Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 145,5 Kb.
bet4/6
Sana12.06.2022
Hajmi145,5 Kb.
#657252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Anvarova Zilola. HO\'AT Kurs ishi

Hisob so‘zlar.
Narsalarning sonini ko‘rsatish, ularning miqdor belgisini aniqlashda sanoq sonlar bilan birga hisob so‘zlari (numerativlar) ham ishlatiladi. Predmetlarning sonini, hajmini, o‘lchovini bildiruvchi dona, nafar, bosh, gektar, tonna kabi so‘zlar deb ataladi. Hisob so‘zlari bilan sanoq sonlar birgalikda boshqa otga bog‘lanib, har ikkala so‘z bir gap bo‘lagi vazifasini bajaradi:
Narsaning miqdorini aniqlash jihatidan numerativlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Narsaning miqdori ni donalab hisoblash o‘lchovini bildiruvchi hisob so‘zlar: bo‘lak, parcha, dona, tup, nafar, nusxa, bosh, bog‘, to‘da, dasta;

  2. Narsaning uzunligini, masofani bildiruvchi hisob so‘zlar: metr, kilometr, santimetr, millimetr, tosh, chaqirim, gaz, qadam, qarich;

  3. Narsaning og‘irligini bildiruvchi hisob so‘zlar: qadoq, pud, botmon, kilogramm, tonna;

  4. Narsaning sathini bildiruvchi hisob so‘zlari: tanob, gektar, kvadrat metr, kvadrat kilometr, sotix;

  5. Suyuqlik o‘lchovini bildiruvchi hisob so‘zlar: litr, hovuch, chelak, qoshiq, piyola, kosa;

  6. Qattiq jism hajm o‘lchovini bildiruvchi hisob so‘zlar: kub metr, kub santimetr, lagan, qop, siqim, to‘rva, arava, mashina, zambil;

  7. Qiymatini bildiruvchi hisob so‘zlar: so‘m, tiyin, tanga;

  8. Vaqtni bildiruvchi hisob so‘zlar: minut, soat, kun, oy, yil, asr, daqiqa;

Hisob so‘zi o‘zi birikkan son bilan birga ajralmas sintaktik birlikni tashkil etib, gapda bir sintaktik pozitsiyadan o‘rin oladi.
Hisob so‘zi qadimdan o‘zbek tilida faol qo‘llangan. Bugungi kunda ularning ayrimi butunlay iste’moldan chiqib ketgan yoki juda kam ishlatiladi. Ularga qadoq, jon, gaz, sarjin, paysa, taxta, enlik, tosh, pud, mahal, yumaloq kabilar.


Aloqa – munosabat kategoriyalarning son turkumida voqelanishi.

Son cheklanmagan gap bo‘lagi vazifasida kelishga ega, ya’ni u istagan gap bo‘lagi vazifasida kela oladi:


1.Kesim: Bu xotinning joni bitta emas, balki mingta. (A.Qahhor)
2. Ega: Dushmanning yuz birinchisi qoldi. (A.Qahhor)
3. Hol: Samarqandni bir necha marta ko‘rganman.
4. Aniqlovchi: Bir chetda gulzor oralab ikkita chiroyli qiz gul terib yurdi. (Oybek)
5. To‘ldiruvchi: Jurnalning birinchisini topdim.
Shunga muvofiq, son turkumi kelishik kategoriyasi, egalik kategoriyasi va kesimlik kategoriyasini o‘z doirasida voqelantiradi.
Kelishik kategoriyasi. Sonda egalik kategoriyasi bilan birga qo‘llanadi.
Bosh kelishikdagi son ega vazifasida keladi: Daftarning uchtasi menda.
Qaratqich kelishigidagi sonda kelishik kategoriyasi sonni qaratqich aniqlovchi vazifasida keyingi so‘zga bog‘lash tarzida xususiylashadi: Sigirning ikkitasining suti ko‘p.
Tushum kelishigidagi son gapda ish-harakatni qabul qilgan predmetga obyekt tusini beradi va tushum kelishigi affiksini qabul qilgan son vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Chiqish kelishigi, kelishik kategoriyasi umuman oldingi so‘zni keyingi fe’lga o‘rin-payt holi va vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida bog‘lash tarzida, son turkumida esa oldingi sonni keyingi fe’lga o‘rin-payt holi va vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida bog‘lash ko‘rinishida xususiylashtiradi.
Chiqish kelishigidagi sonning vazifalari:5

  1. vositali to‘ldiruvchi: Qarzni odamning ikkinchisidan so‘rang.

  2. o‘rin holi: Eshigi ochiq narigi xonaning birinchisidan pianino ovozi eshitilmoqda edi.

Jo‘nalish kelishigidagi son ish-harakat yo‘nalgan predmetni belgisi bilan anglatadi: birinchisiga, uchoviga.
Jo‘nalish kelishigidagi son gapda to‘ldiruvchi, hol kabi bo‘laklar vazifasida keladi: Bola mashinaning birinchisiga yugurdi.
Kelishik kategoriyasi. Bog‘lama. Kesimlik kategoriyasi son turkumida ham o‘z mohiyatini cheklangan darajada namoyon qilib, ikki ko‘rinishga ega bo‘ladi: a) hozirgi zamon ko‘rinishi; b) o‘tgan va kelasi zamon ko‘rinishi. Ko‘p hollarda son turkumida kesimlik kategoriyasi bog‘lama vositasida yuzaga chiqadi.
Bog‘lama kesimlik kategoriyasini son va boshqa kesimlik vazifasiga unchalik moslashmagan so‘zlarda yuzaga chiqaruvchi vosita. To‘liqsiz fe’l, [bo‘l], [hisoblamoq], [sanalmoq], [deyilmoq] kabi mustaqil fe’llar sonlarda ham bog‘lama vazifasini bajaradi.
Kesimlik kategoriyasining son turkumidagi hozirgi zamon ko‘rinishida quyidagi tusga ega bo‘ladi:
birinchisi+man birinchisi+miz
birinchisi+san birinchisi+siz
birinchisi+0 birinchisi+(lar)
[-man], [-san],[-miz], [-0],[-lar], kesimlikning barcha ma’nosini yig‘iq holda bir affiksda ifodalaydi. Bo‘lishsiz shakli analitik usulda yuzaga chiqadi: Birinchisi emasman, birinchisi emassan. Egaga urg‘u berilganda, kesimlikning barcha ma’nolari nol shakl orqali ifodalanadi: Men birinchisi(0) kabi.
O‘tgan zamonda kesimlik ma’nosi bog‘lama vazifasida keluvchi to‘liqsiz fe’l va bog‘lamalashgan so‘z bilan kesimlikning analitik ifodasini tashkil etadi.
birinchisi+edim birinchisi+edik
birinchisi+eding birinchisi+edingiz
birinchisi+edi birinchisi+edi(lar)
Bunda ikki shakl ([edi] va shaxs-son) kesimlikning to‘rt tip ma’nosini ifodalaydi. To‘liqsiz fe’l zamon, tasdiq, mayl ma’nosini yaxlit yuzaga chiqaradi.
[Bo‘l] fe’li bog‘lama vazifasida kelib uch zamonni ham ko‘rsatishi mumkin: birinchisi+bo‘laman, bo‘ldim. Misollar: Men shu zavodga ishga kirganlarning eng birinchisi bo‘ldim(o‘tgan zamon). Men shu zavod ishchilarning birinchisi bo‘laman(hozirgi zamon). Sen shu zavod ishchilarning eng birinchisi bo‘lasan (kelasi zamon). Sanaladi, hisoblanadi so‘zlari ham bog‘lama vazifasini bajarib, songa kesimlik kategoriyasini moslaydi.




    1. Download 145,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish