Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Ganja vatan, ко ‘ngli aning ganjxez,
Xotiri ganjar-u tilt ganjrez.
277


Xusrav Dehlaviy madhi keltirilganda esa uning ismidagi 
"‘xusrav” so‘zining podsho ma'nosini bildirishi Dehlaviyning so‘z 
podshosi sifatida hind mulkini obod qilganligi, uning har bir 
dostoni 
Hindistonning bir o ‘lkasiga teng ekanligi 
bilan 
izohlanadi:
Nazmi savodi aro har doston
,
О ylaki, bir kishvari Hinduston.
13-bob Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhini o ‘z ichiga 
oladi. Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni bir bobda ta'riflagani holda 
ustozi va do‘sti Abdurahmon Jomiyga alohida bob bag‘ishlaydi. 
Uni o ‘sha davrning “qutbi tariqati” deb atar ekan, o ‘zining unga 
nisbatan ojiz va muhtojligini g ‘oyat kamtarlik bilan bayon qilsa, 
Jomiyning yangi yozgan biror asarini o ‘zidan oldin hech kim 
ko‘rmasligmi faxr bilan ta'kidlaydi:
Nomag ‘akim roqim etib xomasin,
Ко 'rmadi men ко
‘rmayin el nomasin.
‘llayrat ul-abror” dostonining yozilishida aynan Jomiyning 
“Tuhfat ul-ahror” dostoni turtki bo‘lganligini aytiladi:
Boshtin-ayoq gavhari shahvor edi,
Qaysi guhar, “Tuhfat ul-ahror” edi...
Chun о ‘qimoq zamzamasi bo ‘Idi bas,
Ко ‘nglum aro dag ‘dag ‘a soldi hams.
Kim bu yo

ichraki alar soldi gom,
Bir necha gom о ‘Isa manga ham xirom.
Dostonning 14-15-boblari so‘z ta'rifiga bag‘ishlangan. 
Shoir ushbu boblarda so‘zni tavsif etar ekan, nazmning qimmati, 
so‘zdagi ma'no, uning shaklga muvofiqligi, shakl va mazmun 
masalasi, umuman, ijod haqidagi masalalarga e'tibor qaratadi.
278


N avoiy s o ‘zning buyukligini “kun” (yaral) s o ‘zining olam v a
odam ni yaratishda vosita b o ‘lganligi bilan dalillaydi:
Dahr muqayyad bila ozodasi,
Borcha erur “kof” ila "nun ” zodasi.
Zodasidin zoda bo ‘lub beadad,
Zodaga ham volid о 'lub, ham valad.
Alisher Navoiy bu o ‘rinda so‘zning mahsuli bo‘lgan adabiy 
turlar haqida ham to‘xtalar ekan, nazm va nasrga alohida ta'rif 
beradi, nazmni nasrdan ustun qo‘yib, gulshanda gullarning saf 
tortib turishini nazmga, sochilib, to ‘kilib yerda yotishini nasrga 
o ‘xshatadi. Shoiming e'tiroficha, nazm bu qadar e'zozlanmasa, 
Tangri so‘zida she'r bo ‘lmas edi:
Bo ‘Imasa e'joz maqomida nazm,
Bo ‘tmas edi Tengri kalomida nazm.
Shuningdek, Navoiy ushbu bobda turkiy tilda she'r aytishga 
kuchli ishtiyoq sezishini va bu yo‘lda ancha yuqori darajaga 
erishganini faxr bilan bayon qiladi. Mazkur bobda Navoiy 
shoirlar axloqi, shoirlik rutbasi, ayrim zamondosh shoirlar bilan 
bog'iiq “adabiy sirqat” (plagiat, boshqa shoirlardan ma'no yo 
mazmun o‘g'irlash) haqida ham fikr yuritganki, bu fikrlar 
bugungi kunda ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Dostonning 16-bobi zamona sultoni Husayn Boyqaro 
madhini o‘z ichiga oladi. Alisher Navoiy bu bobda talmeh san'ati 
vositasida Husayn Boyqaroni kuch-qudratda Firdavsiy qahramoni 
Rustamga, adolat va fazl-u kamolda Eronning afsonaviy podshosi 
Jamshidga o ‘xshatadi.
17-bob “Ko‘ngul ta'rifida” deb nomlanadi. Bobning ilk 
baytlarida shoir Xudoni dehqonga, insonni vujudini gulistonga 
qiyoslaydi. Uning fikricha, Xudoning inson vujudini yaratishdan 
asosiy maqsad-muddaosi, inson vujudining eng sharif a'zosi -
ko‘ngil hisoblanadi:
279


Ermas edi anda g ‘araz hech gul,
G ayri ко ‘ngulkim, g ‘araz erdi ко ‘ngul.
Shu bilan birga, shoir ko‘ngulni inson ko‘ksining chap 
tomonida joylashgan a’zo - yurak bilan adashtirmaslikka 
chaqiradi. Yaratganning yodi bilan yashaydigan insondagina 
haqiqiy ko'ngul bo‘ladi va ugina “ahli dil” sanalishi mumkin. 
Shuningdek, Navoiy ko‘ngulni olami kubro, Ka'badan-da ulug‘ 
jo y deb ataydi.
Muqaddimaning qolgan uch bobi (18-20-boblar) hayrat 
ta'rifiga bag'ishlangan. Bu boblarda Xoja, ya'ni ko‘ngulning 
a w a l mulk (narsalar) olamiga, keyin malakut (farishtalar) 
olamiga va nihoyat so‘ngida “ajoyib bir shahar” (inson tanasi)ga 
sayohati bayoni keltiriladi va bu sayohat ko‘ngulning o ‘zligini 
tanib, inson tanasiga kirgani tasviri bilan yakunlanadi. Alisher 
Navoiy bu o ‘rmda “o ‘zligin.i tanigan Xudoni ham taniydi” 
g ‘oyasini ilgari suradi:
Nafag ‘a chun or i f о ‘lub mo ‘-bamo ‘
Foyiz о ‘lub "qad arafa rabhahu
”.
K o ‘ngil hayratlari yaratilgan olamlaming mukammalligi, 
uning inson tomonidan idrok. etilishi va inson qadri kabi 
rnasalalarga tutashadiki, bular keyingi - 21-bobda Xoja 
Bahouddin 
Naqshband 
ham da 
Xoja 
Ubaydulloh 
Ahror 
madhlarida davom etadi.
Alisher Navoiyning muqaddimadagi so‘nggi bobni aynan 
shu shayxlarga bag‘islilashi shoiming naqshbandiya suluki vakili 
ekanligiga ishora edi. Bob o ‘z ichida ikki qismga ajratiladi, 
birinchi qism 15 baytdan iborat bo ‘lib, uning deyarli har bir 
baytida 
naqsh
5-o‘zining turli holat va shakllarda ishtiqoq 
(o‘zakdosh so‘zlam i keltirish) va tanosub (ma'no va mohiyat 
jihatidan bir-biriga yaqin so‘zlami keltirish) san'atlari vositasida 
qollanilganligini k o ‘ramiz. Navoiy Bahouddin Naqshbandni 
yuksak martabali naqqoshga, uning ta'limotini muhtasham va 
dilkash naqshga o‘xshatadi:
280


Xojaki naqqoshi sipehri baland
Bo ‘lg 'ali har safhasig ‘a naqshband.
Ayladi avroq munaqqash base,
Naqsh raqam ayladi dilkash base.
Bobning ikkinchi qismi naqshbandiya tariqatining o‘sha 
davrdagi niashhur pirlaridan biri Xoja Ubaydulloh Ahror 
madhiga 
bag‘ishlangan. 
Navoiy 
uni 
murshidi 
ofoq 
(yo‘lboshlovchi pir) deb ulug!lar ekan, shohlar unga qulluq 
qilishga o ‘zlari keladilar, hatto haqiqat sirlaridan ogohlar ham 
uning huzurida hushlaridan judo bo'ladilar deb yozadi:
Yuz qo ‘yubort qullug'ig 'a shohlar,
Bazmida bexud о ‘lab ogohlar.
Alisher Navoiy bobni ulug‘ shayx faoliyatiga yuksaklik 
tilash va uning himmatidan bahramandlik umidi bilan yakunlaydi 
va bu umid bevosita muqaddimaga ham yakun yasaydi:
Qo ‘ymasun ayvorti jahonni tihi,
Dabdabai ко ‘si Ubaydullahi.
Himmatidin bizni ham etsun Xudoy,
Faqryo 'lida g ‘ani, imong'a boy.
Dostonning 22-bobidan asosiy qism boshlanadi. Asosiy qism 
maqolat. va hikoyatlardan tashkil topgan 40 bobni o ‘z ichiga 
oladi. 
Maqolatlar muayyan bir axloqiy-falsafiy mavzuga 
bag‘ishlangan bo‘lib, shoir dastlab ushbu mavzuga munosabat 
bildiradi, mavzu yuzasidan o ‘z fikr-mulohazalarini bayon qiladi, 
so‘ngra shu mavzuga mos ibratli hikoya keltiradi. M aqolatlaming 
barchasi, ularga ilova qilingan hikoyatlar ham bir-blri bilan izchil 
bog‘langan, 
mazmunan 
biri 
ikkinchisini 
davom 
ettiradi, 
to ‘ldiradi, rivojlantiradi.
281


Shu tariqa asosiy qism 20 maqolat va unga ilova tarzida 
keltirilgan hikoyatlar bayoni tarzida davom etadi. Buni quyidagi 
jadvalda ko‘rish mumkin:

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish