Reja Kirish Xalq og’zaki ijodi tamoyillari va tushinchalari Ma’naviy yodgorliklar umumiy ta’rif Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va milliy iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish Xulosa Kirish



Download 27,85 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi27,85 Kb.
#668745
  1   2
Bog'liq
Moddiy va ma’naviy hayot



Reja

Kirish
1. Xalq og’zaki ijodi tamoyillari va tushinchalari
2. Ma’naviy yodgorliklar umumiy ta’rif
3. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va milliy iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish
Xulosa
Kirish
窗体顶端
窗体底端
10:58Ayniqsa, ma’naviyat masalalari yana bir marta o‘rtaga tashlandiki, jamiyatimizda ma’naviyat va moddiy hayot uyg‘un ravishda olib borilishi va borilayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi. “Kimki ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi deb o‘ylasa, xato qiladi”, – deb ta’kidladi davlatimiz rahbari. Zero, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shunchalik kuchli bo‘ladi. 
Strategiyaning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishi bo‘yicha Prezidentimiz bir qator vazifalarning ahamiyatini alohida qayd etdi. Xususan, mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish, mamlakatimizda Olimpia va Paralimpia harakatini yanada rivojlantirish kabi vazifalarni ta’kidlab o‘tdi. Bu vazifalar yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishdek ezgu maqsadni amalga oshirishning tagzamini hisoblanadi.
Siyosatda “Sen uxlaganingda dushmaning uyg‘oq bo‘ladi” yoki Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda,“Yoshlarning bo‘sh vaqti – dushmanning ish vaqti”. Shuning uchun ham ma’naviy jihatdan g‘ofil bo‘lishlikka hech kimning haqqi yo‘q. Loqaydlikni bas qilish, mudroq holatdan uyg‘onish kerak. Buning uchun esa, avvalo, ilm sari harakat qilish, oila, bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla, mutasaddi hamda jamoat tashkilotlari tizimli ravishda hamkorlikda ish olib borishi zarur. Ana shunda ta’lim-tarbiyada uzilish, ma’naviyatda bo‘shliq yuzaga kelmaydi.Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarimizning 30 yoshgacha ma’naviyatini to‘g‘ri shakllantirib olsak, barqaror taraqqiyotimizni kafolatlagan bo‘lamiz. Chunki ma’rifatli jamiyatning tub negizini ma’naviyatli yoshlar tashkil etishi lozimligini unutmasligimiz kerak.
“Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi”, deydi xalqimiz. Shu bois ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, xususan, o‘g‘il-qizlarni bolaligidanoq bilimli va fazilatli etib tarbiyalash, buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish muhim. Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish – davr taqozosi. Yaqindagina Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha oliygoh hamda ularning filiallarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimining joriy etilishi sohadagi ishlar samaradorligini oshirishga, sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Agar ma’nan va ruhan sog‘lom, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab hayotning past-u baland ko‘chalaridan to‘g‘ri yo‘lni adashmay topa olishga qodir bo‘lgan ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalab yetishtirish vazifasi uddalansa, fikri tiniq, e’tiqodi sog‘lom bolalarni soxta oqimlarga ergashtirish, pana-pastqamlarda pisib yotgan har xil chalasavod, johil odamlarning tuzog‘iga ilintirishga urinishlar barham topadi. 
Muhim vazifalardan yana biri, bu – el-yurt taqdiriga loqayd, ish uslubida mahalliychilikka, urug‘-aymoqchilikka, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yadigan sayoz rahbarlar bilan murosasiz bo‘lishdir. Bu illatlar alohida bir mamlakatda bugun yoki kecha paydo bo‘lgan emas. Ular hamma joyda va hamma vaqt ijtimoiy adolatning buzilishiga, halollik va vijdoniylik ildizlarining sustlashishiga, oshkoralik qolib, imi-jimida ish bitirishga sabab bo‘ladi. Shu bois, ma’naviy kemtiklar to‘ldirilsa, bunday nomaqbul holatlarga barham berish oson kechadi. 

Ko‘rinib turibdiki, moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday uzviy bog‘liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un ravishda rivojlanib borishi doimo davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida. Aynan moddiyat va ma’naviyat uyg‘unligi tufayli tadbirkorlar, mulkdorlar o‘zini va oilasini boqishga, shu bilan birga, orttirgan daromadi hisobidan o‘z yaqinlari hamda muhtoj insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, el-yurt uchun xizmat qiladigan maktab, shifoxona, madaniyat va sport maskanlari barpo etish, kerak bo‘lsa, davlat va jamiyat zimmasidagi ko‘pgina vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 


Bunday insonlar yurtimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni saqlash va himoyalash, ertangi istiqbolimizni qurish yo‘lida astoydil jon kuydirib mehnat qiladi. Bularning barchasi ma’naviy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizdan oziqlangan iqtisodiy taraqqiyot yo‘li jamiyatimiz hayotiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganining yorqin ifodasidir. Eng muhimi, yurtimizda moddiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Yurtboshimizning «Yuksak ma'na-viyat — yengilmas kuch» asarining 65—70-sahifalaridan o'rin olgan mulohazalarini to'liq o'qish va muhokama qilishga bag'ishlanadi. Avvalo, muallifning materializm va idealizm ta'limotlarining yuzaga chiqish tarixi to'g'risidagi fikrlari darslikda mazkur termin-larga berilgan ta'riflar yordamida keng sharhlanishi maqsadga muvofiqdir. Shundan keyin sho'ro zamonida materialistik qarashni ustun qo'yish natijasida paydo bo'lgan, insonning ma'naviy qadriyatlari, ayniqsa, uning milliy va diniy tuyg'ulariga bepisand munosabatda bo'lishning salbiy oqibatlari hayotiy misollar yordamida izohlanadi. Bunda, masalan, «O'zbekkino» Milliy agentligi tomonidan suratga olingan «O'rtoq Boykenjayev» nomli badiiy filmda aks ettirilgan ham fojiaviy, ham kulgili tarixiy lavhalar sharhi orqali sho'ro siyosatining insoniylikka zid mohiyatini ochib berish mumkin. Yoki «Temir xotin» badiiy filmidagi inson va uning taqdiriga faqat moddiy boyUk yaratishi lozim bo'lgan bir mashinadek munosabat ko'rsatilgani, odamning ruhiy olami, ma'naviy ehtiyojlari esa ochiqdan ochiq oyoqosti qilingani to'g'risida xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Umuman, insonning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yish oxir-oqibatda jamiyat hayotini inqirozga olib kelishi muqarrar ekanini isbotlovchi tarixiy misollarni amaliy mashg'ulot paytida ko'plab keltirish mumkin.
Yurtboshimizning quyidagi fikrlariga alohida to'xtalish, ularni amaliy misollar yordamida keng sharhlash tavsiya etiladi:

Download 27,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish