotgan talabalarni 80-85%oliy ta’limga kelgunga qadar eng asosiy
boshlang’ich musiqiy ta’lumotni yetarli darajada egallamagan talabalar
ekanligidir. Bunday vaziyatda ularga mutaxasislik fanlaridan dars berayotgan
pedagoglarning juda ko’p mehnati talabalarni birinchi galda musiqiy nazariy
savotxonligini shakillantirishga sarf bo’layotganligini, ularni tegishli fan
dasturlari talablariga ish tutishlariga yetarli imkoniyat berilmayotganligiga
olib kelmoqda.
2. Oliy pedagogik ta’lim tizmida tahsil olayotgan, lekin boshlang’ich
musiqa mashg’ulotiga ega bo’lmagan (musiqa maktabi, kasb-hunar
kollejlarini “musiqa ta’lim” yo’nalishlarida o’qimagan) talabalar bir smestr
davomida eng ko’pi bilan 3-4 ta shakildagi, uncha murakkab bo’lmagan
(cholg’u kuylari, vokal-qo’shiq, dirijorlik bo’yocha asar) musiqiy asarlarni
o’zlashtirishlaridan tashqari ko’zda tutilgan mustaqil ta’lim doirasida
58
“maktab repertuari” boyicha maktab dasturiga kirgan asarlarni o’rganish va
o’zlashtirish imkoniyatini chetlab o’tmoqda.
3. Aslida yakka tartib holida o’tilishi lozim bo’lgan, amaliy ijrochilik
bilan bogliq “cholgu ijrochiligi”, “vokal ijrochiligi”, “dirijorlik” va jamoaviy
shakildagi “xor va xorshunoslik” guruh holda o’tilishiga o’zgarganligi mavjid
muammoli vaziyatni yanada murakkab tus olishiga sabab bo’ladi. Takidlab
o’tilgan fanlarni o’qitilishi jarayonida fan o’qituvchisi tomonidan har bir
talabani fanni yetarli darajada o’zlashtirishibo’yicha o’ziga xos ijrochilikning
badiiy sifati, ijrochlik texnikasi, ko’rsatib berish, namoyish qilish, ijroni
boshqarish, jo’rnavozlik, ijroni badiiy bezaklash kabi muhim jihatlarni
nazorat qilishi qiyin bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ta’limning sifat va
samaradorligini susayib ketishiga asosiy sabab bo’lib, bunday vaziyatda
talabalarni qo’shimcha ravishda asarlar o’rganishi imkoniyatlarini cheklab
qo’yadi.
4. “Musiqiy ta’lim” yo’nalishining amaldagi o’quv rejasiga ko’ra
“maktab repertuari” fani 3- bosqichda o’tiladi va maskur fanga juda ham kam
soat ajratilganligi eng katta muammolardandir. Bizning nuqtaiy-nazarimiz,
tajribali musiqa o’qituvchilari, soha mutaxassislari fikriga ko’ra oliy o’quv
yurtida o’qiyotgan talabalar to’rt yillik tahsil davomida birinchi sinfdan-
yettinchi sinfgacha bo’lgan musiqa fani dasturi va darsliklariga kiritilgan
asarlarni eng asosiy qismini (70-75%) o’zlashtirganda ularni amaliy
faoliyatda bemalol dars jarayonida tadbiq etaolishlari mumkin;
Pedagogika oliy o’quv yurtlaridagi mavjud holatni kuzatish, bo’lg’usi
musiqa o’qituvchilarni maktab faoliyatiga tayyorlash imkoniyatlarini aniq
mezonlarini belgilash zaruratini vujudga keltiradi.
Uumiy
o’rta ta’lim maktablarining ta’lim amaliyoti musiqa
o’qituvchilarini 1-7 sinflarda musiqa darslarida o’quvchilarg o’rgatish uchun
59
tavsiya etilgan asarlar bilan tanishtirib ularni maksimal darajada o’zlashtirish
talabalarni kasbiy malakaviy tayyorgarligini belgilovchi muhum omil
ekanligini tasdiqlaydi.
Shu bois ham oz tadqiqotlarimizning maqsadi va vazifalaridan kelib
chiqqan holda “musiqiy ta’lim”yonalishi talabalarini 4-bosqich 7-smestrida
boshlanadigan pedagogik amalyot davrida talaba o’tilgan amaliy ijrochilik
fanlari mashg’ulotlarida maktab repertuari fanlari bo’yicha qo’shimcha
darslar tashkil etish, 1-3- kurslarda esa mustaqil ta’lim soatlari bo’yicha
talabalarga maktab repertuarini o’zlashtirish imkoniyatini berish yuzasidan
o’zimizning dastur-loyixamizni ishlab chiqdik va fan o’qituvchilariga
tarqatdik. Tadqiqotimizning mavzusi, vazifalari nuqtai-nazaridan bizning bu
tajribaviy ishlarimiz kafedra tamonidan maqullandi va biz cholgu ijrochiligi,
vokal ijrochiligi, dirijyorlik, xor va xorshunoslik hamda maktab repertuari
fani o’qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib bordik. Bu bizning tajriba-sinov
ishimiz yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlarimizning natijasini, ya’ni
bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda “maktab
repertuari” faning o’rni va ahamatini aniqlashni ko’zda tutar edi.
Tajriba-sinov dasturiga muvofiq tajriba obekti sifatida A. Navoiy
nomidagi Samarqand davlat universiteti hamda A.Qodiriy nomidagi Jizzax
davlatpedagogika institutining “musiqiy ta’lim” yo’nalishlari tanlandi. Bunda
har bir kursdan ikkitadan guruh tanlab olindi. Biri tajriba va biri nazorat
guruhi sifatida tajriba boshida tanlab olingan tajriba guruhlarida yuqorida
aytib o’tilgan 4 ta fan bo’yicha fan o’qituvchilari bilan kelishgan holda
smestrlar dasturiga maktab repertuari namunalaridan 8-10 tagach
namunalarni mustaqil ta’lim soatlari hisobidan o’zlashtirishlari unga
o’qituvchilarning nazorati yo’lga qo’yiladi.talabalarning maktab repertuarini
dars va darsdan tashqari faoliytda o’rganishlari va o’zlashtirishlarni tashkil
60
etish, nazoratqilish, biz tamonimizdan tavsiya etilgan samarali ish usul,
vositalaridan foydalangan holda bu jarayonni boshqarish maskur
tadqiqotning oldingi paragrafidakeltirilgan, bayon qilingan talablarga ko’ra
amalga oshirishini kuzatib borildi. Ushbu faoliyatning samarali kechishi
uchun talabalargamaktab repertuarini o’zlashtirish natijalari ularni fanlarni
o’zlashtirishi va amaliyot davridagi bilimlarini baholashda e’tiborga olinishi
belgilab qo’yiladi.
Tajriba ishlarining dastlabki bosqichida talabalarning “maktab
repertuari” ni o’zlashtirish darajalari o’rganib chiqildi. Bunda 2-3-4-kurs
talabalarining “maktab reperturi” bo’yicha bir yillik o’zlashtirish holatini
lozim topildi. Talabalarni kurslar kesimida “vokal ijrrochiligi”, “cholg’u
ijrochiligi”, “dirijyorlik”, “xor va xorshunoslik asoslari” fanlaridan “maktab
repertuari”ga oid bir yilda nechta asar o’rganishgani qay darajada
o’rganganliklari maxsus tashkil etilgan ekspert guruhi tomonidan o’ziga xos
nazorat shaklida ko’rib chiqildi. Bunda talabalarning o’zlashtirish darajalarini
baholash bo’yicha mezonlar ishlab chiqildi. Agar talaba:
1. 4 ta fanni har biridan 8 tadan 10 taga qadar asarni cholg’uda cholib,
yakkanavozlik qilib “ashulla yo’lini” ijro etsa ijroni sifati, talabaning
kuylash, cholg’u asbobida chalish mahorati, nazariy savotxonligi (savollarga
javoblarga qarab) uchun 80-100 ballgach baholash; (4 ta fan bo’yicha olingan
ballar yig’indisi 4 ga bo’linadi va talabalarning yakuniy baholash bali kelib
chiqadi).
2. Talaba har bir fandan 6 tadan 8 taga qadar asarni cholg’u asbobida
chalib, o’z cholg’usida ashulla yo’lini yakka navozlik qilib kuylab, dirijyorlik
qilib bersa ijroning sifati, kuylash, cholg’u ijrochilik mahorati, nazariy
savollarga javoblariga qarab 60 dan 80 balgacha baholash;
61
3. Talaba har bir fandan 4 tadan 6 tagach asarni cho’lg’u asbobida
chalsa, ashulla yo’lini kuylasa, dirijyorlik qila bilsa, nazariy savollarga
javoblariga qarab, 40 balldan 60 ballgach baholash;
4. Talaba har bir fandan 4tagacha yoki undan kam asarni cholg’u
asbobida chalib, ashulla yo’lini kuylab asarga dirijyorlik qilib nazariy
savollarga javob berishi 40 ballgacha baholash.
Talabalarning
ushbu mezonlar asosida ,,maktab repertuari’’ni
o’zlashtirishi bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazishgacha natijalar ballar
yig’indisiga ko’ra uch ko’rinisgda darajalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |