Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Xusrav Dehlaviy
(1253-1325) unga javob yozdi va shu 
bilan xamsanavislik an’anasini boshlab berdi. Uning 1299-1302- 
yillarda yozilib, Alouddm Xiljiyga bagishlangan “Xamsa”si 
quyidagi dostonlardan iborat: 1) “Matla' ul-anvor” (“Nurlammg 
chiqish joyi”); 2) ’’Shirin va Xusrav”; 3) ’’M ajnun va Layli”; 4) 
“Oyinai Iskandariy” (“Iskandar ko'zgusi”); 5) “Hasht behisht” 
(“Sakkiz janat”). Xusrav Dehlaviy N izom iy dostonlarining shakli 
va syujeti, obrazlar tizimini asosan saqlagan holda, ularni o ‘ziga 
xos talqin etdi va yangi mazmun bilan boyitdi. Jomiyning 
“Bahoristorf’ida 
e'tirof 
etilishicha, 
hech 
kim 
Nizomiy 
“Xamsa”siga Dehlaviydan o ‘tkazib javob yoza olmagan.
Xusrav Dehlaviy “Xamsa”sming birinchi dostoni “Matla' 
ul-anvor” 1299- yilda Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-as- 
ror”iga javob tarzida yozilgan 
Doston tasavvufiy-falsafiy 
masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 3310 baytdan iborat. An'anaviy
258


muqaddimadan so‘ng 20 maqolat va 20 hikoyatni o ‘z ichiga 
olgan asosiy qism boshlanadi. Maqolatlar quyidagi nazariy 
masalalardan tarkib topgan: 1-maqolat iymon, 2-maqolat ma'rifat, 
3-maqolat so‘z, 4- va 5 -maqolatlar to lalig ich a tslom va uning 
ahkomlari, 6-maqolat tasavvuf va so‘fiylar, 7-maqolat qanoat, 8- 
maqolat ishq, 9-12-m aqolatlar islornda uluglangan ezgu amallar,
13-maqolat podsholarning faqirlarga yordam berishlari, 14- 
maqolat xoinlik. 15-maqolat zulm malomati, 16-maqolat tu g ln a
xislatlar, 17-maqolat yoshlik, 18-maqolat keksalik, 19-20- 
maqolatlar dunyoning g ‘addorligi va bevafoligi bilan bog‘liq 
masalalarga bag4ishlangan. Har bir maqolatdan so‘ng uning 
mazmuniga mos ravishda kichik hajmli hikoyat keltirilgan. 
So‘nggi bobdan muallifning o ‘z qizi M asturaga nasihati o ‘rin 
olgan,
“Shirin va Xusrav” Xusrav Dehlaviy “Xamsa”sidagi ikkinchi 
doston b o iib , 1299-yilda yozilgan. Hajman 4124 baytdan iborat. 
Doston an'anaviy muqaddima, asosiy qism va xotima bobdan 
tashkil topgan. “Shirin va Xusrav”ning asosiy qismi sosoniy 
hukmdor Xusrav Parvezning taxtga o lirish voqeasi bilan 
boshlanadi. 
U ota taxtiga o lirg ach , 
mamlakatda adolat 
o ‘matishga alohida e'tibor qaratadi. Uning bu siyosatidan faqat 
bir vaqtlar qo‘rqmas sarkarda sifatida nom qozongan Bahrom 
C ho‘bingina norozi edi. Bahrom C ho'bin Xusravga qarshi hujum 
uyushtiradi va Xusrav Sosoniylar poytaxti Madoyinni tark etishga 
majbur b o la d i. Xusravga rassom Shopur hamrohlik qiladi. U 
shohga Armaniston malikasi Shirinning suratini k o‘rsatadi. 
Xusrav ovda Shirinni uchratib, uni sevib qoladi.
Shirinning ham unga befarq emasligi ma'lum bo lad i. Xusrav 
harbiy yordam uchun Rumga boradi va u yerdan rum lik maiika 
Maryamga 
uylanib 
qaytadi. 
Xusravning mavqeyi 
tobora 
mustahkamlanib boradi va u o ‘z saltanatini Antioxiyagacha 
kengaytiradi. Uning qudratidan cho‘chigan Rum qaysari o ‘z 
boyliklarini kemaga ortib, Habashiston tomonga suzmoqchi 
b o lad i. Lekin bo‘ron k o larilib , boyliklar Xusravning mamlakati 
tomonga kelib qoladi. Keyinchalik bu holat “Shamol keltirgan
259


xazina” (ganji bodovard) qo‘shig‘ining vujudga kelishiga sabab 
b o ia d i. Bir oz vaqt o ‘tgach, Maryam vafot etadi. Shoh qayg‘uga 
ootadi va Shirinni o‘z haramiga taklif qiiadi. Lekin Shirin bunt 
rad etadi. Shopur Xusravga go*zal Shakar vashaydigan Isfahonga 
borishni maslahat beradi. Bir kuni Shirin ovdan qaytayotib, tosh 
yo‘nuvchi Farhod tomonidan mohirlik bilan qazilgan ariqni 
ko‘rib qoladi va Armanistonda xuddi shunday ariq qazishni 
Farhoddan iltimos qiladi. Suhbat jarayonida Farhod Xitoy 
xoqonining o ‘g i i ekanligi ma'lum b o ia d i. Shiringa oshiq bo‘lib 
qolgan Farhod ishga kirishadi. Farhodning Shiringa muhabbati 
Xusravning q u lo g ig a yetib boradi va u musofir qiyofasida 
yurtiga y o i oladi. Uning hiylasi bilan Farhodga Shirinning o iim i 
haqidagi yolg‘on xabarni yetkazadilar va Farhod halok b o iad i. 
0 ‘z navbatida Shirin ham kanizlaridan birini Shakami zaharlash 
uchun Isfahonga yuboradi va shu orqali Xusravdan qasos oladi. 
Bir kuni Xusrav ov qilib yurib, a'yonlariaan ajralib chiqadi va 
Shirinning qal'asi tomon kelib qoladi. Ikki sevishgan yarashadilar 
va Xusrav Shiringa muhabbati ramzi sifatida shohlik uzugini 
taqdim etadi. Keyingi boblarda Xusrav donishmandlar davrasida 
olam haqidagi savollariga javob izlagan holda tasvirlanadi. 
Xusravning o ‘g ‘li Sheruya otasidan norozi ba'zi amaldorlar bilan 
til biriktirib, unga qarshi fitna uyushtiradi va otasining o iim ig a
sababchi bo‘ladi. Xusravning jonsiz tanasi ustida Shirin ham 
hayot bilan vidolashadi. Doston dunyoning foniyligi haqidagi bob 
bilan yakunlanadi. Doston syujetidan ma’lum b o iad ik i, “Shirin 
va Xusrav”da Nizomiy dostonidan farq qiladigan ba'zi o ‘rinlar 
mavjud. Bular: dostonda Farhod timsoliga kengroq o ‘rin 
ajratilgan; Shirin Nizomiyda asosiy planda tasvirlangan b o isa , 
Dehlaviyda muallifning ideal shaxs bilan b o g iiq qarashlari 
Shirindan ko‘ra ko‘proq Xusrav timsolida mujassamlashgan; 
Dehlaviyda 
Sheruyaning 
Shiringa 
oshiq 
b o iis h
sahnasi 
kiritilmagan va b.
“Majnun va Layli” Xusrav Dehlaviy “Xamsa”sidagi uchinchi 
doston b o iib , 1299-yilda yaratilgan. Hajman 2650 baytdan 
iborat. Dostonda an'anaviy muqaddimadan so‘ng asosiy voqea
260


bayon qilinadi. Bani Omir qabilasida tugVilgan farzandga Qays 
deb ism qo‘yadilar va uning sharafiga bayram uyushtiriladi. 
Dehlaviy syujetning shu qismidan boshlaboq Nizomiy dostonida 
uchramaydigan munajjim bashorati bilan b o g liq epizodni o ‘z 
dostoni tarkibiga kiritadi va bu epizod dostonning g ‘oyaviy 
yo‘nalishini belgilashda asos vazifasini o ‘taydi. Bu epizodga 
koTa, munajjim go'dak ulg‘aygach, uning telba oshiq bo‘lishini 
bashorat qiladi. Qays yoshi yetib, maktabga boradi va u yerda 
qo‘shni qabilalik Layli ismli qizni ko ‘rib, sevib qoladi. Ulaming 
sevgisidan xabardor boMgan kishilar ikki yoshni bir-biridan 
ajratadilar va Majnun dashtga chiqib ketadi. 0 ‘g‘lining holatidan 
iztirobga tushgan ota Laylini so‘rab, sovchi yuboradi. Lekin 
Laylining otasi rad javobini beradi. Majnunning otasi ko ‘mak 
berishni so‘rab, “arablar hukmdori” Navfalga murojaat qiladi. 
Navfal Layli qabilasi tomon urush ochadi. Layli qabilasi yengila 
boshlagach, 
qabila 
mansabdorlari 
maslahatlashib, 
Laylini 
o ‘ldirishga qaror qiladilar va shu orqali urushni to‘xtatib, 
baxtsizlikning oldini olish mumkin, degan xulosaga keladilar. Bu 
haqda do'stidan eshitgan Majnun Navfaldan urushni to ‘xtatishni 
so‘raydi. Urush to‘xtaydi, Navfal o ‘z qizi Xadichani Majnunga 
uzatadi (Nizomiy dostonida mavjud b o ‘lmagan yana bir epizod). 
To‘y bo‘lib o ‘tadi. Lekin Majnun Xadichaga yaqinlashmay, 
tonggacha o ‘tirib, so‘ng chiqib ketadi. Layli Majnunni tushida 
ko‘radi va uni izlab yo‘lga chiqadi, ikki sevishgan uchrashadilai-. 
Bir kishi Majnunning o'lganligi haqidagi yolg‘on xabarni Layliga 
yetkazadi va bundan Laylining ahvoli og‘irlashib, vafot etadi. 
Majnun Laylining janozasiga yetib keladi va Laylining jasadini 
quchganicha vafot 
etadi. 
Ulami 
bir qabrga 
ko‘madilar. 
Dostonning xotima bobi marsiya yo‘nalishida bo‘lib, unda Xus­
rav Dehlaviy doston yakunlanishidan bir oz ilgari vafot etgan 
onasi va ukasi Husomiddin Qutlug‘ uchun aza tutib, ko‘z yosh 
to‘kishini aytadi.
“Hasht 
behisht” 
(“Sakkiz 
jannat”) 
Xusrav 
Dehlaviy 
“Xamsa”sidagi to ‘rtinchi doston bo'lib, 1302-yilda yozilgan, 
hajman 3352 baytni o ‘z ichiga oladi. Dostonning muqaddimasi
261


yetti bob, yakunlovchi qismi esa bir bobdan iborat bo‘lib, 
ularning umumiy soni sakkizta, bu bevosita asar nomi bilan 
bog‘liqlik kasb etadi. Dehlaviyning borliqni anglash haqidagi 
asosiy g'oyalari ana shu sakkiz bobda o ‘z aksini topgan. Asosiy 
qismning dastlabki boblarida Bahromning taxtga o ‘tirishi, ovni 
sevishi va Diloromning tarixi bilan bog'liq voqealar tasvirlariadi. 
Keyingi boblarda mashhur ov mojarosi keltiriladi: Diloromning 
talabiga ko ‘ra Bahrom kiyiklardan birining shoxini o ‘q bilan otib, 
ikkinchi kiyikka o ‘rnatadi va Diloromdan maqtov kutadi. Lekin 
Dilorom bundan ham yaxshiroq mahorat ko‘rsatish mumkinligini 
aytgach, Bahrom g ‘azablanib qizning bir o ‘zini jaziram a sahroda 
qoldirib ketadi, Diloromni bir darvesh o ‘ziga qiz qilib oladi va 
uni o ‘qitib, o 'z davrining turli bilim va hunarlarini o‘rgaiadi, 
ayniqsa musiqa va san'atkorlikda tengsiz qilib tarbiyalaydi. 
Benazir musiqachi va san'atkor haqidagi xabar Bahromning 
qulog‘iga yetib boradi va u Diloromni sotib olish uchun qizning 
oldiga keladi. Dilorom yuzini yashirgan hoida san'atini namoyish 
qiladi. Bahrom uning mahoratidan hayratlanadi, lekin buni 
sezdirmaydi. Shunda Dilorom unga bo‘lib o ‘tgan voqeani 
eslatadi. Bahrom Diloromni tanib, uni o‘z saroyiga olib ketadi. 
Bahrom Diloromga yetishgach, yana aysh-ishratga berilib ketadi 
va saltanat ishlarini unutadi. Yaman shohi No‘mon haddan 
tashqari ovga berilib ketgan Bahromni poytaxtga qaytarish uchun 
usta binokor Shidga yetti rangda qasr qurishni buyuradi. Yetti 
qasrga yetti iqlim shohining qizlarini joylashtiradilar. Bahrom 
haftaning yetti kunida ushbu qasrlardan biriga kirib, malikalardan 
hikoya tinglaydi. Dostonda keltirilgan ushbu hikoyalaming 
syujeti uchun qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari asos 
vazifasini o tagan. Bahrom shanba kuni qora qasrda Sarandib 
shohi va uning uch oqil o ‘g ‘li bilan bog‘liq hikoyatni, yakshanba 
kuni o’ltinramg qasrda usta Hasan zargar haqidagi hikoyatni, 
dushanba kuni yashil qasrda hindistonlik mehmondo‘st podshoh 
va uning diyonatsiz vaziri haqidagi hikoyatni, seshanba kuni la'l 
qasrda m o ‘ltonlik shabar hokimi va qizil libos kiygan qiz 
haqidagi hikoyatni, chorshanba kuni rumlik savdogar va uning
262


qiziqqon o ‘g‘li haqidagi hikoyatni (bu hikoyat mazmunan 
Nizomiy dostonidagi 1-hikoyatga o ‘xshab ketadi), payshanba 
kuni sandal qasrda yamanlik podsho va uning tuhmatga uchragan 
Rom ismli o ‘g ‘li haqidagi hikoyatni hamda jum a kuni podshoh va 
uning tokrt xotini haqidagi hikoyatni tinglaydi. Dostonda yetti 
hikoya bayonidan so‘ng Bahromning ovga chiqishi tasvirlangan, 
Bahrom ov vaqtida kiyikni quvib ketayotganida quduqqa tushib, 
g‘oyib bo‘ladi. Mulozimlari uni qancha qidirsalar-da, topa 
olmaydilar. Dostondan kelib chiqadigan xulosaga ko‘ra, Bahrom 
nomunosib shoh boMganligi uchun nafsining qurboniga aylanib, 
halokatga yuz tutadi.
Dehlaviydan keyin xamsanavislik an'ana kasb etdi va butun 
Sharq dunyosiga tarqaldi. Juda ko‘p xalqlarda Nizomiy dostonlari 
mavzusi va syujeti asosida asarlar paydo b o ld i. Ozarbayjon olimi 
G ‘. Aliev jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma va 
manbalami o ‘rganib 
chiqish 
asosida 
Nizomiy beshligiga 
muayyan tarzda javob yozgan 300 ga yaqin ijodkomi aniqladi va 
ular haqidagi ma’lumotlami umumlashtirib, “Темы и сюжеты 
Низами 
в 
литературах 
народов 
Востока” 
nomli 
monografiyasini yaratdi.
Xamsanavislik tarixida XV asr Hirot adabiy muhiti alohida 
о Tin egallaydi. Izlanishlardan m a’lum bo ‘ldiki, aynan shu davr va 
shu muhitning o ‘zida 20 ga yaqin ijodkor xamsanavislikda o ‘z 
kuchlarini sinab ko‘rganlar. Garchi bu ijodkorlaming barchasi 
to‘liq xamsa yaratmagan boTsalar-da, lekin beshlikning u yoki bu 
dostoniga 
javob 
yozish 
bilan 
mazkur 
an'anaga 
o ‘z 
munosabatlarini bildirganlar. Bu davrdagi Nizomiy mavzulariga 
murojaat qiigan ijodkorlar haqida Alisher Navoiyning “Majolis 
un-nafois” (1498), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush- 
shuaro” (1486), Humomiddin Xondamirning “Makorim ul-axloq” 
asarlarida ma'lumotlar uchraydi.
Ijodkorlar 
guruhini 
xamsanavislikka 
bildirgan 
munosabatiga ko ‘ra shartli ravishda uch guruhga ajratish 
mumkin:
1. 
T o‘liq xamsa mualliflari.
263


2. 
“ Xamsa”ning ba'zi dostonlariga javob yozgan 
ijodkorlar.
3. 
Bitta dostonga javob yozgan ijodkorlar.

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish