66
Umumiy xulosalar.
Ushbu tadqiqot ishini bajarish davomida kuzatilgan va erishilgan
natijalar tahlili quydagicha umumiy xulosalar chiqarishga asos bo’ldi.
1. Respublikamiz ta’lim tizimining eng asosiy bo’g’ini hisoblanmish
umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasini zamonaviy
talablarga muvofiq tashkil etish, musiqa san’ati, uning turli mavzu, yartilgan
xalq musiqa merosi, mumtoz va maqom, qardosh xalqlar, akademik
uslubdagi nihoyatda xilma-xil janrlardagi asarlarni o’rganish, ular
mazmunida ifodalangan umuminsoniy g’oyalar, falsafiy, badiiy obrazlarga
singdirilgan tarbiyaviy-ta’sirchang fikirlar orqali yoshlarni ma’naviy va
estetik barkamol shaxs qilib tarbiyalash birinchi navbatda yuqori malakali
pedagog kadrlar ga bog’liq.
Bizga ma’mumki maktabda musiqa darslari o’zining tuzilishi va
tashkiliy xususiyati bilan boshqa fanlarni o’qitilishidan jiddiy farq qiladi. Bu
eng avvalo, musiqa darslarini bir qator faoliyatlar uyg’unligida tashkil
etilishida ko’rinadi. Bu faoliyatlar srasida “musiqa tinglash” va “jamoaviy
ijrochilik” faoliyatlari yetakchi o’rin egallaydi. Bu faoliyatlarda ta’lim asosan
takidlab o’tilgan mavzu va janrlardagi musiqa asarlarini tinglash va kuylash
bilan
amalga
oshiriladi.
Aynan
mana
shu
jarayonda
musiqa
o’qituvchilarining “maktab repertuari”ga tayyorgarligi hal qiluvchi ro’l
o’ynaydi. Chunki bu jarayonda o’qituvchi bir vaqtni o’zida musiqa asarini
biror cholg’u asbobida ijro etuvchi (jo’rnavozchi, namoish etuvchi), xonanda
(qo’shiqni aytib ko’rsatuvchi), tinglangan, o’rganilgan va kuylanadigan
asarlarni musiqiy, tarixiy va badii, nazariy tahlil qiluvchi musiqachi-pedagog
sifatida namoyon etadi. Bu o’rinda uning oliy o’quv yurtida “maktab
repertuari” bo’yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ijrochilik ko’nikma va
malakalari hal qiluvchi ahamyat kasb etadi.
67
2. musiqa o’qituvchisining kasbiy faoliyatga qoyiladigan bunday
serqirralik ularni oliy pedagogik ta’lim davridan ushbu faoliyatga har
jihatdan puxta, to’la qonli tayyorlab borishini taqozo etadi.
Tadqiqot
davomida olib borilgan kuzatuvlar, umum ta’lim
maktablaridagi musiqa darslarini va pedagogika oliy o’quv yurtlaridagi
“musiqiy ta’lim” o’quv rejasidagi “maktab repertuari” predmetini o’qitilish
holatini o’rganish davomida bu o’rinda o’z yechimini kutayotgan jiddiy
muammolar mavjud ekanligi aniqlandi. Shu bois biz o’z tadqiqiy
izlanishlarimizda
ushbu
muammolarni
bir
munch
bartaraf
etish
imkoniyatlarini aniqlash va uning uslubiy asoslarini ishlab chiqishga harakat
qildik.
Pedagogika oliy o’quv yurtlaridagi “musiqiy ta’lim” yo’nalishi o’quv
rejasidagi “maktab repertuari” fanini alohida predmet sifatida tashkil etish;
- “maktab repertuari” fani o’quv dasturini umum ta’lim maktablarining
“musiqa madanyati” fani 1-7- siniflari dasturiga kiritilgan asarlarni
o’zlashtirish nuqtai-nazaridan shakillantirish;
- “maktab repertuari” ni o’qitilishini 1-7- sinflar kesimida oliy o’quv
yurtidagi 1-4- kurslar bo’yicha o’tkazilishini yolga qo’yish;
- “maktab repertuari” mashg’ulotlarini “musiqiy ta’lim” yo’nalishi
o’qquv rejasidagi “vokal ijrochiligi”, “cholg’u ijrociligi”, “dirijyorlik”, “xor
va xorshunoslik asoslari” fanlari negizida o’rganilishini yo’lga qo’yish.
Bunda qo’shimcha soatlar hisobiga maktab repertuariga mansub asarlarni
o’zlashtirib borish ko’zda tutilishi lozim;
- “maktab repertuari” o’quv soatlari hajmini ko’paytirish;
- “maktab repertuari” bo’yicha mashg’ulotlarini tashkil etilishini ilmiy
asoslangan metodik tizimini ishlab chiqish va amalyotga tadbiq etish orqali
68
bo’lg’usi musiqa o’qituvchilarini maktab faoliyatiga tayyorlash ishlarini
muvaffaqiyatli ketishiga erishish mumkin.
Pedagogik tajribalar jarayonida shu narsalar aniqlandiki, pedagogika
oliy o’quv yurtlaridagi “musiqiy ta’lim” yo’nalish mutaxasislik fanlari
tarkibidagi “maktab repertuari” fani o’quv dasturi “musiqa o’qitish nazariyasi
va metodikasi” fani bilan birgalikda ekanligi ham ushbu fanni nihoyatda siqiq
holda o’tilishiga sabab bolmoqda.
Shu bilan birga “maktab repertuari” mashg’ulotlarini tashkil etishning
aniq pedagogik metodik mexanizi, yaxlit fan o’qitilishiga doir tizimi ishlab
chiqilganligi ham ushbu masalani ijobiy yechimiga etiborni kuchaytirish
zarurligini ko’rsatadi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlaridagi “musiqiy ta’lim” ixtisosligida
“maktab repertuari” ni bo’lajak musiqa o’qituvchilari tamonidan puxta va
yetarli darajada o’zlashtirilishi uchun, ushbu fan o’qitilishi bilan bog’liq
pedagogi faoliyatni maxsus dastur (eangilangan) va metodika asosida yo’lga
qo’yilishi bu yo’nalishda kutilgan natijaga erishishlarida muhum qadam
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: