II BOB. PAYT RAVISHLARINING O‘RGANILISHIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYADAN FOYDALAHISH
2.1.Payt ravishlarining o‘qitish metodlari. O‘qitish maqsad va mazmunlari aniq muvofiqlashtiriliganda, ta’lim-tarbiya jarayoni samarali bo‘ladi. Maqsad bilan mazmunni muvofiqlashtirish o‘qituvchining mahoratiga va e’tiboriga bog`liq. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “ professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir” degan fikrini ta’kidlash nihoyatda o`rinlidir.
Texnologiya – yunoncha “teche” so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va “logos” - so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi. Subyekt tomonidan obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida obyektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obe’ktga yo‘naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.Ta’lim texnologiyasi o‘quv jarayoni ishtirokchilarining (ta’lim beruvchi va oluvchi) o‘zaro harakat usuli va vositalaridir. Pedagogik texnologiya ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, demokratik hamda takrorlanuvchan o‘qish natijalarini kafolatlaydigan ta’lim jarayonini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimiy metodidir. Ta’lim texnologiyalaridan biri bo‘lgan matn bilan ishlash texnologiyalari ta’im oluvchining kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi, uni o‘zini-o‘zi boshqarish, nazorat qilishga undaydi, pedagogika, lingvistika va lingvodidaktika va matnni markazlashtirish tamoyillari yutuqlaridan foydalanishda integrativlik tamoyillarini qo‘llash imkonini beradi.
Bugungi taraqqiyot har bir o`qituvchidan o`ziga xos ijodkorlikni, malaka va tajribani taqozo etmoqda. Bu, o`z navbatida, ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. XXI asr muallimi yuksak taraqqiy etib borayotgan bugungi fan-texnika yutuqlariga har doim hozirjavob bo`lishi, ulardan o`z darslarida samarali foydalana olishi kerak bo`lmoqda. Darslarda qo`llanadigan interaktiv usullar o`quvchilarda o`z ona tili va yurtiga mehr-muhabbat tuyg`ularini uyg`otish, ularni mukammal savodxonlik darajasiga ko`tarish, mantiqiy aniq va to`liq nutq sohibi bo‘lishiga erishish kabi muhim vazifalarni bajarishni nazarda tutadi.
Ishimizning bu qismini to‘liq metodikaga bag’ishlashni o‘z oldimizga maqsad qildik. Payt ravishlari o‘zining leksik va grammatik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Shuningdek, payt ravishlari leksik va grammatik xususiyatlarinitalabalarga dars jarayonida o‘qitishda, albatta, “Aqliy hujum”, “Tezkor soʻrov”, “Venn diagrammasi”, “Breyn ring” , “Idrok etish”, “Izohli yozuv” va boshqa usullardan ham samarali foydalanib darsni olib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu usullar talabaning tezkorligini, savodxonligini hozirjavobligini belgilaydi. Mavzuga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, dunyoqarashini kengaytiradi.
“Aqliy hujum” usulida mavzuga bo‘lgan qiziqish orttiriladi. Bu usulda o‘qituvchi payt ravishlari leksik va grammatik xususiyatlarini o‘tishdan oldin mana shu mavzuda mantiqan fikrlarga undaydigan savollar bermog‘i lozim.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Masalan:
Ravishni boshqa so‘z turkumlaridan farqlovchi belgi qanaqa?
Ravishning morfologik o‘zgarish hamda yasalishga munosabati qay darajada?
Ravishning so‘z turkumlari tizimidagi mavqei, yondosh turkumlarning
ravishga hamda ravishning bu turkumlarga ta’siri qanday?
Payt ravishlarining payt otlaridan farqli tomonlarini tushuntiring.
(Talabalar munosabat bildiradi).
Avval o‘yla, keyin so‘yla! Ushbu maqol payt ravishini toping.
Bilimli oʻquvchi oʻz fikrini tez bildirishi kerak. Oʻqituvchi barchaning fikrini tinglaydi va toʻgʻri, aniq maʼlumot aks etgan javobni qabul qiladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
“Tezkor soʻrov”usulida kichik guruhlardagi talabalar oʻzlariga berilgan savollarga javob berishadi. Javoblarni tez va aniq aytishlari kerak boʻladi. Bu esa “Tezkor soʻrov” usulining asosiy mezonidir.
“Breyn ring” o‘yini. Bu o‘yin intellektual faoliyatni shakllantiruvchi o‘yinlar sirasiga kirib, unda har birida 5–6 nafardan o‘quvchi bo‘lgan 2 tadan 4 tagacha jamoalar qatnashishi mumkin. O‘qituvchi har bir guruhga qisqa javobli savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib boradi. Agar to‘plangan balni vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni to‘xtatmay, o‘yin davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha ballar kuyib ketadi. Demak, o‘sha o‘quvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi va to‘plagan balini jamoa hisobiga tushirishi kerak. Qolgan savollarga endi boshqa ishtirokchilar javob berishi lozim va ular ham o‘z jamoalari hisobiga ball to‘plash imkoniga ega bo‘ladilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball.
O‘qituvchi bu o‘yinni qo‘llashdan oldin bitta hikoya o‘qib beradi yoki uning matnini beradi. Masalan, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidan qisqacha parcha keltirib tahlil qilib o‘tamiz:
O‘sha kuni men ko‘rinmay yurdim. Ertasiga boy meni qidiribchalpak qilib ko‘tartirib olib keldi. Avval qurttakkina qilib yigirma qamchini bosh-ko‘z aralash yedik. So‘ngra so‘radi:
– Hoy itdan tarqagan, bu qilig‘ing nimasi?!
– Axir, boshida bay qilishgan edik-ku, aylanay xo‘jayin, har
zamonda bir yolg‘on gapiraman deb.
– Bu o‘sha yolg‘oningmi?
– Lekin hammasi emas edi.
– Agar hammasi bo‘lmasa, butun yolg‘on qilsang, men xonavayron bo‘larekanman-da, tur-ey, padaringga la’nat seni, qorning oshga to‘ymasin, juvonmarg bo‘l! Haydang bu kazzobni.
Haydab chiqarmoqchi bo‘ldilar. Ketish oldidan boydan haqtalab qildim. Chunki boyning eshigida bir oy-u o‘n to‘qqiz kunishlagan ekanman. Haligacha bergan yigirma ikki tiyin choychaqani bosib qolib, qayoqdagi sasigan, qurt tushgan olmalardanikki pud olmani bitta chipta qopga solib berdi. Men shunga ham
shukr qilib namozshom yo‘lga tushdim.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissaning matnini o‘quvchilarga tarqatadi. O‘quvchilar o‘qib chiqadi. Keyin o‘qituchi ularga hikoya matnidagi payt ravish birliklarga doir savollar beradi.
“Izohli yozuv” usuli talabalarning bilim va koʻnikmalarini, savodxonligini rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Bu usulda berilgan matndagi gaplardan talabalar payt ravishlarini aniqlaydi. Quyidagi matndan shu usulda foydalanish mumkin: “Keyin u yoqqa o‘tamiz, — deb o‘ng tarafdagi oynavanduyga ishora qildi. Oʻzining jiydazordan hozirgina kelganligini aytdi. Ertaga chigit ekishni boshlash kerakligini ham uqtirib oʻtdi. Dehqonlar erta-yu kech dalada ishlab ter toʻkar edi. Rais erta-indin rejanito‘ldirgani haqidagi xushxabarni ularga aytar”.
“Bumerang texnologiyasi” bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmunga(muammoli, munozarali va hokazo) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin.
Bumerang texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
“Idrok etish” usulidan talabaning topqirligini, aqliy salohiyati yuqorilini, tezkor fikrlay olishini aniqlashda foydalanish maqsadga muvofiq boʻlar edi. Bunda talabalarga jadval beriladi. Talabalar berilgan jadvaldagi ma’lumotlarning o`ziga mos juftini topib, ular(ikkinchi maʼlumot)ni raqamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |