Alisрer navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Talim jarayonida “maktab repertuari” fanini o’qitishning



Download 471,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana31.12.2021
Hajmi471,92 Kb.
#212541
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
maktab rpertuari fanini oqitish jarayonida bolgusi oqituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning uslubiy asoslari

       1.2. Talim jarayonida “maktab repertuari” fanini o’qitishning 

nazariy va amaliy masalalari. 

       Umum  ta’lim  maktablarda  musiqa  madaniyati  fanini o’qitish jarayonida 

ularga zarur nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish 

bilan  ularni  ma’naviy,  axloqiy,  badiiy-estetik  tarbiyalash  musiqiy  ta’lim  va 

tarbiyaning asosiy mazmun va mohiyatini ifoda etadi.maskur jarayonni asosu 

turli  janrlardagi  musiqa  asarlarini  tinglash  va  xor  bo’lib  qo’shiq  kuylash 

orqali  o’quvchilarga  musiqa  sanatining  um  miy  qonuniyatlari,  eng  birinchi 

galda  milliy  musiqamizning  tarixi,  rivojlanishi,  an’analari,  o’ziga  xosligi, 

yetakchi  janrlari,  milliy  musiqamizning  mahalliy  uslublari,  og’zaki 

san’atdagi  folklor  (halq  musiqasining  ommoviy  janrlari)  halq  og’zaki 

ananadagi  kasbiy  (mumtoz  va  maqom  san’ati)  musiqa,  zamonaviy  musiqa 

(yevropa  musiqauslubiy  janrlari  va  ular  negzida  shakillangan  o’zbek 

zamonaviy  musiqalari)  haqida  atroflicha  bilim  va  tushunchalar,  eng 

ma’lumotlar berishni ko’da tutadi. 

        O’qituvchilarni  nazariy  savotxonligini  tarkib  toptirishda  musiqa 

asarlarining tuzilishi, uning ifoda vositalari haqidagi bilimlar musiqani ongli 

idrok etishga xizmat qiladi. 



 

20 


 

        Musiqa  darlarining  yetakchi  faoliyatlaridan  bo’lgan  jamoa  bo’lib 

kuylash, ya’nixo’r bo’lib qoshiq kuylash jarayonida turli janr, mavzulardagi 

asarlarni  o’rganishi  bilan  bog’liqhalq  tizimli  asosda  voal-xor  tarbiyasi 

ishlarini olib borilishi natijalarida o’quvchilarda o’quvchilarning vokal ovoz 

hosil qilishi, tovushni kuylashyarim yopiq holda kuylash, soz, ansambillikni 

his  qilishi  malakalari  shakillanadi.  Mashg’ulotlar  davrida  o’quvchilar 

musiqaning  ifodaviy  “tili”  o’zlashtiradilar,  matinni  ustida  ishlash,  (diksiya-

nutq talaffuzi) ko’nikmalarini egallaydilar. 

        O’quv  dasturi  va  dasliklarda  joy  olgan  asarlarni  tinglash,  ularni 

g’oyaviy-badiiy  mazmuni  bilan  tanishish,  asarlarni  nazariy  va  badiiy  tahlil 

qilish,  musiqaning  yaratilish  tarixi,  mualliflari,  uning  rivojlanishga  munosib 

hissa qo’shgan namoyondalari hayoti va ijodibilan tanishish o’quvchilarning 

umumiy  musiqiy  kamol  topishida  muhim  ro’l  o’ynaydi,  o’quvchilarda 

umummusiqiy 

va 


musiqiy 

nazariy 


bilimlar 

zahirasi 

shakillanadi. 

Mashg’ulotlarning  tadrijiy  bosqichlari  davrida  o’quvchilar  musiqa  asarlarni 

musiqiy  tahlil  qilishni  o’rganadilar,  o’zlarining  musiqa  tinglash,  idrok  etish, 

undan  estetik  zavqlanish  bilan  badiiy  tasavvur  va  ijodiy  fantaziyalarini 

rivojlantirib boradi. 

        Shunday  ekan,  oliy  pedagogik  ta’lim  tizmida  bo’lajak  musiqa 

o’qituvchilarni oliy dargohdagi tahsil olishning barcha bosqichlaridan maktab 

faoliyatiga,  umumta’lim  maktablarining  “musiqa  madanyati”  fani  bo’yicha 

davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi talablari asosida tayyorlab borishi eng 

birinchi galdagi ustuvor vazifa hisoblanmog’ kerak. 

       Pedagogik  oliy  o’quv  yurtlaridagi  “musiqiy  ta’lim”  ixtisosligi  rejasiga 

kora  “maktab  repertuari”  predmeti  uchin  umumiy  tarzda  123  soat  hajmd 

mashg’ulotlar o’tilishi rejalashtirilgan. 2008 yilgacha bo’lgan dvrda bu yakka 

tartib holda o’tilar edi va bu talabalarni fanni o’zlashtirish uchun ancha qulay 




 

21 


 

hisoblanardi.  Hozirgi  paytda  mashg’ulotlarni  guruh  holida  o’tishga  to’g’ri 

kelmoqda  va  bu  o’qituvchi  uchun  ham  har  bir  talabaning  cholg’u  asbobida 

ijro  etishi  va  mustaqil  ravishda  o’rganib  qo’shiqlar  kuylashi  va  o’zini  qay 

darajada o’zlashtirganligini namoyish etishi va o’qituvchi tamonidan nazorat 

qilib  borilishi  uchun  jiddiy  to’sqinlik qilinmoqda.  Fanni o’qitilishi  va  talaba 

tamonidan o’zlashtirish sifatini pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. 

       “Maktab 

repertuari”  fanining  bo’lajak  musiqa  o’qituvchilarini 

kelgusidagi,  ya’ni  umumta’lim  maktablaridagi  pedagogik  faoliyatlarida 

tutadigan  mavqei  vva  ularni  zamonaviy  musiqa  o’qituvchisi  oldiga 

qo’yilayotgan pedagogik talablarga to’liq javob beradigan mutaxasis kadrlar 

bo’lib yetishishilaridagi ahamyatiga to’g’ri baho beradigan bo’lsak fan uchun 

ajratilgan  soatlar  hajmini  ko’paytirish  va  mashg’ulotlarni  o’tkazilish  shakli 

haqida jiddiy o’lab ko’rilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. 

        Musiqa  ta’limi,  oqitish  nazaryasi  va  holati  bo’yicha  bizning 

tadqiqotlarimiz  maqsadiga  ko’ra  pedagogik  kuzatuvlarimiz  ilg’o 

o’qituvchilarning  tajribalarini  o’rganish  va  umum  ta’lim  maktablari  musiqa 

o’qituvchilari  bilan  amaliy  muloqotlar  shuni  ko’rsatadiki  oliy  o’quv  yurtini 

musiqiy ta’lim ixtisosligi bo’yicha tugallab maktabda endigina o’z faoliyatini 

boshlagan  o’qituvchilarni  dastlabki  ish  faoliyatning  muvaffaqiyatli  yoki 

aksincha  bolishi,  oz’  bilim  va  malakalarini  (asosan  cholg’u  ijrochiligi 

jamoaviy  kuylash  jarayonidagi)  namoyon  etaolishlarida  ularning  talabalik 

tahsili  davridagi  maktab  repertuari  bo’yicha  asarlarni  qay  darajada 

o’zlashtirilganligiga ko’p jihatdan bog’liq boladi va katta ahamyat kasb etadi. 

Chuki,  oliy  o’quv  dargohidagi  ta’lim  jarayonida  birinchi  sifdan  yettinchi 

sinfgacha  bolgan  o’quv  dasturlari  va  darsiklariga  kiritilgan,  tavsiya  etilgan 

kuylash  va  tinglashga  taqdim  etilgan  kuy  va  qo’shiqlarni  puxta 

o’zlashtirishlarida  doimo  yuqori  malakali,  alohida  musiqiy  ta’lim 



 

22 


 

ixtisosliklari  bo’yicha  mutaxasis  pedagoglarning  (xor-dirijori,  vokal 

ijrochiligi,  cholg’u  ijrochiligi  an’anaviy  va  muqom  asoslari)  komagiga  har 

vaqt tayanish va ular yordamidan imkoniyatiga ega bo’lishadi. Maktabda esa 

bunday  imkoniyat  bo’lmaydi.  Shunday  ekan  oliy  pedagogik  ta’lim  davrida 

bolajak  o’qituvchilarni  kasbiy  tayyorgarligiga  qo’yiladigan  (Davlat  ta’lim 

stsndarti boyicha) talablariga javob bera oladigan darajada bilim va malakalar 

bilan  qurollantirishga  e’ttiborni  kuchaytirish,  o’qitish  mexanizimiga 

o’zgartirishlar  kiritish  lozim.  Bunday  vazifalarni  amalga  oshirilishi  o’lajak 

musiqa  o’qituvchilarini  maktab  faoliyatiga  tayyorlashning  muhim  omili 

bo’lishi shubhasiz. 

        Bugingi  kunda  pedagogik  oliy  o’quv  yurtlaridagi  “musiqiy  ta’lim” 

ixtisosligi  o’quv  fanlari  qatoridagi  “maktab  repertuari”  prdmetini  o’qitishda 

mutaxasislik  fanlari  qatoridagi  “dirijyorlik”,  “vokal  ijrochiligi”,  “asosiy 

cholg’uasbobi”, kabi fanlarni o’qitilishida unumli va o’rinli foydalanish, yani 

ushbu  fanlar  bo’yich  talabalarga  taqdim  etiladigan  dasturga  albatta  maktab 

repertuari  asarini  kiritib  borish  lozim.  Bu  o’z  navbatida  talabalarni  maktab 

faoliyatiga tayyorlash yo’lida yaxshi samaraga olib keladi. 

        Yuqori  malakali,  musiqa  nazariyasi,  pedagogikasi,  metodikasi  va 

amaliyotidan  pyxta  bilim  va  malakaga  ega  bo’lgan  o’qituvchilarni 

tayyorlashdek  umumiy  maqsadlar  mushtarakligidan  kelib  chiqib,  ushbu 

fanlar bo’yicha talabalarga har bir smestir uchun dastur (repertuar) tanlashda 

unga  albatta  “maktab  repertuari”  (yani  umum  ta’lim  maktablari  “musiqa 

madaniyati”  fani  o’quv  dasturi    va  darsliklariga  kiritilgan  va  bolalar  uchun 

yozilgan asarlar ko’zda tutilmoqda) kiritish va to’rt yillik tahsil davrida iloji 

boricha  birinchi  sinfadan  yettinchi  sinfgacha  bo’lgan  dastur  va  dasliklardan 

o’rin  olgan  asarlarni  o’zlashtirilishiga  erishish  zamonaviy  musiqa 



 

23 


 

o’qituvchisining  kasbiy  tayyorgarligiga  qo’yilayotgan  talablarni  ro’yobga 

chiqarishning muhim sharti hisoblanadi. 

Tajriba va kuzatuvlarimiz davomidagi ikkinchi bir xulosamiz shundan iborat 

bo’ldiki,  maktab  repertuarini  o’zlashtirishda  jiddiy  e’tibor  talab  jihati  bu 

ko’pgina “musiqiy ta’lim” yo’nalishi bitiruvchilarining kop hollarda “cholg’u 

ijrochiligi” predmeti bo’yicha ijro malakalarini (notaga qarab chalish) yetarli 

darajada talabga javob beraolmasligidir. Buni biz aynan o’zimiz tahsil olgan 

oliy  dargoh  talabalarini  pedagogik  amaliyot  o’tish  davridagi  faoliyatlarini 

kuzatish  chog’ida  guvohi  bo’ldik.  Uchinchi  bosqichda  va  to’rtinchi 

bosqichda  malakaviy  amaliyot  o’tayotgan  talabalar  o’zlariga  berkitilgan 

musiqa  darslarini  (sinov  darslari)  o’tishga  tayyorlanar  ekanlar,  ularni  eng 

jiddiy  va  “qiyin”  ahvolga  tushishiga  sabab  bo’lgan  muammo  bu  ularning 

cholg’u ijrochiligi bo’yicha tinglash va kuylash uchun lozim bo’lgan musiqa 

asarlarini  jo’rnavozchi  yoki  tinglash  uchun  tanlangan  asarni  yuqori  badiiy 

saviyada  mahorat  bilan  ijroetishdagi  no’noqligi,  yoki  tez  o’zlashtira 

olmasliklarida  ko’rinadi.  Jamoa  bo’lib  qo’shiq  kuylash  va  musiqa  tinglash 

jarayonida  talaba  o’zining  ushbu  yo’nalishlarda  iqtidorini  yetarli  namoyon 

etaolmasliklari  darslarni  sifat  va  samaradorligiga  jiddiy  putur  yetkazilishiga 

olib  keladi.  Bunday  holatning  tub  sabablarini  tahlil  qilish  bizning 

tadqiqotimiz  maqsadiga  kirmasada,  bu  borada  o’zimizning  ayrim  fikr, 

mulohaza, taklif va tavsiyalarimizni bildirib o’tishni lozim deb topdik: 

        1.Umum  ta’lim  maktablardagi  “musiqa  madaniyati”  fani  bo’yich 

beriladigan asosiy bilim va tushunchalar musiqa tinglash, jamoaviy ijrochilik, 

musiqa  savodi  faoliyatlarida  o’quvchilarga  yetkaziladi.    Ayniqsa,  musiqa 

tinglash  faoliyatidagi  turli  janrlardagi  asrlarni  tinglash,  ularni  janr 

xususiyatlari,  tuzilishi,  shakli,  lad-tanalligi,  asardagi  nota  yozuviga  oid 

qoidalar,  musiqaning  g’oyaviy  badiiy  mazmuni,  mualliflari  haqidagi 




 

24 


 

ma’lumotlar,  suhbat,  tushuntirish  o’quvchilarni  musiqiy-nazariy  bilimlarini 

o’zlashtirishda muhum omil bo’lib xizmat qiladi. 

        Lekin,  bu  o’rinda  shu  narsani  etirof  etish  kerakki,  dasrda  asosiy 

ko’pchilik  holatda  tinglanadigan  musiqa  asarini  o’qituvchi  tamonidan  ijro 

etilishi, o’qituvchidan anchamurakkab va profissianal mahoratni talab etadi. 

Maktablarni  to’liq  “fonetika”  lar  bilan  taminlanmaganligi,  zarur  musiqa 

yozuvlarini  yo’qligi  ham  asarlarni  o’qituvchi  ijrosida  tinglanishini  taqozo 

etadi.  Asarlarning  murakkablik  darajasi  (xalq  kuylari,  mumtoz  va  maqom 

namunalarini  tinglash)  ga  ko’ra  barch  tavsiya  etilgan  asarlarni  cholg’u 

asbobida  (qashqar  rubobi,  dutor,  g’ijjak,  akkordion  va  hakazo)  badiiy 

jihatdan  tasirchan  ijro  etish  uchun  to’rt  yillik  tahsil  davomida  olingan  bilim 

va  malakalar  ko’pincha  yetarli  bo’lmaydi  yoki  kutilgan  natijaga  erishish 

imkonini  bermaydi.  Shuning  uchun  pedagogika  oliy  o’quv  yurtidagi  o’qish 

davrida  maktab  repertuari  bo’yicha  asarlarni  “xor  va  xorshunoslik 

asoslari”,  “vokal  ijrochiligi”,  “cholg’u  ijrochiligi”,  “dirjorlik”  va  “maktab 

repertuari”  mashg’ulotlarida  izchil  o’rganib,  o’zlashtirib  borish  talabalarni 

keyingi  mustaqil kasbiy faoliyatida, yani  maktibda o’qituvchi  bo’lib ishlash 

jarayonida qo’l keladi va o’zining ijobiy samarasini beradi. 

        Pedagogika  oliy  o’quv  yurtlaridagi  tahsil  davrida  talabalarni  “maktab 

repertuari” puxta o’zlashtirib borish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Faqat 

bu  imkoniyatlardan  foydalanish  uchun  bir  qator  masalalarga  e’tibor  qilish, 

ijodiy yondoshuv, tashabbus ko’rsatish lozim bo’ladi. 

        -  avvalo,  “maktab  repertuari”ni  o’zlashtirish  faqatgina  shu fan doirasda 

cheklanib  qolmasligi  balki,  “vokal  ijrochiligi”,  “cholg’u  ijrochiligi”,  “xor 

ijrochiligi”, “dirijorlik” mashg’ulotlarida smestr dasturlariga kiritilib borilishi 

kerak.  Umum  ta’lim  maktablarining  “musiqa  madanyati”  faning  o’quv 



 

25 


 

dasturi va darsliklarga kiritilgan kuylash va tinglashga mansub asarlar ushbu 

fanlar doirasida o’rganilishini yo’lga qo’yish lozim. 

        -  “maktab  repertuari”  ga  kiritilgan  musiqiy  asarlar  namunalarini 

o’rganish  va  o’zlashtirishdan  ko’zlangan  maqsad  talabalarga  to’gri 

tushuntirilishi va ularni bu faoliyatlarga to’g’ri munosabatini shakillantirish, 

qiziqish va ishtiyoq uyg’otish; 

        -  talabalarga  “maktab  repertuari”ga  kiritilgan  asarlarni  o’zlashtirish 

jarayonida birinchi navbatda asar haqida to’liq malumotlarni ham o’zlashtirib 

borishlariga  etibor  qaratish  talabalarni  asarni  o’rganish  davomida  umumiy 

musiqiy  va  nazariy  bilimlarini  ham  mustaqil  egallab  birishlariga  yaxshi 

imkoniyat  yaratidi.  Bunday  tarzda  tashkil  etilgan  ta’lim  jarayoni  talabalarda 

o’qituvchi sifatida ish tutish ko’nikmalarini egallab borishlariga ham samarali 

ta’sir etadi; 

         -  “maktab  repertuari”  bilan  ishlash  jarayonida  talabalarga  musiqa 

o’qituvchilari  uchun  berilgan  erkin  repertuar  tanlash  imkoniyatidan  kelib 

chiqib  bu  fanni  o’zlashtirishga  ijodiy  yondashish  ularning  kelajakdagi 

o’qituvchilik faoliyatida muhum o’rin tutishini tushuntirish va ularni mustaqil 

ravishda  tavsiya  etilgan  asarlar  mavzusi,  mazmuni,  janri,  murakkablik 

darajasi,  o’quvchilarning  (sinflar  kesimida)  ovoz  imkoniyatlariga  mos 

keladigan asarlarni tanlab, o’rganib borishlariga olib keladi; 

        -  “maktab  repertuari”  bilan  ishlashni  bosqichma-bosqich,  tizimli 

ravishda  amalga  oshirib  borish  lozim.  Bunda  1-7-sinflar  o’quv  dasturi  va 

darsliklarga  kiritilgan  namunalarni  chorak,  yil  mavzulariga  mosligi  nuqtai-

nazaridan o’zlashtirib borilishiga erishish. 

         Su  o’rinda  “maktab  repertuari”ni  o’rganish  davomida  talabalar 

bilimlarni  egallashlari,  qanday  darajada  amaliy  ijrochilik  konikma  va 

malakalar  hosil  qilishlari  lozim  degan  savol  tug’ilish  tabiiy.  Bunga  qisqa 




 

26 


 

tarzda  bo’lsada  davlat  ta’lim  standari  va  o’quv  dasturi  talablaridan  kelib 

chiqqan holda to’xtalib o’tishni joiz deb bilamiz; 

        -  talabalarni  imkon  qadar  umum  ta’lim  maktablarining  “musiqa 

madanyati”  predmeti  1-7  sinf  dasturidan  o’rin  olgan  kuy-qo’shiqlarni 

o’zlashtirishlari lozim; 

        -  1-2-sinf  dasturlaridan  o’rin  olgan  tinglash  va  kuylash  uchun  tavsiya 

etilgan 8-10 ta asarlarni ifodali, badiiy ijro etish; 

        - o’z-o’ziga jo’r bo’lib kuylashning dastlabgi malakalarini egallash; 

        -  oddiy  o’lchovdagi  vokal,  cholg’u,  dirijyorlk  bo’yicha  berilgan  oddiy 

o’lchovdagi va ijrosi o’ta murakkab bo’lmagan, o’rtacha tez sur’atdagi 3-4 ta 

asarni  o’rganishlari,  ovoz  yuritish,  vokal  ovoz  hosil  qilish  (  vokal-xor 

malakalari ), intonatsiya, diksiy kabilarga rioya qilgan holda o’zlashtirishlari, 

bundan  maqsad  kelgusida  o’quvchilarni  xor  bo’lib  kuylashga  o’rgatishga 

o’zini tayyorlash; 

        -  Oddiy  jo’rnavozlikni  turlari  bilan  tanishish,  xor  asarlarining  ayrim 

partiyalarini  yoddan  ijro  etish,  xor  yoki  yakka  xonanda  ijrosini  boshlash 

auftakt,  nafas  olish,  nafasni  tejamkorlik  bilan  sarflash,  kerakli  o’rinlarda 

nafas  olish,  tovush  hujumi  (atakosi),  soz  (musiqa  tovushiga,  o’qituvchi 

ovoziga  sozlanish),  ansambillik  (garmonik,  melodik,  temp  va  hakozolar) 

malakalarini egallash va mustahkamlab borish; 

        -  musiqa  asarlarning  transpozitsiya  qilishning  dastlabki  amallari, 

usullarini  egallash  garmonik  ketma-ketlikning  asosiy  aylanishlarini  bilish; 

(kichik sekunda yuqoriga va pastga). 

        -  do  major,  re  major,  fa  major,  lya  minor,  re  minor  tonalliklarida 

gormonizatsiya qilish; 

        - birinchi va ikkinchi sinf dasturidan o’rin olgan 6-7 ta asarni (qo’shiq, 

kuy, kichik pvessalar) loyhali o’rganish va ijro etish; 




 

27 


 

        -  kichik  hajimli,  turlicha  suratlarda  yozilgan  oddiy  shakdagi  asarlarni 

notaga  qarab  chalaolish  (varaqdan  o’qish,  solfedjiolash)  kalit,  kalit 

oldibelgilarini  aniqlash,  asarlarni  nazariy  vokal  xor  jihatdan  tahlil  qilish 

malakalarini egallash; 

        -  birinchi  va  ikkinchi  maktab  repertuaridan  2  ta  asarni  yozma  tahlil 

qilish, 2 ta 3 ta asarni og’zaki tahlil qilish; 

        2. Uchinchi va tortinchi sinf dasturlari bo’yicha: 

        -  6-8  ta  asarlarni  cholg’u  asbobida  erkin  ijro  etishvokal  kuylash  va  xor 

bilan ishlay olishga tayyrlash; 

        -  asarlarning  musiqiy  tvush,  tasvir  vositalarini  ifodalay  olish,  registr, 

tema  (mavzu),  ritm,  lad-tonalliklarini  tuzish  orqali  ularni  mazmuni  va 

mohiyatini tushintirishga oid uslublardan xabardor bo’lish; 

        -  kontrast  asarlarni  ikki  qisimini  yoki  bir  asarni  ikkinchi  asarbilan 

solishtirib  ko’rish  (ronda,  variatsiya,  sonata,  romans,  polka,  qo’shiq,  lapar, 

yalla, alla va hokazo).  

        - jo’rnavozlikning turli ko’rinishlarini, vokal-xor asarlaridagi murakkab 

jo’riklarni amalda ifoda etish; 

        - cholg’u asbobida chalish davomida o’quvchilarni xor bolib yoki yakka 

tarzda  kuylashni  boshqarish,  imo-ishoralar  (mimika)  ijroni  boshlash,  nafas 

olish, uni sarflash, ijroni tugallash, ko’z ishoralari orqali (xor bo’lib kuylash 

jarayonida)  sinf  bilan  mulorotda  bo’lish  emotsionallikni  xilma-xil  usullarini 

egallash; 

        -  vokal  kuylash,  jo’r  bo’lib  kuylash,  dirjoelik  elementlari,  vokal 

asarlarini badiiy bezash elementlarini o’zlashtirish, amalda qollay bilish; 

        -  3-4  sinf  o’quv  materiallari  asosida  ikki  ovozli  asarni  trnepozitsiya 

qilish; 



 

28 


 

        -  3-4  sinflar  uchun  dastur  talablariga  mos  vokal-xor  malakalari,  kuy 

parchalari,  ayrim  asarlarni  murakkab  taktlarini  kuylash,  to’ttadan  oltitagach 

asarni loyihali o’rganish; 

        -  Notadan  o’qish  (solfedjiolash)  malakalarini  shkillantirib  borish 

ishlarini  davom  ettirish,  garmonik  faktura,  temp  va  boshqa  qiyinchiliklarni 

bartaraf eta olish; 

        - maktab repertuari asarlarini metodik, didaktik jihatdan qayta ishlash; 

        -  qo’shiqni  uslubiy  tahlil  qilish  uni  o’qituvchi  tamonidan  dasrga 

tayyorlash,  o’rganish  rejasini  tuzish,  musiqa  tinglash  ishlarini  bosqichlarga 

bo’lib ramalashtirish (tayyorini pedagogik tahlil qilish); 

        - kuylash bo’yicha bir asarni, musiqa tinglash bo’yicha bir asarni yozma 

tahlil qilish, musiqa asarlarni ijro etib ko’rsatish (namoyish qilish) va yuqori 

saviyada badiiy ifoda etish, namoyish qilish yo’’arini og’zaki tahlilqilish; 




Download 471,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish