Mavzu: Shaxsning malaka va odatlari Reja: Shaxsning malaka va odatlari Shaxsning faolligi



Download 22,51 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi22,51 Kb.
#826140
Bog'liq
PSIXOLOGIYADAN MUSTAQIL ISH



Mavzu: Shaxsning malaka va odatlari

Reja:

1. Shaxsning malaka va odatlari
2. Shaxsning faolligi:
3. Shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar

Shaxsning malaka va odatlari
Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil boladi (yozish, oqish, yurish, musiqa chalish, sport va h. k.) Maqsadni kozlab biror ishni bajarish malakaga bogliq. Malaka deb, avval ongli bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bolishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, otin arralash sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham boladi.
Odat kishi qalbiga chuqur ornashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy boladi. Salbiy odatlarga yolgon gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli reflekslarning hosil bolish mexanizmi tashqil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, yani takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bogchaga organguncha qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip boladi.
YAngi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bogliq boladi. Ilgarigi malakalar ijobiy tasir qilsa malakalarning kuchayishi kozatiladi. Masalan, chet tillardan birontasini organgan odam boshqa bir chet tili organishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka salbiy tasir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga otsa qiynaladi. Shaxs shugullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shugullanmasa malakalar sunish hodisasi kozatiladi. Buni malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi.
Malakalarning hosil bolish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bogliq. Masalan, til organish 4 - 5 yoshda tez organiladi. Hunar egallash 12 - 13 yoshda tez organiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bogliq , yani asab tizimiga bogliq boladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanholiklarda sekin hosil boladi. Demak, malakalar inson shaxsining tarkib topishiga katta tasir korsatadi. Shaxs ozining individualligida, ijtimoiy munosabatlarda belgilanadi. Atoqli psixolog K.K Platonov shaxsni “Konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi subektdir”,
L. L. Bojovich esa “Odam ozining anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda “Men” degan ushuncha paydo boladi”, deb takidlaydilar. A.N. Leont’evning “Faoliyat. Ong. Shaxs” degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar bor: “Bu oliy olam birligi, hayotda doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar koz ongida va ozining koz ongida qoladi.”
Har bir odam tugilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, malum jamoada - oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni ozgartiruvchi subektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tugilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shugullanuvchi kishini shaxs deymiz.
Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bolgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar ortasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon boladi. Odam boshqa kishilar bilan bolgan munosabatlardagina shaxs bolib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shugullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir.
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yigindisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga oxshamagan rollarni bajaradi. Bazi bolalar oilada erkatoy, injiq bolsa, maktabda tengdoshlari ortasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq boladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bolib yurishi mumkin. Kopincha kishi turli vaziyatlarda oxshash sifatlarni namoyon qiladi.
Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bolgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini ozgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bogliqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan ozgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va ozaro bogliqligidan iborat bolgan murakkab birlikni, yani dinamik tuzilishni hosil qiladi.
Shaxsni psixologik jihatdan organish oz tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi:
1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan kora olish imkonini beradi.
2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib korsatishni talab etadi. Bu qismlarning yigindisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, yani biologik va ijtimoiy omillarning tasiri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya kozga korinarli orinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) azolariga bolinadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bolgan “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bogliq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bogliqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qoyadi. Biroq shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga tasir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot otkazilgan: tadqiqotda boyi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida kop jihatdan oxshashlik borligi aniqlangan. Ularda bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yoqligini korish mumkin ekan.
Shaxs ozining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda boladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga korsatadigan tasiri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham ozaro munosabatda boladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni ozgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon boladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam ozining avlodlaridan nasliy yol bilan otgan instinktiv mayllarning namoyon bolishi tufayli faoldir.
Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon boladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan boglaydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi togri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik korsatishga undaydi. ehtiyoj - shaxs faolligining manbai sifatida namoyon boladigan va uning aniq yashash sharoitiga bogliqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bolishiga kora, moddiy (tabiiy) va manaviy (madaniy) ehtiyojlarga bolinadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bolgan ehtiyojlar kiradi. Manaviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong mahsulotlariga bolgan muhtojligi kiradi.
Bunday ehtiyojlarga - ozaro suhbatlashish, kitob oqish, kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar asosida qondiramiz. Moddiy va manaviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart.
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon boladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bogliq bolgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy, manaviy, salbiy, ijobiy, davomli, qisqa muddatli boladi. qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va ishonch - etiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining oz motivlari boladi.
MOTIV - malum ehtiyojlarini qondirish bilan bogliq bolgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bolishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bogliqdir. SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bogliq bolgan motivlar yoki manaviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bogliq bolgan motivlar bolishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bolishi mumkin
Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo osha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. Xatti - harakatlarning muhim motivi etiqoddir. eTIqOD - shaxsni oz qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham xatti - harakat motivlari bolib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bolmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar oz ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng kop organilgan masala korsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N. Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Korsatma berish deganda, bilish faoliyati bilan bogliq bolgan ehtiyojlarni malum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar oqituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.
Shaxsning shakllanishi haqida ikki oqimning fikrini keltirish mumkin. Biogenetik yonalish va sotsiogenetik yonalish. Biogenetik yonalish tarafdorlarining fikricha, inson shaxsi va shaxsiy xususiyatlar faqat bitta omil, nasliy xususiyatlarning tasiri bilan yuzaga keladi. Ular tashqi muhit va talim - tarbiyaning rolini tan olmaydilar. Sotsiogenetik yonalish tarafdorlari eksperimentlarning rivojlanishi bilan bogliqdir. Ushbu yonalish asoschilaridan biri Jon Lokk yangi tugilgan bolaning miyasini toza taxtaga oxshatadi. Goyoki, uning miyasiga kattalar xohlagan narsasini yozishlari mumkin. Ular tajribani ikkiga ajratadilar: tashqi va ichki tajriba. Yonalish tarafdorlarining fikricha, tashqi tajriba - bu moddiy dunyoni narsalarning tasiridan hosil boladigan bizning sezgilarimizdir. Ichki tajriba esa ruxning mustaqil harakatidir. Buni refleksiya deb ataydilar. Ular tashqi tajriba - sezgilar ichki tajriba-refleksiya bir - biriga bogliq emas, degan fikrga otib ketdilar. Ular shaxsning tarkib topishi faqat talim - tarbiyaning tasiriga bogliq deb, tashqi muhit va biologik omillarning tasirini tan oladilar. XIX asrning ikkinchi yarmida biogenetik qonun degan oqim kirib keldi. Biogenetik qonun biologiyaga xos bolgan ommaviy qonundir. Bu qonunga kora, odam onaning qornidan to tugilguncha kop ming yillik evolyutsion taraqqiyotni bosib otadi, yani uzoq evolyutsion taraqqiyot yolini qisqa muddatda takrorlaydi. Biologik qonun namoyondalaridan Myuler va Gekkellar odam tugilguncha butun evolyutsion taraqqiyotni qisqa muddatda takrorlar ekan, tugilgandan song to shaxs bo`lib tarkib topguncha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, degan fikrni bildirgan.

Inson shaxsining individual (ontogenetik) taraqqiyoti butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenetik) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlashdir. Ular ozlarining nazariyalarini bolalarning turli yosh davrlarida namoyon boladigan faoliyat turlari orqali tushuntiradilar. Masalan: nemis psixologi V.SHternning fikricha, yangi tugilgan chakaloq odam emas, balki sut emizuvchi hayvondir. U olti oylikka etganda maymunlar darajasiga etadi, ikki yosh bolganda maymunning odamga aylanish davrini eslatadi. 5 yoshda ibtidoiy poda bolib yashagan qadimgi odamlar darajasiga etadi. 1 - sinfga borganda ibtidoiy jamoatchilik davrini eslatadi. Kichik maktab yoshida esa ortaasrlar davrini eslatadi. YUqoridagi nazariyalar uchta omilning (irsiyat, muhit, tarbiya) birgalikdagi tasirini tushuntirib bera olmadilar.


Shaxsni shakllanishiga ushbu omillar birgalikda tasir etadi.
Irsiyat - orqali bolaga nerv tizimi, shartsiz reflekslar, tashqi korinish, irsiy kasalliklar va layoqatlar utadi.
Ijtimoiy muhit - avvalo oila muhiti bolib, bola tugilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida ijtimoiy munosabatda bolib yashaydi. Shaxs tashqi muhitdan turli ijtimoiy munosabatlarni ozining faoliyati orqali singdirib, oz fel - atvoriga aylantirib boradi. Bolalarning hammasi oyin faoliyati bilan shugullanadi. Oyin bolalar uchun dunyoni bilish qurolidir. U kattalarning xatti -harakatlariga taqlid qilish orqali oynaydi. Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga tasiri kuchli. Masalan, yangi tugilgan bolani hayvonlar orasiga qoshib qoyilsa xatti - harakatlari hayvonlarnikiga oxshaydi. Bola tili ham ijtimoiy muhitga bogliq.
Irsiyat orqali ota - onasidan bolaga otadigan xususiyatlar yordamchi omil sifatida tasir etadi. Tugma layoqatlar nasliy yol orqali imkoniyat tarzida beriladi. Bu imkoniyatlar malum sharoit bolgandagina ruyobga chiqadi. Bolaga nasliy, organizm, shartsiz reflekslar, analizator apparatlari, miya, tashqi belgilar, irsiyat orqali otadi. Demak, inson shaxsining tarkib topishiga aktiv tasir qiluvchi omillarning birinchisi tashqi ijtimoiy muhit, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida beriladigan talim - tarbiya va uchinchisi odamga tugma ravishda beriladigan nasliy, yani irsiy xususiyatdir. Bundan tashqari shaxsning shakllanishida shaxsiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Inson oz - ozini tarbiyalash, oz - ozini anglash orqali shakllanib boradi.
Download 22,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish