3. JUFT RAVISHLAR. Ikki asosni yonma-yon keltirishdan hosil bo‘ladi: asta-sekin, bugun-erta, eson-omon, erta-kech kabi.
4. TAKRORIY RAVISHLAR. Bir asosni aynan yoki tovush o‘zgarishi yordamida takrorlashdan hosil qilinadi: oz-oz, oz-moz, sal-pal, tez-tez, sekin- sekin kabi.
Ravishlarda boshqa turkumlardan farq qiluvchi muhim xususiyat bor. Boshqa mustaqil so‘z turkumlari so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish va so‘zlarni qo‘shish orqaligina yasaladi. Ularda so‘zlarni juftlash va takrorlash orqali yangi so‘z yasalmaydi. Yasama ravishlar esa qo‘shimchalar qo‘shish, so‘zlarni qo‘shish, asos qismni juft va takror qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Faqat ravishlardagina juft va takroriy so‘zlar yasama ravish bo‘la oladi. Lekin bunda ham ma’lum chegara bor. Agar ravish turkumidagi so‘zlar juftlansa yoki takrorlansa va yangi ma'no ifodalansa, u holda bunday ravishlarga yasama ravish sifatida qaralmaydi: tez-tez, oz-moz, sekin-asta, sal-pal ravishlari yasama ravishlar emas. Ravish turkumidagi o‘rin ravishi hisoblangan nari va beri so‘zlarining juft shakli o‘rin ma’nosini emas, holat ma’nosini ifodalagani uchun yasama ravish sanaladi. Partalarni nari surdik. Partalarni nari-beri surdik. Ushbu gaplarda qo‘llangan nari va nari-beri so‘zlari o‘rin ma’nosini bildirgani uchun yasama ravish emas. Choyni nari-beri ichdim. Ushbu gapdagi nari-beri ravishi yasama ravish hisoblanadi, chunki o‘rin ma’nosini emas, holat ma’nosini ifodalashga xoslanib qoldi. Demak, yasama ravishlar ravishdan boshqa so‘z turkumlarini takrorlash va juftlash yordamida hosil qilinadi. Bunday yasama ravishlarda oldingi so‘z turkumi o‘z ma’nosidan uzoqlashadi. Qiyoslang: Uyga kirdi gapidagi uyga so‘zi ot, uyma-uy yurdi gapidagi uyma-uy so‘zi yasama ravish, chunki uyma-uy so‘zi qay tarzda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
1.2.Payt ravishining leksik xususiyatlari. Payt ravishlari harakat va holatning bajarilish paytini bildiradi: Erta turganning barakasi bo‘ladi. Ravishlar lingvistik tabiatiga ko‘ra ma’lum bir belgini nomlovchi, mustaqil so‘z bo‘lib, vazifa jihatidan boshqa lug‘aviy ma’noli so‘zlar (odatda, fe’l)ning muayyan xususiyatlarini konkretlashtirishini T.Asadov o‘z tadqiqotlarida aytib o‘tgan. Bu holatni misollar orqali qiyoslaymiz: Madina keldi –Bugun Madina keldi.
Payt ravishlari payt ma’nosini ifoda etsada, matndagi ma’no nozikliklarini, ya’ni oraliq ma’nolarini belgilash ravishni nazariy jihatdan chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi. Payt ma’nolari o‘rtasida ham farq mavjud. Masalan, Erta turdi va ertalab turdi misollaridagi payt ravishlarini qiyoslasak farqni kuzatamiz. Payt ravishlari maʼno nozikligi jihatdan sinonimlar qatorini ham tashkil etadi. Masalan, hozir, yangi, yangitdan, boyagʻi, boyatdan soʻz shaklari sinonimik qatorni tashkil qilib, hozir “kitobiylik, ommaboplik” ifoda ma’nosida, boyag‘i, yangi, yangitda “dostonlar tiliga xoslik”, boyagi, boyatdan “ertak, maqol tiliga xoslik” ma’nosida ko‘proq qo‘llanishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ularning ma’nosida ham qisman farq mavjud. Hozir nutq so‘zlanib turgan paytning o‘zida, yangi nutq so‘zlanib turgan paytdan sal oldin, boyag‘i, bog‘onag‘i so‘z borayotgan paytdan birmuncha oldin kabi ma’nolarni bildiradi. Yangi, yangitda ham, boya, boyag‘i, bog‘onag‘idan so‘zlari ma’nosiga ko‘ra ham farq qiladi. Yangi hozirni, yangitda o‘tmishni degan ma’nolarni ifodalaganini ta’kidlab o‘tgan.
Bu maʼlumotlar D.Oʻrinboyevaning ilmiy tadqiqotlarida oʻz aksini mukammal darajada topgan.
Payt ravishlariga kecha, bugun, erta, indin, sahar, tushda, kechqurun, peshinda, bultur, bu yil, o‘tgan yil, bugun-erta, oldin, hozir, keyin,boya, hali, endi, burun,avval, qadim,yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, so‘ng, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabi soʻzlar kirishini yuqorida aytib oʻtgan edik.
Morfologik o‘zgaruvchan keyin, har kun, tun, kun, oqshom kabi payt
ma’nosini ifodalovchi so‘zlarni ravish hisoblash tanlangan mezon morfologik
o‘zgarmaslik talablariga mutlaqo javob bermaydi. Bu kabi so‘zlar egalik, kelishik
ko‘rsatkichlari bilan erkin birika oladi. Yuqoridagi so‘zlarni ba’zan, hamon, boya,
endi, darrov, mudom, hamisha kabi o‘zgarmas so‘z (payt ravish)lardan
farqlashimiz darkor. Holbuki, har kun -endi, bugun - boya juftliklarining birinchi
komponentdagi leksema payt oti (turlanadi), ikkinchi komponent payt ravishi
sifatida baholanishi lozim. Yuqoridagi juftliklarning atash semalaribir xil bo‘lsada, ular faqat grammatik tabiati (o‘zgarish, o‘zgarmaslik) bilan farqlanadi.Shu fikrni o‘rin otlari misolida ham aytish mumkin. Grammatikamizda
ravish tarkibida o‘rganib kelingan old, chap, o‘ng, tashqari, ichkari, har yer, bu
yer, u yoq, bu yoq kabi o‘nlab so‘zlarning o‘zgaruvchan (turlanuvchi) ekanligini
isbotlashning hojati bo‘lmasa kerak. Bu so‘zlarni old, orqavarotdan kabi joy,
makon ma’nosini ifodalovchi o‘rin ravishlari bilan aralashtirmaslik lozim.
Ayrim so‘zlar tarkibida III shaxs birlik son -i (-si) egalik, -lar ko‘plik
qo‘shimchasi birgaliqda o‘zakka singib, ya’ni o‘zining grammatik vazifasini
yo‘qotib, ravishga aylangan. Masalan, kechalari, ipgarilari, avvallari, bir
zamonlar, vir vaqtlar, ertasi ko‘pi, kunduzlari, kechasi, kechqurunlari kabi
ravishlar shular jumlasidandir. Bu to‘g‘rida A.M.Shcherbak shunday yozadi: "...
ba’zi bir ravishlar ayrim ergash morfemalarni qabul qilib, o‘zining asl ma’nosiga
qo‘shimcha ma’no yuklaydi va ular ko‘plik, egalik, egalik, kelishik shaklidagina ravish sifatida qo‘llanadi. Masalan, kunduzlari, burunlari, avvallari, hozirlari kabilar shular jumlasidandir. Bunday ravish paytning davomiyligini bildirganda, faqat III shaxs egalik affiksi bilan qo‘llanadi.
Tilimizdagi payt ravishlarini M.K.Hakimova5 vaqt turlarini ifodalashiga ko‘ra guruhlaganlar:
- kelasi zamonni ifodalovchi payt ravishlariga ertaga, keyin, keyincha, so‘ng, endi, endigina, halizamon leksemalarini kiritganlar;
- o‘tgan zamonni ifodalovchi payt ravishlariga boya, yaqinda, avval, burun, oldin, dastlab, azaldan, haligacha, kecha,bultur leksemalar;
- hozirgi zamonni ifodalovchi payt ravishlari hozir, halitdan, hozirdan kabi leksemalarni tadqiqotlarida tahlil qilib o‘tganlar.
Vaqt ifodalovchi leksemalar sistemasini dastlab turkumlik
(kategoriya) belgilari asosida payt otlari, payt ravishlari, payt ma’noli sifatlar, payt
ma’noli olmoshlar va payt ma’noli fe’llar kabi kichiq-kichiq sistemalarga ajratish
mumkin. Xususan, vaqt sememasi vaqt (payt) otlari va payt ravishlarida mustaqil,
yetakchi (sof) mavqeda bo‘lsa, vaqt ma’noli sifat, olmosh va fe’llarda yordamchi
yoki eng kichik ma’noviy qism (sema) holatida bo‘ladi. Payt ma’nosini nafaqat leksik vositalar bilan, balki grammatik shakllar orqali ham ifodalash mumkin. Chunonchi, -gach, -guncha, -b (ib), -sa qo‘shimchalari, shuningdek, -gandan keyin, -gandan buyon, -ganda, -gan edi, -ar ekan, -masdan ilgari kabilar ham payt semasini bildira oladi. Biroq ular payt mazmunining qanday, kay tarzda ifodalaganiga ko‘ra payt ma’noli so‘zlardan farqlanadi. Payt semasini ifodalovchi so‘zlar (ot, sifat, ravish) umumiy bir vaqt mazmunini ifodalashdagi funktsiyasi jihatidan bir-biridan farqlanmaydi. Ya’ni payt oti (kecha, bugun,, sahar, tun), payt ravishi (endi, boya) semantikasiga ko‘ra bir umumiy ma’no - mazmun doirasida birlashadi. Biroq payt oti va payt ravishida vaqt mazmunining semantik holati hamda vazifadorligi turli darajadadir. Vaqt mazmunining mavhumligi otlarga nisbatan ravishlarda ancha ustivorlik qiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, payt ravishlari (azaldan, avvalo, ba’zan, hamisha,yaqinda, umrbod, boshda, boya, buguncha, mudom, avval, barvaqt, birpas, vaqtincha, dastlab, ilalabod, ilgari, mangu, nuqul, oqibatda, saharlab, so‘ngra, uzzun-kun, endi, halitdan, hamisha, hanuz, hamon, kecha-kunduz, vaqt-bevaqt, hali-beri,onda-sonda, tez-tez, ora-sira, kecha-kunduz, o‘qtin-o‘qtin,erta-
indin va h.k.) o‘zining qo‘llanishi, qaysi nutqqa xosligi, konnotativ (hissiy-emotsional) ma’nolari bilan ham bir-biridan farqlanadi. Payt mazmunli lug’aviy birliklar harakat jarayonining boshlanishi, davomiyligi, izchilligi, uzluksizligi, uzlukliligi, chegaralanganligi, galma-galligi kabi maxsus turdagi hodisalar sifatida tafakkur tushunchalarida aks etadi va shu asosda birliklarning mavhum vaqt ma’nolari shakllanadi. Shu nuqtai nazardan payt ravishlarini vaqt, zamon mazmunini ifodalashiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Payt mazmunining boshlanish nuqtasini ifodalovchi ravishlar: avvalo, avval, boshda, dastlab, dastavval.
Payt mazmunining davomiyligini ifodalovchi ravishlar: hamon, nuqul,
doim,doimo,mudom,hamisha.
Payt mazmunining izchilligini ta’minlovchi ravishlar: uzzukun, kunda,
kunora, dam-badam, tez-tez, qishin-yozin, tun-kun.
Payt mazmunining uzluksizligini ifodalovchi ravishlar: abadulabad, umrbod.
Payt mazmunining uzluklyugagini ifodalovchi ravishlar: birpasda, tezda, zumda, darrov, birrov.
Payt mazmunining chegaralanganligini yoki galma-galligini ifodalovchi ravishlar: onda-sonda, goh-goh, ora-sira, oyda-yilda, ba’zan, o‘qtin-o‘qtin.
Payt mazmunining boshlanish nuqtasini ifodalovchi ravishlar (avvalo, avval, bogida, dastlab) vaqt leksik birligi semantik mundarijasida paytning muhimbelgisi sifatida "dastlabki vaqt" semasi aks etadi: Avvalo shuni aniqlash kerakkiaslida o‘shanda. Aziz aytgan voqea mana bunday yuz bergan edi (U.Usmon). Boshda Hasanali Ziyo shohichi bilan uning o‘g‘li Rahmatdan yaxshiginaumidkutgan edi. Ayni paytda vaqtning tadrijiy bosqichida
Do'stlaringiz bilan baham: |