Firdavsiy hikmatlaridan
Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisga ketgil.
Aqlli bo'l, bo'lgin beziyon,
Hamisha tilingga bo'lgin posbon.
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmas hech kimsa tortmas esa ranj.
Hunar birla aqling birikkan hamon,
Har ish bu jahonda yurishgan ravon.
Qudratlidir kimki bo'lsa bilimdon,
Bilimdan keksalar dili navqiron.
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondashma, bosmasin g'aflat.
Ikki do'st turarkan yelkama-yelka,
Togiarni ham oson aylaydi tilka.
Kishiga yaxshilik qil, berma ozor,
Faqat shu yoini tutgan mard-u hushyor.
Yomonga qo'shilma, boiursan yomon,
Qarosin yuqtirar doimo qozon.
Shirin so'zli boi, ey sen bilimdon,
Tiling sovuq so'z-labulg'ama oson.
Do'stlaringiz bilan baham: |