31
II BOB: Bolg’usi musiqa o’qituvchilarni “maktab repertuari” fanini
o’qitish jarayonida kasbga tayyorlash mazmuni.
2.1. “Maktab repertuari” fani bo’yicha bakalavrlar egallashi lozim
bo’lgan bilim va malakalarni baholash mezonlari.
Respublikamizdagi pedagogika oliy o’quv yurtlari ( pedogogika
instituti va universitetilari ) dagi ,,musiqiy ta’lim’’ yo’nalishi asosan
umumta’lim maktablari uchun musiqa o’qituchilari tayyorlashga
ixtisoslashtirilgan. Lekin, ushbu iqtisoslikni egallagan bakalavrlar ta’lim
tizimining maktabgacha tarbiya, o’quvchilar ijodiyot markazlari, saroylari,
bolalar musiqa va san’at maktablari, kasb-hunar (pedagogika) kollejlari,
madaniya muassasalarida ham faoliyat ko’rsatishlari mumkin. ,,Musiqiy
ta’lim’’ yo’nalishlarida tahsil olayotgan bo’lajak o’qituvchilarni musiqa
san’atining alohida sohalari bo’yicha kasbiy faoliyatga tayyorlashni o’z
oldiga maqsad qilib qo’ymaydi. Biroq o’z navbatida ushbu ta’lim
yo’nalishida tayyolanadigan mutaxassislar musiqa san’atining turli sohalari
bo’yicha yetarli darajada bilim va malakaviy mahoratga, tayyorgarlikka ega
bo’lishlari bilan birga o’z navbatida pedagogika, psixologiya, bolalar
fiziologiyasi, musiqa pedagogikasi va metodikasidan ham chuqur bilim va
malakaviy tayyorgarlikka ega bo’lishari lozim. Shuning uchun ham ushbu
ixtisoslik o’quv rejasidagi fanlarni o’zlashtirish jarayonida musiqa san’ati
madaniyati haqidagi keng va chuqur tushunchaga ega bo’lishlari, uning turli
janrlari, an’analari, shakli va tuzilishi xususiyatlari haqidagi bilimlarga ega
bo’lishlari lozim. Bu ixtisoslik bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga
qo’yiladigan minimal talablarga ko’ra ular ta’lim sohasida ishlaydigan
pedagog-murabbiy bo’lishidan qat’iy nazar musiqiy-estetik faoliyatning
asosiy yo’nalishlari bo’yicha zarur bilimlarga, ko’nikma va malakalarga ega
32
bo’lishlari shart. Mana shunday bilim va malakalarni shakllantirishda
,,Maktab repertuari’’ fani o’quv mashg’ulotlari jarayonida e’tibor
qaratiladigan jihatlari bo’lajak musiqa o’qituvchilarining kasbi tayyogarligida
muhum o’rin tutadi.
Ma’lumki, ,,Maktab repertuari’’ ni o’rganish va o’zlashtirishda
talabalarga umumta’lim maktablarining ,,musiqa madaniyati’’ fani o’quv
dasturiga kiritilgan va shu bilan birga dastur talablariga mos keladigan
asarlarga yetakchi e’tbor qratiladi. Bunda har bir talabaning qaysi cholg’u
asbobi sinfida o’qishiga qarab ularning maktab dasturiga mansub asarlarni
,,o’z’’ cholg’ulari yordamida o’rganishlari va ijro etishlari talab etiladi.
Albatta, bu fan mashg’ulotlariga va manashunday talablar nuqtai-nazaridan
yondashish bir qarashda tabiiy holdek ko’rinadi. Musiqa madaniyati
darslarida o’quvchilarga beriladigan musiqiy-nazariy va amaliy bilim,
tushinchalar darajasiga qo’yilgan talablar asosida yondashilsa, aytib o’tilgan
tarzda ish tutish va shu bilan qanoatlanish maqsadga muofiq bo’lmasligi aniq.
Agar biz umumta’lim maktablarining 1-sinfi musiqa fani bo’yicha o’quv
dasturini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, unung birinchi choragining dastlabgi
mashg’ulotlaridan o’quvchilarga musiqa tinglash va jamoa bo’lim qo’shiq
kuylash faoliyatlari uchun tavsiya etilgan namunalarni turli janr va mavzulara
mansub ekanligini guvohi bo’lamiz. Chunonchi, birinchi sinf musiqa
darslarining yil mazusi ,,Biz musiqani sevamiz’’ deb nomlanadi. 1-chorak
mavzusi ,,Biz yoqtirgan kuy va qo’shiqlar’’, rukni ostida musiqa tinglash
uchun savsiya etilgan asarlar quydagicha;
1. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi. A.Oripov she’ri, M
Burhonov musiqasi.
2. Kuz. S.Abrashova musiqasi.
33
3. Chertmak. O’zbek xalq kuyi (yakka dutor yoki dutorchilar ansambli
ijrosida).
4. Andijon polkasi. O’zbek xalq kuyi.
5. Yurish marshi. F.Nazarov musiqasi.
6. Dilxiroj. O’zbek xalq kuyi.
7. Do’loncha.O’zbek xalq kuyi.
8. Olmacha anor. O’zbek xalq qo’shig’i.
9. Alla. Ikrom Akbarov musiqai. ( jamoa bo’lib kuylash ).
10. Pianino. J.Najmitdinov musiqasi.
11. Salom maktab. P. Mo’min she’ri, N.Norxo’jayev musiqasi.
12.
Chittigul. O’zbek xalq bolalar qo’shig’i.
13.
Salom bergan bolalar. N.Norxo’jayev musiqasi.
14.
Qo’g’irchog’im. S.Abramov musiqasi.
E’tibor berib qaraydigan bo’lsak, o’quvchilarni musiqaning sehirli olamiga
olib kirishning ilk pallasida ularga musiqa sanati, uning hayotimidagi
ahamyati haqida beriladigan dastlabki nazariy va amaliy bilim, tushinchalar
berish, kerakli tassurotlar hosil qilishga kirishish turli janr va mavzulardagi
asarlarni tinglash va kuylash amalga oshiriladi. Madhiya zamonaviy
uslubdagi bolalar qo’shigi (kuz), o’zbek xalq musiqa ladiga xos asarlar
(do’lancha, olmacha anor), xorazim uslubiga tegishli xalqxalq qo’shig’i
(olma anor), marsh musiqasi (yurish marshi), alla (alla janriga mansub) kabi
asarlarni tinglash va jamoaviy ijrochilik faoliyatlarida o’rganishda
o’quvchilarga ushbu asarlar haqida aniq, qisqa va asoslari tushinchalar berish
kerak bo’lad.
1. O’zbekiston Respublikasining gimn-madhiya, u qanday musiqiy janr,
u qanday maqsadda yaratilgan, nima uchun davlat madhiyasi deb yuritiladi,
madhiyaning turlari, o’ziga hosligi, qanday cholg’u orkestri uchun mo’ljallab
34
yoziladi, O’zbekiston gimnining mualliflari (sheri va musiqa mualliflari)
kishilari kabi savollar tushinchalar berish mumkin.
O’zbekcha madhiyani qo’shiq ijrosini puxta bilishi, uni yozuvda (disk,
magnitafon) eshittirib, o’quvchilarning xotirasida saqlanib qolishishiga
erishish lozim.
2. Kuz. Kichik yoshdagi bolalar uchun zamonaviy kompazitorlik
uslubida yozilgan, jamoa bo’lib kuylashga mo’ljallangan qo’shiq. Shakli
bandli naqoratli. Qo’shiq matni-mazmuni kuz fasli haqida. Qo’shiqning kuyi
yengil, yoqimli va tez o’rganish va kuylashga qulay.
3. Chertmak. O’zbek xalq kuyi. Milliy cholg’u sozlaridan dutor, rubob,
chang, g’ijjakda ijro etish mushkul bo’lgan yengil, yoqimli kuy.
4. Olmach anor. Halq qoshig’i. Yalla janriga xos. Koproq bandli-
naqoratli shakilda. Ohangi tez esta qoladi, ommaviy ijro etish mumkin.
5. Yurish marshi. Marsh uslubida yaratilgan asar. Bu haqida gapirganda
maqrsh, musiqalarini o’ziga xosligi, harakterli jihati, (shxtam, tantanali,
qadamtashlashga mos), marsh musiqa va kuylarining turlari (xarbiy, sport,
qo’shiq) haqida to’xtalish mumkin.
6. Dilxiroj. O’zbek halq kuyi. Raqs musiqasi, juda yoqimli, hamma bop.
Farg’ona-Toshkent mahalliy uslubiga xos. Ijro etlishi, raqs harakteri, ashulla
yo’li (sinaxroj) haqidagi malumotlarga to’xtalish, so’ngra yozuvda tinglash.
7. Olma pishganda galing. Yalla janriga xos, xorazim halq uslubiga
mansub, sho’x raqs bob, raqs jo’rligida ijro etiladigan bandli naqoratli
qo’shiq.
8. Andijon polkasi. Polka musiqasi haqida tushincha. Polka musiqasini
kelib chiqishi, janr sifatidagi o’ziga xos xususiyati, tarqalishi, raqs bobligi
haqida tushunchalar. Asarni milliy cholg’ulardan birida chalish, yakka
ommaviy raqsga tushish, oddiy raqs elementlarini bajarish.
35
9. Alla. Alla haqida qisqach suhbat. Alla qo’shiqlari, halq
ijrochiligidagi va kompozitorlik uslubida yaratilgan namunalarni, janr
sifatidagi o’ziga xosligi, mazmuni, qanday va kimlar tamonidan ijro etilishi
(bolani ovitish bilan bog’liq ona allasi, bolalarning qo’g’irchoq o’ynab
aytadigan allalari, kompozitor, bastakorlar tamonidan allalar). Alla yozgan
kompozitorlar-Motsart, S. Abramova, Ikrom Akbarov, X. Muxammedov.
Ko’rinadiki, o’quvchilarga musiqa tinglash va qo’shiq kuylash (xor
bo’lib kuylash) jarayonida yil va chorak mavzulari bo’yicha umumiy musiqiy
tushunchalarni berish bilan birga tinglanadigan va ijro qilinadigan har bir
asarning janri, ijro uslubi, qanday cholg’ularda, kimlar tamonidan, qanday
holatda ijro etilishi, harakteri, mazmuni, yaratilishi, qaysi mahalliy uslubga
xosligi, mualliflari, matin mazmuni, tuzilishi (shakli) haqida suhbat, misollar
orqali malumotlar berish lozim bo’ladi. Buning uchun o’quvchilarning o’zi
shunday savollar doirasida yetarli bilishlariga ega bo’lishi talab etiladi.
Albatta o’quvchi shaxsidagi bunday tayyorgarlikning oliy o’quv
dargohidagi tahsili davomida qo’yilishi lozim. Chunki, yuqorida ta’kidlab
o’tilganidek, bo’lajk musiqa oliy o’quv yurtidagi o’qishlari davomida musiqa
san’atining bir necha sohalari bo’yicha yetuk mutaxasis-pedagoglardan tahsil
oladilar, nazariy,tarixiy,metodil, amaliy ijrochilik, malakalarini egallaydilar.
Bunday tarzdagi musuqiy nazariy va amaliy bilim va mlakalar majmui
(Umumiyligi) bir necha o’quv fanlari (musiqa tarixi, nazariyasi, asarlar
tahlili, vokal ijrochiligi, xor ijrochiligi, dirijyorlik, musiqa o’qitish
metodikasi, pedagogika, pisixalogiya va hakazolar) bo’yich bilimlar
yig’indisidan iborat bo’ladi.
“Musiqiy ta’lim” yo’nalishidagi “maktab repertuari” predmeti bo’yicha
talabalarga amaliy topshiriqlar berish va ularning bajarishishni nazorat
qilishda fan o’quvchilari manashu jihatlarga amal qilishlari va har bir
36
talabaning o’zlashtirishini, cholg’u ijrochiligi, vokal-qo’shiq kuylash
imkoniyatlarini chuqur o’rganib shunga muvofiq tarzda talablar qo’yib
borishi kerak.
Shu o’rinda biz o’zimizning ushbu fanni o’tilishi bo’yicha amaliy
kuzatuvlarimiz, ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan metodist-o’qituvchilarning
fikirlariga asoslanib, maktab repertuariga xos asarlarni o’zjashtirishga
qoyiladigan talablarga o’z munosabatimizni bildirib o’tishni lozim topdik.
Bizningcha bu jarayonda talabaning o’zlashtirishi quyidagi bosqichlarda
amalga oshirilishi lozim.
1. Tavsiya etilgan asarlarni darsning qaysi faoliyatida qo’llashniga qarab
tanlash, zarur ma’lumotlar to’plash, tahlil qilish;
2.
Asarning janri, shakli, ijro uslubi, xarakteri, g’oyaviy-
badiiymazmunini atroflicha o’rganish, tahlil qilish;
3. Asarning mualliflari, hayoti va ijodi haqida qisqa, mazmunli
ma’lumotlar berish;
4. Asarning partiturasi bilan tanishish, cholg’u, qo’shiq (vokal) yo’llarini
puxta o’zlashtirish;
5. Ifodali ijro vositalarini aniqlash;
6. Ohang (melodiya) va dinamikani ifodaliligiga etibor berish;
7. Surat (ritm) ni ifodaliligiga erishish;
8. Asar (xor asari bolsa) turi, ko’rinishini aniqlash, partiyalar bilan
ishlasga tayyor bo’lish;
9.
10. Orkestr, ansambil, xor ijrosi uchun yozilgan murakkab asarlar bilan
ishlashda ularni ,,yozuv’’ larini topib, uni o’quvchilar tamonidan idrok
etishishi uchun zarur hisoblangan eng muhum xususiyatlari haqida yozma
ma’lumotlar to’plash va amaliy tayyogarlik ko’rish;
37
11. Asarlarning lad-tonalligini, hajmini, diapozonini, qaytarilish va
o’zgarilishlarini o’rganib chiqish;
12. Asarlarning o’lchovini, riymikasini, asarga dirijorlik qilish
uslublarini o’rganish va amalda qo’llay olish;
13. Asarni ,,yozuv’’dan, eshitib uni baholash, tahlil qilish, mavzuga
aloqador jihatlarini aniqlash.
Bu vazifalarni maqsadga muofiq tarzda hal qilish uchun talaba har bir
asarni mazmuni, mohiyatini, ruhiyatini, xarakterini yetarli darajada anglab
yetish, cholg’u asbobi bilan bajariladigan barcha ishlar talabaning mustaqil
va ijodiy intilishi ta’sirida va ongli ravishda amalga oshuviga e’tibor berish
kerak.
Maskur fanni o’zlashtirishga o’qtuvchining barcha ko’rsatmalari
buyruq sifatida emas, balki bo’lajak musiqsa o’qituvchilarining mustaqil
tarizda barcha musiqiy faoliyatlar (fanlar) da olgan bilim, ko’nikma va
malakalariga tayangan holda ijodiy izlanish orqali olib borilishi kerak.
Ko’rinadiki, pedagogika oliy o’quv yurtlarida ,,musiqiy ta’lim’’
yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan bo’lajak musiqa o’qtuvchilari bilan
,,maktab repertuari’’ yuzasidan olib boriladigan ishlarning maqsad va
mazmuni tlabalarni kasbiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni ana shu
faoliyatga har jihatdan puxta tayyorlash, ularda zarur bilin, ko’nikma va
malakalarni shakllantirishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |