#
|
Birinchi ma’lumot
|
|
#
|
Ikkinchi ma’lumot
|
1
|
Payt ravishiga oid soʻzlar
|
|
5
|
Erta-indin, bugun-erta
|
2
|
Boya, hali, endi, burun
|
|
4
|
Payt ravishi otga bogʻlangan
|
3
|
Jiydazordan hozirgina keldim
|
|
1
|
hamisha, hanuz, hamon, so‘ng
|
4
|
Koʻp odamlar keldi
|
|
3
|
Payt ravishi feʼlga bogʻlangan
|
5
|
Juft payt ravishiga oid soʻzlar
|
|
2
|
Payt ravishiga oid soʻzlar
|
2.2.Payt ravishining o‘qitishdagi didaktik o‘yinlar. Payt ravishlarining leksik va grammatik xususiyatlarini talabalarga oʻrgatishda metodlarning bir koʻrinishi sifatida didaktik oʻyinlaydan ham foydalanish samarali natija beradi. Bunda “Quduqdan suv olish”, “Tinglab top”, “Kuz yaproqlari”, “Kumush qish”, “Mehnatkash chumolilar”, “Shahar olish” va boshqa didaktik oʻyinlar talabaning tezkorligini, savodxonligini hozirjavobligini belgilaydi. Mavzuga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. Darsga boʻlgan ishtiyoqini oshiradi. Darsning muqaddas ekanligini anglash bilan birga oʻz hayot yoʻlidagi qiyinchiliklarni yengib oʻtishni ham oʻrganadi. Didaktik oʻyinlar oʻqituvchining darsini sifatli va samarali boʻlishini ham taʼminlaydi.
“Tinglab top” didaktik oʻyinida talabalarga mos keluvchi kinofilmdan, qoʻshiqlardan parchalar qoʻyib berilsa yoki eshittirilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Masalan, Ozodbek Nazarbekovning “Atirgul” qoʻshigʻidan eshittirilib, matndagi payt ravishlarini topishni vazifa qilib berish mumkin. Bu jarayonda talabalar ham madaniy hordiq chiqarishadi, ham vazifani koʻtarinki ruhda bajarishadi. Oʻqituvchi esa shu orqali pedagogik maqsadiga erishadi.
“Menyu” metodi asosida matnni tahlil qilish.
|
Yakka tartibda yoki kichik guruhlar bilan ish olib borishni boshlagan ijodkor o‘qituvchiga “Мenyu” metodidan foyfalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik guruhga aniq topshiriqlar beriladi. Masalan, ilmiy, rasmiy, badiiy, va publisistik matnlardan namunalar tayyorlanadi. Bu namunalar orqali har bir guruh uchun аlohida topshiriq tayyorlanadi. Topshiriq: Har bir guruh bir turdagi matnni qolgan matnlar orasidan ajratib olish. 2.Matnda ravishlarning qaysi turi qatnashishini aniqlash va ularning ichidan payt ravishlarini ajratib olish.Har bir guruh o‘ziga topshiriq oladi va 3 minut davomida muhokama qilishadi.
|
So‘ng rahbar guruhdan bittadan vakil kelib, o‘qituvchi stoliga kelishadi va tayyor “Menyu”ni olib qaytishadi. Bu menyuda bir necha turdagi matnlar bo‘lib, ular orasidan o‘zlariga berilgan topshiriqqa mos matn tanlanib, topshiriqning keyingi shartlari bajariladi. 10 minut davomida topshiriq muhokama qilinadi, bajariladi va rasmiylashtiriladi. Bu jadvalda tayyorlanishi ham mumkin yoki og‘zaki tarzda bajarilishi ham mumkin. Boshqa guruh vakillari savollar berishadi. O‘qituvchi esa har bir guruhni va guruh sardorlarini baholaydi. Bundan tashqari yana quyidagi usul va metodlardan foydalanish talabalarda fanga bo‘lgan qiziqishini, mavzuni oson tushunishini ta’minlab beradi.
Bu usul toifalash usuli bo‘lib belgi bildiruvchi turkumlarning farqlanishida talabalarga juda qulay hisoblanadi. Ravish va sifatning qaysi turkumga bog‘lanishi, predmet va harakatning belgisini bildirishi orqali farqlanishini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Ma'no turini va ravush so‘z turkumini tushuntirishda pog'ona usul juda qulay hisoblanadi. Talabalar bu usul orqali ravishlarning xususiyatlarini to‘liq anglab oladi.
Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarini mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.
XULOSA
XXI asr jadal taraqqiyot va axborot asri sifatida tarix sahifalaridan joy olmoqda. Tezkor rivojlanish dunyo hamjamiyatida ham, insonlar ongi, shuuri, ehtiyojlari, hatto ruhiyatida ham tub burilish va yangicha o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘lmoqda. Mana shunday jadal taraqqiyot asri ta’lim-tarbiya sohasida ham jiddiy o‘zgarishlar qilishni taqozo etadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki, rivojlanish jarayoni o`ta tezlashgan zamonaviy talablarga muvofiq, o`quv yurtlarida olib borilayotgan mashg`ulotlarning asosiy maqsadi o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o`stirish, ularga individual yondashish orqali har bir o`quvchining bilim darajasini hamda uning aqliy qobiliyatini aniqlash va bu borada amaliy ish olib borish sanaladi. Shunday ekan, o`qituvchi dars davomida namoyish etadigan zamonaviy va innovatsion pedagogik texnologiyalar har bir o`quvchining darsdagi rolini aniqlab, ularni nafaqat yakka tartibda ishlashga, balki bir-biriga yordam berish, bir-biri uchun javobgarlikni oshirishga, ularning og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish imkoniyatini yaratishga, o`z ishiga ijodiy yondashishga undaydi.
Agar pedagog ushbu manbalarni to`g`ri o`rganib, uni amalda qo`llasa, ijobiy samaralar berishi tabiiydir.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
O‘zbek tilshunosligida so‘z turkumini ajratish uchun asos bo‘ladigan ma’noviy, tarkibiy, grammatik omillarining har birini ravishga, asosan, payt ravishlarining leksik va grammatik xususiyatlariga nisbatan o‘rganganimizda quyidagicha xulosalarga keldik:
1.O‘zbek tilshunosligida so‘zlar morfologik jihatdan o‘zgarishi mavjud. Shu bilan birga, ravish so‘z turkumi morfologik jihatdan mutlaqo o‘zgarmas mustaqil ma’noli so‘zlar guruhiga kiradi. Ravishning umumiy lisoniy mohiyatini quyidagicha belgilar bilan berish mumkin:- mustaqil so‘z turkumiga mansublik; shaklan o‘zgarmaslik;gapda hol, sifatlovchi aniqlovchi, kesim vazifasida kela olishi.
2. Ravish turkumiga oid so‘zlar yordamchi so‘zlardan farqi har xil
sintaktik modal munosabatlarni ifodalashga emas, balki so‘zlovchi va tinglovchi
ongida mavjud bo‘lgan ayrim tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladigan gapda
mustaqil o‘rin (tobe o‘rin) egallay oladigan so‘zlardir. Ko‘rinadiki, ravishlarning
ma’no ifodasi ularning mazkur turkumni mustaqil so‘zlar guruhiga kirituvchi
belgisidir.
3. Payt ravishlari sintaktik jihatdan, asosan, hol bo‘lib kelishi, ravishning boshqa ma’no turlari aniqlovchi, kesim bo‘la olishi bilan boshqa mustaqil so‘zlar bilan yaqin bo‘lsa, gapda ega va to‘ldiruvchi bo‘la olmasligi bilan ulardan farqlanadi.
4.Til qo‘shimchalarning o‘zak tarkibiga singib, ajralmas holga
kelib qolishi ravish so‘zlar qatorida ko‘plab kuzatiladi Aksariyat ravishlar so‘z shakl va birikma shakllarning tublashishi natijasida vujudga kelgan. Ravishning tarkibiga ko‘ra turlari hamda bu turlarning voqelanishida xizmat qiluvchi til birliklarini aniqlash ravish so‘z turkumining semantik-grammatik belgilarini ochib berishga xizmat qiladi.
5.Payt ravishlarining leksik xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqali payt ma’nolari o‘rtasidagi ma’no nozikliklarini kuzatishimiz mumkin.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘tarilgan barcha tadbiru amallar respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan, bu eng avvalo, o‘qituvchi kasbiga bo‘lgan munosabatni tub jihatdan o‘zgartirishni, uning ma’naviy - axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Konstitutsiya qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqidagi: “Biz xalqimizning farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun bundan buyon ham bir tanu bir jon bo‘lib, bor salohiyat, bilim va tajribamizni safarbar etishimiz lozim. Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir” degan fikrlar diqqatga sazovordir. Bunday muvaffaqiyatga erishishning dastlabki omili o`qituvchi shaxsidir.
Har bir o‘qituvchisi o‘z kasbini sevmog‘i, pedagogik faoliyatga qobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon, bolajon bo‘lmog‘i; – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yaxshi anglaydigan va mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy-axloqiy barkamol inson sifatida obro‘ e’tiborga ega bo‘lmog‘i; – ona tili va adabiyot o‘qituvchisi zamon bilan hamnafas tarzda barcha sohada bo‘layotgan yangiliklardan boxabar va axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishi kerak. Shundagina samarali natijalarga erishishi mumkin. Pedagog o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha olsa, barkamol avlod voyaga yetadi, kelajak avlod ma’naviy-ruhiy jihatdan yetuk, jisman va aqlan sog’lom bo‘lsa, jamiyat rivoji kafolatlanadii, shunda yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganlaridek, “Biz barchamiz “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan yagona maqsad atrofida birlashib, mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, fidokorona mehnat qilib, o‘z orzu-maqsadlarimizga, inshoolloh, erishamiz”.
GLOSSARIY
Do'stlaringiz bilan baham: |