Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Ganjing aro naqdfarovon edi,
Lek bor idi n g ‘araz inson edi.
Ikkinchi 
munojotda 
esa, 
Alloh 
olamdagi 
jamiyki 
mavjudotning yaralish va foniylikka yuz tutish jarayoni davomida 
sodir bo'lishi mumkin bo'lgan jamiyki voqea va hodisalami o‘z 
ilmi, irodasi va qudrati bilan tasarruf etishi, azaliylik va abadiylik 
faqat Xudoga xos ekanligi, haqiqiy iloh faqat Alloh taoloning 
0 ‘zi bo‘lib, olamdagi jamiyki mavjudot faqat Unga sajda va itoat 
qilishlari lozimligini bayon etib, o ‘z iltijolarida ilohiy g‘azabdan 
qo‘rqib, rahmatidan umidvor holda yashayotganini, imon 
gavharidan ayru qoldirmaslikni yolvorib so‘raydi:
Yo Rab, agar yetsam о ‘shut kunga jazm,
Yoki burun aylasam ulyonga azm,
Ul nafas imon manga hamroh qil,
Ко ‘nglum aro mahvi sivalloh qil.
Uchinchi munojotda olam ahlining qiyomat kunidagi ahvoli 
tasvirga 
tortilib, 
o ‘sha 
kuni 
oxirzamon 
payg'ambari 
-
Muhammad Mustafo (s.a.v) Haq taolo izni bilan musulmon 
ummatini shafoat qilishi, Navoiy ham bu shafoatdan umidvor 
ekanligi haqida so‘z yuritiladi. To‘rtinchi munojot esa, Alloh 
taoloning karami kengligi, jamiyki bandalariga mehribon va 
rahmli ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Navoiy talqini bo‘yicha:
Har kishi osiy-u gunahkorroq,
Afv ila rahmatqa sazovorroq.
275


Bobda aytilishicha, dunyodagi barcha mavjudotlar o‘z 
Yaratganiga doim sajda qilishlari zarur. Xudoning qahri kelsa, 
“ko ‘k bir etak kul” kabi sovurilib ketishi hech gap emas. Shuning 
uchun inson o ‘ylab ish qilishi, gunoh qilishga y o‘l qo‘ymasligi, 
qiyomat kunini unutmasligi, har bir gunoh uchun qiyomat kuni 
jazo olajagini esda tutishi, islom dini qoidalariga to ia rioya 
qilishi zarur. Navoiy munojot so‘ngida Yaratganga murojaat 
qilib, gunohlarini kechirishini so‘raydi:
Garchi gunahning had-и poyoni y o ‘q,
Aylamasang rahm ham imkoni yo ‘q.
Adabiy an'anaga ko‘ra, rnunojotdan so‘ng payg‘ambar 
madhiga, ya'ni na'tga o ‘tiladi. Dostonda 5 ta na't keltirilgan. 
Ushbu na'tlaming dastlabki to ‘rttasi v asf yo‘nalishida b o ‘lsa, 
beshinchi na't me'roj haqida. Dostonda Navoiy Payg^ambar 
(s.a.v.)ni komil inson deb talqin etar ekan, ul Zotning insoniyat 
taqdiridagi o ‘rnini - bu dunyoning yaratilishidan maqsad 
Rasulullohdek komil inson ekanligini ta'kidlaydi, u Zotni alohida 
mehr-muhabbat bilan madh etadi.
Birinchi n a’tda tasavvuf ta'limotidagi “Nuri M uhammadiya” 
nazariyasiga to ‘xtalinar ekan, ushbu nazariyadagi “Odam Ato 
unga ham o ‘g ‘il, ham ota” d.egan tushuncha ta'rifi beriladi. “Nuri 
Muhammadiya”ga ko ‘ra, A lloh barcha olamlarni yaratishdan 
oldin M uhammad nurini yaratgan boMib, shu nur tufayli olarnni 
va odamni yaratgan. Demak, Odam Ato ham Muhammad nuridan 
bino qilingan. Shuning iK±un hazrati Muhammad (s.a.v) Odam 
Atoga ham ota, ham o ‘g;ildir:
Bo 'Idi sanga Odami sabqatnamo,
Avval о ‘g ‘id, so ‘ngra gar о ‘Isa oto.
Ikkinchi nr.'tda Payg‘ambar (s.a.v.)ning tugMlishlari, bolalik 
paytlarida 
otrv.dan 
yetim 
qolishlari, 
savdogarlik 
bilan 
shug‘ullanishlari, hali payg'am barlik maqomiga yetishmagan
276


z a m o n la rid a
ham qabiladoshlari orasida yuksak axloqlari bilan 
nufuz topganlari, payg‘ambarlikning dastlabki yillarida ayrim
mushrik qabiladoshlari tomonidan ko‘p aziyatlar chekkan 
bo‘lsalar hamki, ulami duoi xayr qilganliklari haqida so‘z 
yuritilsa, 
uchinchi 
na'tda 
Muhammad 
alayhissalomning 
payg‘ambarliklariga dalil bo‘lgan m o‘jizalar - u Zotning soyasiz 
bo‘lganliklari, Oyni ishorat bannog'i bilan ikkiga boMganliklari, 
xat-savodsiz boiganlari holda olamning jamiyki hikmatlaridan 
boxabar, butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan payg‘ambar 
ekanliklari haqida so‘z yuritiladi. T o ‘rtinchi na'tda esa, Navoiy 
ahli sunnat va jam oat e'tiqodiga ko‘ra, Payg‘ambar (s.a.v.)ning 
sifatlarini bayon etib, u Zotning ahli bayti va jamiyki sahobalar, 
ayniqsa to ‘rt xalifa - Abubakr Siddiq, Umar Foruq, Usmon 
Zinnurayn va Ali Murtazoga salovot yuboradi.
Beshinchi na't esa an'anaga muvofiq, me'roj kechasining 
ta'rifiga bag‘ishlangan. Oxirzamon payg‘ambarining m o‘jizalari 
ko ‘p bo‘lsa hamki, u Zotning ikki m o‘jizasi - me'roj va shafoat 
hodisasi badiiy adabiyotda alohida tilga olinadigan mavzu 
hisoblanadi. Aynan me'roj hodisasi sodir boMganidan keyin kufr 
va imon chegarasi aniq bo‘ldi - bu hodisaga ishonganlar 
musulmon, ishonmaganlar kofir degan ilohiy hukm nozil bo‘ldi. 
Shafoat masalasi esa, 
islom payg‘ambarinmg mo‘jizalari 
qiyomatgacha davom etishi, ummatining gunohini shafoat qilish 
imkoniyati faqat Muhammad alayhissalomga berilganining isboti 
hisoblanadi.
Dostonning 12-bobi ulug‘ salaflar Nizomiy Ganjaviy va 
Amir 
Xusrav 
Dehlaviy 
madhiga 
bag'ishlangan. 
Dastlab 
Nizomiyga ta'rif berilar ekan, uning ismidagi harflar abjad 
hisobiga ko‘ra 1001 soniga teng kelishi jihatidan Xudoning 1001 
ismiga hamohang ekanligi aytiladi. Ishtiqoq (o‘zakdosh so‘zlami 
keltirish) va iyhom (baytda ikki xil ma'noni qo‘llash) san'atlari 
vositasida u yaratgan xazina (“Xamsa”)ga ta'rif be ri lad i:

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish