boshda ravishi dastlabki leksik birlik sifatida joylashadi. Chunonchi, boshda -
dastlab - avval - hozir mikrosistemasida vaqtning xususiy ko‘rinishlari
voqelanadi. Bu semantik mikrosistema strukturasi aslida vaqtning muayyan
o‘lchovda va bosqichlar (darajalar)da oshib borishi bilan, ya’ni graduonimik
munosabat asosida shakllangan. "Avvalo" ravishida ta’kidlash, bo‘rttirish «avval» ravishiga nisbatan ortiqdir. Boshda, dastlab, aslida, asli kabi payt ma’nosini ifodalovchi ravishlarda narsa-hodisaning yaratilish (tug’ilish) vaqti ta’kidlanadi. Payt mazmunining davomiyligini ifodalovchi ravishlar «doimiylik» belgisi bilan bir atov leksik sistemasiga birlashadi: Orada hamon boyagi jimjitlik hukm surar edi. Nizomjon yuragida tug’ilib yotgan gaplarini aytolmay duduqlanar, nuqul xo‘rsinar edi. Hamon ravishi hali ham, shu damgacha ma’nosida bo‘lib, doim ravishiga nisbatan "davomiylik" belgisining chegaralanganligi bilan farqlanadi. Chunonchi, hamon ishlayapti birikmasidagi hamon ravishining o‘rnida doim, hamisha ravishlarini qo‘llay olmasligimiz ham shuning isbotidir. Doim, hamisha ravishlarida mavhumiy vaqt o‘lchovi (hamon ravishiga ko‘ra) cheksizlik belgisi bilan davomiylik semasida aks etadi. Payt mazmunining izchilligini ifodalovchi ravishlar harakat belgisini «to‘xtovsiz», «izchil» davom etishni ta’minlab keladi. Kunda, kunora, kecha-kunduz kabi payt ravishlari vaqtni aniq o‘lchovda ifodalamasa-da, dambadam, tez-tez ravishlariga ko‘ra vaqt ma’nosini chegaralab ko‘rsatadi. «Uzzukun» payt ravishidamazkur guruhga kiruvchi boshqa so‘zlarga nisbatan vaqt ma’nosining chegaralanganligi ustivorlik qiladi. «O‘zbek tilining izohli lug’ati»da bu ravishga quyidagicha izoh keltiriladi: Uzzukun - har kuni, ertadan-kechgacha. Odatda bu payt ravishi «ertadan kechgacha» ma’nosini ifodalaydi. Aniqrog’i, bundagi «kun» elementi o‘z ichida mazmunan tong -ertalab - choshgoh - tush - peshin... kabi leksemalarni birlashtiradi. Demakki, uzzukun leksemasi ostida tur va jins munosabati (giponimiya) shakllanadi. Payt mazmunining uzlukliligini ifodalovchi, shuningdek, o‘zaro ma’noviy uyg’unlik kasb etuvchi qatordagi bunday ravishlar denotativ ma’nolari muvofiqdek ko‘rinadi.
M.K.Hakimova o‘z tadqiqotlarida payt ravishlarini bildirilgan vaqtning nutq lahzasiga munosabatiga ko‘ra, nutq lahzasiga munosabatda bo‘lmagan va nutqlahzasi ta’siriga uchragan payt ravishlari deb atagan. Nutq lahzasi ta’siriga uchramagan payt ravishlari uch zamonga ham taalluqliligini ta’kidlab, ularga doim, doimo, har doim, umrmod kabilarni kiritgan. Ikkinchi guruhiga kunda, yillab, oylab, haftalab, soatlab, kechqurun, kechasi kabi leksemalarni kiritgan. Misollardan ma’lumki, bu ravishlar vaqt davomiyligining biror qismini ifodalaydi, bu ravishlarda zamonga munosabat belgilari bo‘lmaydi.
Payt ravishlarini payt otlaridan farqlashimiz lozim. Payt otlari paytning nomini bildirsa, payt ravishlari harakatning bajarilish paytini bildiradi. Masalan, yozda men buvimnikiga boraman. Ushbu gapdagi yoz soʻzi ot soʻz turkumi boʻlib, paytning nomini bildirib kelyapti. Bugun men buvimnikiga boraman. Ushbu gapdagi bugun soʻzi ravish soʻz turkumi boʻlib, harakatning bajarilish paytini bildirib kelyapti.Shunday boʻlsada, ravish va ot bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Masalan, yozda dam olishga boraman. Bugun dam olishga boraman. Ushbu ikki gapda ham ot va ravish payt holi vazifasini bajargan.Yuqoridagilardan farqli o‘laroq yana bir qator payt ravishlari borki, bular "har zamonda", "vaqt-vaqti bilan", "galma-gal" sodir bo‘luvchi harakat va holat fe’llari bilan birikib keladi. Chunonchi, onda-sonda, goh-goh, ora-sira, oyda-yilda, o‘ktin-o‘qtin, ba’zan-ba’zan va h.k. Bunday ravishlar birmuncha vaqt oralatib,ma’lum bir muddat o‘tgachgina ro‘yobga chiqadigan yoki sodir bo‘luvchi voqeani ko‘rsatadi: Odamlarning govur-guvuri orasida kulogimga o‘qtin – o‘qtin allaqanday tanish ovoz eishtilib qolardi (S.Ahmad). O‘kinaman, o‘z-o‘zimni
koyiyman, ba’zan-ba’zan yiglab ko‘yaman (G’.Gulom). Onda-sonda, ora-sira ravishlari ma’no doirasining kengligi bilan ajralib turadi. Bu juft ravishlar o‘rni bilan payt ma’nosida, o‘rni bilan o‘rin-joy ma’nosida kela oladi.
Payt otlari ko‘chma ma’noni ifodalab kelganda vazifadosh ko‘makchi vazifasini bajaradi: Kitoblarni o‘qiganigan keyin unda savollar paydo bo‘ldi. Bu gapda keyin vazifadosh ko‘makchisi o‘zidan oldingi so‘zlar bilan birga so‘roqqa javob bo‘ladi.Demak, payt ravishlari mavhumiy vaqt ma’nosini ifodalovchi birliklar bo‘lib, ular aniq vaqt o‘lchov birligi bo‘lgan otlar (sekund, minut, soat, kun,hafta,oy, yil, asr) farqlanadi. Payt (zamon) ma’nosini ifodalovchi kechasi, kechalari ,kunduzi, kechqurunlari, avvallari, ilgari, burunlari, kunduzi kabi otlar turli davrlarda ravishlar guruhiga o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |