Axloq kishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, jamiyatga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti-harakatlar yig`indisidir. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko’rsatadi



Download 21,56 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi21,56 Kb.
#715208
Bog'liq
atamalar


Atamalar



  1. Axloq – kishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, jamiyatga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti-harakatlar yig`indisidir. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko’rsatadi. Axloqqa milliy urf-odatlar, an’analar ta’sir qiladi. Ba’zi millat kishilari o’rtasidagi munosabatlarda oddiy hol deb qaraladigan xatti-harakatlar boshqa millatlar axloq qoidalarida rad etilishi mumkin. Axloqning yuksak darajada bo’lishi jamiyatning rivojiga bevosita ta’sir qiladi yoki aksincha. Axloq- axloq normalari bilan tartibga solinadi, ular huquqiy normalardan farq qilib, majburiy harakterga ega emas.

  2. Assalomu alaykum. Kishilar o’zaro uchrashganda bir-biriga aytadigan arab tilidagi tilagi bo’lib, «Sizga osoyishtalik va salomatlik tilayman» degan ma’noni anglatadi. Salomni qabul qiluvchi kishi esa «Va alaykum assalom» (sizga ham tinchlik, salomatlik bo’lsin) deb javob qaytaradi. O’zidan kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat yuzasidan tanisa, tanimasa salom-alik qilish xalqimizning axloqiy fazilatlaridan hisoblanadi.

  3. Vatan – (arabcha "vatan” – ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning ajdod va avlodlari tug`ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan kishi yoki avlodlar tug`ilib o’sgan va kamol topgan zamin, o’lkadir. Vatan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytmaydi xalqimiz. Tili, e’tiqodi, urf-odatlari va milliy sifatlari bir bo’lgan avlodlar yashagan va yashayotgan jo’g`rofiy muhit Vatanni ifoda etadi.

  4. Davlat ramzlari – Konstitutsiyada belgilangan bo’lib (5-modda), bayroq, gerb va madhiya hisoblanadi. Ularning tuzilish shaqli, maqsadi, ishlatilishi maxsus qonunlar bilan tasdiqlangan. Bular mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi ramziy belgilardir. Ularda mamlakat xususiyatlari aks ettiriladi.

  5. Davlat bayrog`i – davlat ramzlaridan biri bo’lib, uni boshqa mamlakatlardan farqlovchi belgidir. U mamlakat hududida ilgari mavjud bo’lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayrog`iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiati xususiyatlarini, xalqining milliy va madaniy sohalaridagi o’zligini aks ettiradi. Bayroq maxsus qonun bilan tasdiqlanadi va qayerlarda, qachon o’rnatilib qo’yilishi belgilanadi. Bayroqning rangi, undagi belgilarning chuqur ma’nosi bor. O’zbekiston bayrog`idagi moviy rang Sharqda azaldan qo’llangan bo’lib, osmon va musaffo suv ramzidir, oq rang tinchlik va poklik timsoli, qizil yo’llar hayot ramzi, tomirlarda oqayotgan qon, ya’ni tiriklik rangi, yashil rang O’zbekistonning go’zal tabiati ramzi. Yarim oy va yo`lduzlar – musaffo osmon va tinchlikni bildiradi. Bayroq mamlakatimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir. "O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to’g`risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan.

  6. Davlat gerbi – davlat ramzlaridan biri, davlatning rasmiy tamg`asi bo’lib, muhrlarda, turli hujjat nusxalarida, pul birligida aks ettiriladi. Uning ko’rinishi maxsus qonun bilan belgilangan. O’zbekiston gerbining markazidagi Humo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzi, sakkiz qirrali yo`lduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli, quyosh – yo’limizning hamisha nurafshon bo’lishi, boshoq – rizq-ro’zimiz, paxta – O’zbekiston boyligi, bug`doy va paxta chanog`idagi tasma – xalqimiz do’stligi ramzidir. "O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g`risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.

  7. Davlat madhiyasi – O’zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo’lib, Davlat madhiyasiga zo’r ehtirom bilan qarash mamlakat har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Madhiya musiqa va she’r vositasida ifodalanadi hamda davlat organlari tomonidan o’tkaziladigan tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya maxsus qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.

  8. Maktab- o’qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma’lumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan o’quv-tarbiya muassasasi.

  9. Metod - yunoncha "metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo`l, axloq, usul ma’nolarini anglatadi.

  10. Odob – insonni ma’naviy kamolotga yetaqlovchi jarayondir. Odob bolalikda shaqllanadi. Yosh ulg`ayishi bilan insonning odob darajasi kengayib boradi. U kishi faoliyatini belgilovchi jarayon bo’lib, uni xatolardan saqlaydi. Natijada kishining xulqiy go’zalligi ortadi.

  11. O’qitish - ta’limiy maqsadlardan kelib chiqqan holda o’qituvchi va o’quvchilarnint o’zaro faoliyati asosiga quriluvchi maxsus tashkil etilgan, maqsadga yo’naltirilgan hamda boshqariluvchi jarayon. Uning natijasida qo’yilgan maqsadlarga muvofiq ravishda o’quvchilar tomonilan bilim, ko’nikma va malakalar egallanadi, ularning dunyoqarashlarn, aqliy qobiliyatlari, imkoniyatlari shakllanadi.

  12. tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;

  13. ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;

  14. O'qituvchining didaktik tizimi - hujjatlar va didaktik materiallar to'plami, ularning yordamida o'qituvchi bolalarni sinfda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda o'qitish, rivojlantirish va o'qitishni amalga oshiradi. Ta'lim standarti, o'quv dasturi, taqvim va tematik rejalar, dars yozuvlari, o'quv ish rejalari, qo'llanmalar, ko'rgazmali qurollar va boshqalar.

  15. Talab- o'quvchining ongiga uning faoliyatining ayrim turlarini keltirib chiqarish, rag'batlantirish yoki sekinlashtirish maqsadida pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli. Talab turlari: talab-talab, talab-ishonch, talab-tasdiq, talab-maslahat, talab-maslahat, shartli talab, o'yin dizaynidagi talab, talab-qoralash, talab-ishonchsizlik, talab-tahdid.

  16. MAVZU (lot. subjectum - mavzu) - boshqa odamlarda va o'zida o'zgarishlarni amalga oshiruvchi, sub'ekt -amaliy faoliyat va bilish tashuvchisi. Insonning sub'ektivligi uning hayotida, muloqotida, o'zini anglashida namoyon bo'ladi.

  17. Ma'naviy tarbiya - insonning barqaror va barkamol rivojlanishini ta'minlaydigan hayotga bo'lgan qadriyatli munosabatni shakllantirish. V. d.Vazifa tuyg'usi, adolat, samimiylik, mas'uliyat va boshqa xislatlarni tarbiyalash insonning ishi va fikriga yuqori ma'no bera oladimi?

  18. Didaktik qobiliyat - ta'lim berish qobiliyati.

19. O‘quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
20. Umumiy o‘rta ta’lim – ta’lim turi hisoblanib, 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan ta’lim olish davrini o‘z ichiga oladi. Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi davrlarga bo‘linadi:
boshlang‘ich ta’lim – 1-4-sinf;
tayanch o‘rta ta’lim – 5-9-sinf;
o‘rta ta’lim – 10-11-sinf.
21. Malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi;
22. Pedagog - (yun.— παιδαγωγός bola yetaklovchi) — pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs.
23. Gap — muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi.
24. Soʻz shakli — muayyan grammatik shakldagi muayyan so'zni bildiruvchi termin.
25. Suhbat - o'quvchilarni harakatlarni muhokama qilish va tahlil qilishga jalb qilish va axloqiy baholashni rivojlantirishning savol-javob usuli.
Download 21,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish